9-mavzu. Buxgalter kasbiga qo‘yiladigan talablar reja


Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi



Yüklə 38,72 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü38,72 Kb.
#133171
1   2   3   4
9-mavzu. Buxgalter kasbiga qo‘yiladigan talablar reja

9.3. Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga mufofiq 2021 yil 31 yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etish maqsadga muvofiq.
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta'minlasin;
v) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari) «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin;
2020 yil 31 dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta'lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi:
2020 yil 1 avgustga qadar bakalavriat ta'limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta'lim jarayoniga joriy etsin;
2020 yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta'lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin;
2021 yil 1 yanvarga qadar «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishini ta'minlasin, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e'lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditasiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari lisenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli lisenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan lisenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot» yoki «AXS bo‘yicha audit» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi;
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta'lim muassasalari magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.
2020 — 2025 yillar davomida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari («Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi;

b) oliy ta'lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish xarajatlarini, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqsin.
1. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda xodimlarning MHXS bo‘yicha o‘qish va malaka oshirish xarajatlarini ish beruvchi tomonidan kafolatli qoplanishi mexanizmini joriy etish.
2020 yildan boshlab
Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslar

2. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda MHXSning amaliy qo‘llanilishi natijalarini har yili o‘rganish va aniqlangan muammolarni tahlil qilish.


3. Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari va davlat organlari xodimlarini MHXS bo‘yicha o‘qitish ehtiyojlarini aniqlash.
4. Oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy ta'lim muassasasini tugatgandan so‘ng olti oy davomida) va davlat organlari xodimlarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha xarajatlarini respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi vaqtinchalik tartibini tasdiqlash.Buxgalter sertifikati - buxgalteriya hisobi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun buxgalterning professional malakasini tasdiqlaydigan hujjat (bundan keyin - sertifikat).
1. Oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarini akkreditasiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha MHXS sohasida yetakchi xalqaro professional tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.
2020 yildan boshlab
2. Oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirokida o‘quv dasturlarini akkreditasiyadan o‘tkazishning asosiy tartib-taomillari va bosqichlari bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni taklif etish.
3. O‘quv dasturlarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish bo‘yicha tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari va akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. O‘quv dasturlarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining mas'ul xodimlarini belgilash.
5. «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari o‘quv dasturlari mazmunini monitoring qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, MHXSni qo‘llash bo‘yicha ommabop o‘quv va amaliy materiallarni ko‘paytirish.Buxgalterlarni sertifikatlash ikki darajadan iborat:
1-daraja – “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” – “Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi” va “Soliq solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda Nizomga 1-ilovaga2 binoan shaklda beriladi.
2-daraja – “Sertifikatlangan professional buxgalter” - 1-darajali sertifikat mavjud bo‘lganda va “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi” va “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda yoki barcha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda 1-darajali sertifikat mavjud bo‘lmaganda Nizomga 2-ilovaga1 binoan shaklda beriladi.
Sertifikat egasi respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lishi, respublika buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarining Buxgalterlar odob-ahloq kodeksiga rioya etishi va sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili mazkur Nizom bilan belgilangan dastur bo‘yicha malaka oshirish kursini o‘tishi shart.
Imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlari ta’sis etadigan mustaqil Imtihon markazi tomonidan shartnomaviy shartlarda amalga oshiriladi. Imtihonlarni o‘tkazish jadvali va qiymatini har yili respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalari tasdiqlaydi.
«Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter» sertifikatini olishga da’vogar quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak:
1) o‘rta yoki oliy ma’lumot, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasasida olingan va O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq e’tirof etilgan ma’lumotning mavjudligi;
2) ta’lim muassasasini bitirgandan keyin buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoki ushbu sohalarda dars berish bobida uni bitirgandan keyingi besh yilning kamida bir yili mobaynida amaliy ish (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) stajining mavjudligi;
3) «Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi» va «Soliq solish» fanlariga doir imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish (basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa);
4) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lish.
“Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olishga da’vogar quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak:
1) Oliy iqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida ikki yili davomida amaliy ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish;
yoki oliy noiqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida uch yili davomida amaliy ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish;
2) basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa “Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi”, “Soliq solish”, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish. “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” sertifikati mavjud bo‘lganda, basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish;
3) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlaridan biriga a’zo bo‘lish.
“Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olish uchun, basharti imtihonlarni topshirish paytidan boshlab ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Soliq solish”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha CIPA dasturi (basharti imtihonlar 2014 yil martga qadar, mart ham kiradi, topshirilgan bo‘lsa) yoki “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi” fanlari bo‘yicha boshqa xalqaro e’tirof etilgan sertifikatsiya dasturlari (ASA, ASSA, CPA, SGA, CIMA va boshqalar) bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat, e’tirof etiladi.
Sertifikat olish uchun da’vogar respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan biriga ariza taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) belgilangan shaklda to‘ldirilgan anketa;
b) pasport nusxasi;
c) notarial yoki uni bergan ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
d) notarial yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki nusxa (o‘rindoshlik bo‘yicha ish staji mavjud bo‘lganda bu haqda mehnat daftarchasidagi yozuv bilan);
e) ikki fotosurat (3 x 4 o‘lchamli);
f) tegishli imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risida guvohnomayoki (tegishli imtihonlar hisobga olinganda) auditorning malaka sertifikatining notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tasdiqlagan nusxasi, buxgalter xalqaro sertifikati nusxasi;
j) hujjatni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasi tasdiqlagan a’zolikni tasdiqlaydigan hujjat nusxasi.
Auditor malaka sertifikati yoki buxgalter xalqaro sertifikati tegishli sertifikat olingan yoki uzaytirilgan yildan keyingi yildan boshlab malakaning har yili oshirilishi tasdiqlaydigan guvohnoma mavjud bo‘lganda hisobga qabul qilinadi.
Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki olinganligi to‘g‘risidagi bildiruvnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etiladi.
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalarida arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestrda belgilangan tartibda ip o‘tkazib tikilgan va raqamlangan, vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan kitobda amalga oshiriladi, parallel ravishda reestr mundarijasi elektron ifodalovchida aks ettiriladi.
“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” yoki “Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatlarining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
a) sertifikat egasining arizasi;
b) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasidagi a’zolikni tugatish;
c) har yilgi buxgalterlar malakasini oshirish kurslarida uch yil mobaynida o‘qimaslik;
d) Buxgalterlar odob-ahloq kodeksini buzish.
Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish sanasidan boshlab tugatiladi.
Sertifikatlar quyidagi hollarda bekor qilinadi:
a) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining sertifikat berish to‘g‘risida qarori noqonuniyligi;
b) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sertifikat olish dalili;
c) da’vogar tomonidan o‘n ikki oy mobaynida sertifikat olinmaganligi.
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori asoslangan bo‘lishi, Imtihon markazi ushbu qaror haqida xabardor qilinishi va mazkur qaror respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak.
Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror besh kun (ish kuni) ichida sertifikat egasiga yuboriladi.
Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida sertifikatning asli uni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasiga yo‘q qilish uchun qaytariladi.
Sertifikatlarining amal qilishi yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslar uning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida sertifikatlarni takror olish uchun imtihon topshirish va ariza berishga qo‘yilmaydi.
Faoliyati maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan qasamyod qilgan buxgalterlardan tashqari, ushbu hamjamiyatga byudjet tashkilotlarining boshqaruv buxgalterlari, ichki auditorlari va buxgalterlari ham kiradilar. Ular ham tegishincha Boshqaruv buxgalterlari institutining (SMA) va Ichki auditorlar institutining (IIA) kasbiy sertifikatsiyasidan o‘tadilar.
Shu tariqa, buxgalter (accountant) oliy ma’lumotdan tashqari, sertifikat yoki litsenziyaga ega bo‘lgan va qonun hujjatlarining uning kasbi uchun belgilangan talablarini bajaruvchi mutaxassisdir. Uning kasbiy maqomi muayyan jihatlarda advokat yoki shifokorning maqomiga o‘xshash. To‘g‘ri, kapitalni ochiq moliya bozorida jalb etmaydigan kichik kompaniyalar yoki yopiq korporatsiyalar moliyaviy hisobot tuzish uchun qasamyod qilgan buxgalterlarni shtatga qabul qilishga majbur emaslar. Biroq ularning ko‘pchiligi buxgalterlik firmalarining xizmatlaridan foydalanadilar, ular, moliyaviy hisobot auditidan tashqari, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq deklaratsiyalarini tuzish xizmatlarini ko‘rsatadilar.
Qo‘shma Shtatlardagi buxgalterlarning asosiy qismi, ularning umumiy soni, AQSh Mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda qariyb 1,3 mln kishini tashkil qilgan, buxgalterlik firmalarida band bo‘lib, ular buxgalterlarning professional tarmoq tashkilotlariga birlashishlari mumkin. Bunday firma mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining majburiyatlari bo‘yicha mustaqil javobgar bo‘ladi.
Biroq buxgalterlar professional tarmoq tashkilotlarining barcha a’zolari umumiy brend ostida birlashganlar va yagona sifat standartlarini qo‘llaydilar. Kichik firmalarning ko‘pchiligi buxgalteriya hisobini yuritish, soliq dek­laratsiyalarini, biznes rejalarini tuzish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadi. Aktsiyalari fond birjalari listingida qayd etiladigan ochiq turdagi aktsiya­dorlik jamiyatlarining auditorlik tekshiruvlari Katta to‘rtlik (Deloitte, PWC, Ernst & Young, KPMG) professional buxgalterlik tarmoq tashkilotlarining amaldagi monopoliyasidir. 2013 yilgi ularning hisobotlari ma’lumotlariga ko‘ra ular ichida eng yirigi Deloitte hisoblanadi. Ushbu tarmoq kompaniyalarining jami tushumi 32,4 mlrd AQSh dollarini, ishlovchilari soni 200 ming kishini tashkil etadi. Katta to‘rtlikda ommaviy kompaniyalarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishga rasman monopoliya yo‘q. Biroq SECning moliyaviy hisobotlar sifati va ochib berishga doir talablari shunchalik yuqoriki, bunday kompaniyalarning auditorlik tekshiruvini faqat Katta to‘rtlik kompaniyalari uddalay oladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Katta to‘rtlikka o‘xshash buxgalterlarning tarmoq tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi borasida AQSh tajribasidan nusxa ko‘chirishdan ma’no bo‘lmasa kerak. Biroq bosh buxgalterlarni tayyorlash va sertifikatlashtirish tajribasini o‘zlashtirish mumkin. Ushbu yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda – buxgalterlarni milliy sertifikatlash rejalashtirilyapti. Fikrimizcha, «auditor» va «qasamyod qilgan buxgalter» tushunchalarini birlashtirish hamda Qo‘shma Shtatlarda amal qilayotganiga o‘xshash O‘zbekiston qasamyod qilgan buxgalterlar institutini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Auditorlarga qo‘yiladigan malaka talablari qasamyod qilgan buxgalterlarga qo‘yiladigan talablarga o‘xshash bo‘lishi kerak.
Xususan, qasamyod qilgan buxgalterga kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur litsenziyasi bo‘lgan auditorlik kompaniyalari tarkibida audi­torlik tekshiruvlarini o‘tkazish imkoniyatini berish kerak. O‘zbekiston qasamyod qilgan buxgalterlar instituti professional sertifikatsiyani o‘tkazishi va malaka imtihonlarini tashkil etishi, buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqa professional standartlarni ishlab chiqishi mumkin. Bunda u davlat unitar korxonasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda faqat qasamyod qilgan buxgalterlar bosh buxgalter bo‘lishi maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Bu, bir tomondan, bosh buxgalterlarning korxonalar ijro menejmentidan mustaqilligini oshiradi, boshqa tomondan esa, hisobning ochiq-oshkoraligini belgilashdagi motivatsiyani oshiradi, firibgarlik va xatolar uchun javobgarlikni kuchaytiradi.



Yüklə 38,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin