9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə76/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

MgSO4

NaHCO4

Na2SO4

Zararlik darajasi

10

5-6

3-5

3

1

Tadqiqotlar natijalari tuzlarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri sulfat-xloridli tipdagi sho‘rlangan tuproqlarda xloridsulfatli sho‘rlanishga qaraganda birmuncha ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi. Xloridli sho‘rlanishda esa sulfatli sho‘rlanishga nisbatan juda yuqoriligi isbotlangan.


Tuzlarning suvda erish jarayoni qattiq modda yuzasiga ikki qutbli (dipol) suvning ta’sir etishdan boshlanadi. Agar suvninng dipol (ikki qutblilik) vaqti atomlar, ionlar va molekulalarning ushlab turuvchi kristal reshetkasidan yuqori bo‘lsa, u holda ular qattiq moddadan ajralib eritmaga o‘tadi. Tuzlarning eruvchanligi ularning suvda erigan modda va gazlarning tabiatiga, haroratiga va bosimiga bog‘liq bo‘ladi.
Suvda xloridlar ko‘proq (yaxshiroq) erisa sulfatlardan MgSO4 tuzi yaxshi eriydi, Na2SO4 va K2SO4 tuzlari kamroq, CaSO4∙2H2O (gips) juda ѐmon eriydi.Haroratning ortishi bilan bir qator tuzlarning eruvchanligi (MgCl2, CaCl2, MgSO4, Na2SO4) ortadi, gipsning eruvchanligi haroratga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Na2SO4 tuzining eruvchanligi 00 dan 100 gacha haroratda past, 300 gacha ortganda kam hollarda eruvchanligi ortadi. Keyinchalik esa butunlay o‘zgarmaydi. Tuzlarning suvda eruvchanligi СО2 miqdoriga ham bog‘liq. Agar tuproq havosida 0,2% СО2 bo‘lsa СаСО3 ni eruvchanligi odatdagi (СО3 - 0,03%) ga nisbatan 15 marta ortadi. Bir qancha tuzlar ishtirokida tuzlarning eruvchanligining kamayishi kuzatilgan. Tuproq eritmasida NaCl ning yuqori miqdori qayd etilganda gipsning eruvchanligi keskin ortadi va u kapillyar suvlar orqali yuqoriga ko‘tarilib, natijada tuproqning ustki qatlamida gipsning to‘planishi sodir bo‘ladi. MgCl2 tuzining eruvchanligi CaCl2 ishtirokida keskin kamayadi. Huddi shunday holatni CaSO4 tuzining Na2SO4 va MgSO4 ishtirokida kuzatish mumkin. СаСО3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida tahminan 22 martaga, Na2SO4 ning ishtirokida esa 50 martaga ortadi. MgCO3 ning eruvchanligi NaCl ishtirokida 4 marta, Na2SO4 ishtirokida esa 5 marta ortadi (Gafurova va b., 2003).
Eritmaning ma’lum bir konsentratsiyasida tuzlar kristall modda shaklida cho‘kmaga tushadi. Tuzlarning cho‘kmaga tushishi boshlangan konsentratsiya ko‘rsatkichi haroratga, bosimga va boshqa tuz va gazlarning ishtirok etishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p komponentli eritmalardan tuzlarning cho‘kmaga tushish (ketma-ketligi) ularning erish darajasiga bog‘liq. Kuchsiz eriydigan tuzlar pastroq, yaxshi eriydigan tuzlar esa yuqori konsentratsiyada cho‘kmaga tusha boshlaydi. Tuzlarning cho‘kmaga tushishining umumiy qonuniyatlari quyidagi qatorlar bilan ifodalanadi, ya’ni kationlar quyidagi tartib bo‘yicha cho‘kmaga tushadilar:


Si – Fe – Ca –Mg, Ca – Mg – K, Na – K – Mg

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin