9-Mavzu: Bo‘yoqlar, preparatlar va turli shakllarda retseptlar yozish. Darsning maqsadi



Yüklə 22,59 Kb.
səhifə4/4
tarix29.12.2021
ölçüsü22,59 Kb.
#48584
1   2   3   4
9-amaliy

Qo‘llash tartibi va miqdori:«Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo‘yin soxasiga, mushak ichiga (qoramol, otlar va qo‘ylar) yoki bo‘yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi:

Hayvonlarning turi

Imisan dozasi

Babezioz

Anaplazmoz

Aralash invaziya

Davolash maqsadida

Qoramol


100 kg vazniga 2,0 ml

100 kg vazniga 2,5 ml

100 kg vazniga 2,5 ml

Mayda shoxli mol

10 kg vazniga 0,2 ml

-

-

Otlar, eshaklar, xachirlar

100 kg vazniga 2,5 ml

-

-

Itlar

10 kg vazniga 0,25-0,5 ml

-

-

Profilaktika maqsadida

Qoramol


-

-

100 kg vazniga 2,5 ml

Otlar, eshaklar, xachirlar

100 kg vazniga 2,0 ml

-

-

Itlar

10 kg vazniga 0,5 ml

-

-

Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caball va B.equi qo‘zg‘atuvchilaridan tozalash maqsadida davolash quyidagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi:

Hayvonlarning turi


Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga, ml

B. caball

B. equi

Otlar

2 ml dan ikki marta24 soat oralig‘i bilan

4 ml dan to‘rt marta 72 soat oralig‘i bilan

Eshaklar va xachirlar

2 ml dan ikki marta 24 soat oralig‘i bilan




-«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lganda, davolash maqsadida qo‘llanadi.

Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo‘shimcha simptomatik dori vositalari tayinlanadi.

Umumiy ma’lumotlar: «Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, ineksiyalar uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi imidokarb dipropionat.

Farmakologik xususiyatlari: Ta’sir etuvchi vositasi-imidokarb dipropionat-babezioz, nuttallioz, anaplazmozning qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan.

Parenteral yo‘l bilan yuborilgandan keyin 18-24 soatdan so‘ng imidokarb dipropionatning qondagi terapevtik konsentratsiyasiga erishiladi va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi.

Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig‘iladi organizmdan asosan siydik bilan o‘zgarmagan holatida chiqariladi.«Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko‘ra kam xavfli moddalarga kiradi

Nojo‘ya ta’sirlar: Imisan mazkur qo‘llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, hayvonlarda nojo‘ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og‘riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaksiya bo‘lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo‘qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo‘lishi mumkin (holsiz holati, notinchlik, ko‘p so‘lak oqishi, ko‘z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin sulfat eritmasi yuboriladi.

Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin.Bu holda elektrolitlar eritmalarini qon tomirga yuborish va simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi intensiv davolash o‘tkazilishi lozim.



Man etilgan holatlar:Preparat teri ostiga yoki qon tomirga qo‘llanmaydi (itlardan tashqari).Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaksina bilan vaksinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo‘llash taqiqlanadi.Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash taqiqlanadi.

Mahsus ko‘rsatmalar: Preparatni qo‘ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo‘limli shkalasi bo‘lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar ineksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo‘lishi kerak. Preparat qo‘llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo‘laniishi tavsiya etiladi.Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo‘lsa, og‘riq bo‘lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga yuborish lozim.Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o‘tkazishi lozim.Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o‘tkazilishi lozim. 3 sutka ichida asoratlar bo‘lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.

Kutish davri:Qoramol va qo‘ylarni go‘sht uchun so‘yish Imisan preparatini oxirgi qo‘llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin ruxsat etiladi.Majburan hollarda ko‘rsatilgan muddat tugashidan avval so‘yilgan hayvonlarning go‘shti go‘sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Sog‘iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo‘llashdan keyin kamida 7 sutkadan so‘ng ruxsat etiladi.

Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga edirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog‘iladigan qo‘ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.

BUPARVALEK

1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi.



Qo‘llash uchun ko‘rsatma:«Buparvalek» qoramolga Theiria parva, T. annulata, T. mutans, va T. Orientalis tomonidan qo‘zg‘atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi.

Qo‘llash tartibi va miqdori: Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg buparvakonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo‘yin sohasiga kiritiladi.

Og‘ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so‘ng xuddi shunday dozada takroriy qo‘llanadi.



Alohida ko‘rsatmalar. Bitta ineksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo‘linadi va bo‘yinning ikki tomonidan kiritiladi.

Farmakologik xususiyatlari:Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to‘liq aniqlanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko‘chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo‘llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o‘tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.

Mushakichigakiritilganda preparatto‘qimalardauzoq saqlanadi. Buparvakonning yarim chiqarilish davri –7 kunga yaqin.

Ineksiya joyida ba’zan mahalliy, og‘riqsiz shishlar paydo bo‘lishi mumkin, ular vaqt o‘tib o‘zi yo‘qoladi.

Preparatni teri ostiga yoki tomirning ichiga kiritish mumkin emas.

Hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish preparatni kiritish to‘xtatilganidan keyin 42 kundan so‘ng ruxsat etiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.

Ehtiyot choralari:Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiena choralarini va xavfsizlik texnikasi qoridalariga rioya qilish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat eyish taqiqlanadi.Ish tugaganidan keyin qo‘llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo‘lqoplarini yuvish va quritish lozim.Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.

Umumiy ma’lumotlar:«Buparvalek»–qoramolning teyleriozlarini davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan ineksiyalar uchun eritma shaklidagi dori preparati.



AMPROVET 25%

1 g preparat tarkibida amproliumgidroxlorid 250 mg saqlaydi.



Qo‘llash uchun ko‘rsatma:«Amprovet» 25% kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatadi: e. maxima, e. acervulina, E. mitis, e. tentla, e. nekatrix, e. brunetti, e. zurnii, e. ninakoljykimovi.

Qo‘llash tartibi va miqdori:

Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet» 25% kukuni ketma-ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan boshlab) 14 kun davomida emning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo‘llanadi. Preparat yem bilan yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan aralashtiriladi.«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun davomida qo‘llanadi.

Profilaktika maqsadida jo‘jalarga preparat 7-15-kunlik yoshidan boshlab har kuni, 50-60 kun davomida, 100 kg quruq yemga 50 g preparat yoki 10 l ichimlik suviga 5 g preparat hisobidan qo‘llanadi.

Yirik qoramolga eymerioz holatida «Amprovet» 25% kukuni tirik vazniga 225-560 mg/kg dozasida, 30 kun davomida yem bilan yediriladi. Qo‘ylargaeymerioz holatida preparat 200 mg/kg dozasida qo‘llanadi. Preparat 20 kun davomida yem bilan yediriladi.



Farmakologik xususiyatlari:Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koksidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida amprolium tiaminning o‘rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan uglevodlarning metabolizmini izdan chiqaradi.

Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o‘rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida mutagen, sezgirlikni oshiruvchi, embriotoksik va teratogen ta’sir ko‘rsatmaydi va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to‘sqinlik qilmaydi.Og‘iz orqali ichilganda amprolium oshqozon-ichak tizimida amalda so‘rilmaydi va shilliq pardalarda, shilliq osti qavatlarida o‘zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko‘rsatadi. Amprolium asosan o‘zgarmagan shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi.

Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo‘ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi.

Amproliumni to‘dani yangilash uchun yetishtiriladigan yosh tovuqlarga 16-haftalik yoshidan keyin qo‘llash mumkin emas. Preparat tuxum bilan chiqarilishi tufayli amproliumning tuxum qo‘yadigan tovuqlarga qo‘llanishi taqiqlanadi. Amproliumni boshqa koksidiostatiklar bilan bir vaqtda qo‘llash taqiqlanadi.



Kutish davri:Parrandani go‘sht uchun so‘yish dori vositasini qo‘llash to‘xtatilganidan keyin kamida 5 sutka o‘tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko‘rsatilgan muddat tugashidan avval so‘yilgan parrandaning go‘shti etxo‘r hayvonlarga yedirish uchun yoki go‘sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Ehtiyot choralari: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo‘lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.Ish tugaganidan keyin qo‘llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish, qo‘lqoplarini yuvish va quritish lozim.Preparatning idishini oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatish taqiqlanadi.Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo‘ylar, echki va cho‘chqalarning yaylov kanalariga qarshi, qo‘tir kanalariga qarshi, pashshalarni yo‘q qilish uchun qo‘llaniladi.

RETSEPTLAR YOZISH

1. Rp.:Pul.Amprolini-300 WS-0,5

D.S.Og‘iz orqali, 250 ml suvga aralashtirib, ichirish uchun .

#

2.Rp.:Pul.Amprocoxi WS-20,0



D.S.Og‘iz orqali, 20 litr suvga aralashtirib, 5-7 kun berish uchun.

#

3. Rp.:Sol.Butachemi-50- 5 ml



D.S.Mushak orasiga 1 marta yuborish uchun

#

4. Rp.:Sol.Imochemi-120- 2 ml



D.S.Mushak orasiga, 1 marta yuborish uchun

#

5.Rp.:Tryponili-2,36



Aquae distellatae-15ml

M.f.Solutio

D.S. Mushak orasiga yuborish uchun

#

6. Rp.:Sol.Babesani-12%- 4 ml



D.S.Mushak orasiga, 1 marta yuborish uchun

#

7.Rp.:Gran.Maduveti-500,0



D.S. Og‘iz orqali, 1 tonna yemga, aralashtirib berish uchun

#

8. Rp.:Gran.Salinoveti-500,0



D.S. Og‘iz orqali, 1 tonna yemga, aralashtirib berish uchun

#

9.Rp.:Sol. Imisani-2 ml



D.S.Mushak orasiga, bir marta yuborish uchun

#

10. Rp.:Sol.Buparvaleci-5 ml



D.S. Mushak orasiga bir marta yuborish uchun

#

11.Rp.:Pul.Amproveti-25%-20,0



D.S. Og‘iz orqali, 10 litr suvga aralashtirib, ichirish uchun

#

12.Rp.:Susp.Toltroxi-2,5%-1 ml



D.S. Og‘iz orqali, 1 litr suvga aralashtirib, ichirish uchun
Yüklə 22,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin