1.Adabiy mavzudagi insho ma’lum bir matn asosidagi, ijodkorlar hayoti, asarlari yoritiladigan ijodiy ish. 2.Erkin mavzudagi insho ijtimoiy turmush haqida o‘z mustaqil qarashlarini bidirgan ijodiy ish.
Adabiy janr xususiyatlari negizida ifodalanganligiga ko‘ra, inshoning tavsifiy insho, insho-miniatyura, muhokama-insho (esse), tasviriy insho, kartina bo‘yicha insho, mulohaza-insho, kundalik, maktub, rivoyat-insho, ertak-insho kabi turlari mavjud.
Bu adabiy janr xususiyatlari insho kabi ifodalangani sababli insho deyiladi. Insho termini torayib, ta’lim bosqichlari jarayonlarida o‘tkaziladigan yozma ishni ifoda etadi.
Yozuv ijodiy ish bo‘lib, shaxs tafakkurini hamda hayotga munosabatini oshirishga ko‘maklashadigan eng kuchli vositalardan biridir. Ayniqsa, maktab inshosi o‘quvchilarning kommunikativ va nutq qobiliyatlarini shakllantirishda yetakchi o‘rinda turadi. Bir vaqtning o‘zida ham ta’lim-tarbiya beradi, ham rivojlantiradi. Ma’naviy boy, faol shaxsni shakllantirishda yetakchi o‘rinlarda turadi. Umuman, insholar hayotning turli jabhalarida muloqot vositasi sifatida tilda ravon gapirishni, yozishni ta’minlaydi. Jumladan:
1. Insho yozish ijodiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari bilimlariga o‘rgatadi.
2. Yozma nutq shaxs o‘z his-tuyg‘ularini anglab yetishga yordam beradi, o‘ziga ishonchini, hurmatini oshiradi, ijodga, san’atga qiziqishini rivojlantiradi. Insho tafakkurni tarbiyalaydi, ijodiy tasavvurini, fantaziyasini rivojlantiradi.
3. Ayniqsa, insho yoziladigan jarayonda bolalarda ijodiy yuksalish, ruhiy ilhom uyg‘otadigan muhit yaratiladi.
Ishning samaradorligi insholarni tayyorlash va o‘tkazishning turli uslubiy shakllari va metodlari bilan ta’minlanishidadir. Quyida, rasm asosida o‘tkaziladigan bir qancha insho turlari bilan tanishtirib boramiz. Rasm bo‘yicha insholar barcha sinflarda ham o‘tkazilishi mumkin. Chunki, insho ustida ishlashning muvaffaqiyati bolalarning insho mavzusiga qanchalik qiziqishlariga bog‘liq.
Bunda o‘qituvchi oldida mas’uliyatli vazifalar turadi:
-o‘quvchilarni rasm mazmunini tushunishga, uning badiiy fazilatlarini ko‘rishga va, albatta, insho yaratishga o‘rgatish;
-rasmni tasvirlashda asosiy va ikkinchi darajalini farqlashni; -tafsilotlarni ko‘rishni va qismlar o‘rtasidagi munosabatni aniqlashni; -barcha ko‘rganlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda tasvirlashni o‘rgatish kerak. Bir so‘z bilan aytganda, bolalar nima haqida yozishni, qanday yozishni, qanday tartibda yozishni bilishlari kerak.
Rasmlarga qarab syujetini tashkil etuvchi faktlarga munosabatini aniqlash, ularning mazmunini aniqlashtirish uchun savollar ham beriladi. Har qanday og‘zaki hikoya yozma bayonlar uchun so‘zlar beriladi, bu so‘zlar uchun sinonimlar taklif etiladi, o‘quvchilar har biridan foydalanishga harakat qiladilar. Rasm asosida insho yozishda o‘quvchilarning kuzatuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatlari ortib, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari oshadi. K.D.Ushinskiyning fikricha, “rasm o‘quvchilarga shaxsiy hayotiy tajriba asosida kuzatishni shakllantirish imkonini beradi”, shuning uchun rasmga asoslangan insho ham shaxsiy kuzatish va taassurotlarga asoslangan insho sifatida qaralishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, rasmga oid insho, bir tomondan, ko‘rgan narsaga asoslangan rasmning insho-tavsifi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ko‘rgan, eshitgan narsaga asoslangan rasm haqidagi insho bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, o‘quvchilar tomonidan insho yozishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan darsda qanday tayyorgarlik ko‘rilganiga bog‘liq.
Ishning bosqichlari.
1.O‘quvchilarni ish mavzusi va maqsadi bilan tanishtirish.
2.Rassom, uning ijodiy yo‘li haqida o‘qituvchi yoki tayyorlangan o‘quvchilarning kirish so‘zi.
3.Lug‘at bilan ishlash.
4. nsho rejasini jamoaviy yoki mustaqil tayyorlash (sinfning tayyorgarligiga qarab).
5.Rasm asosida tuzilgan insho bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil yozma ishi.
6.Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga e’tibor qaratish.
7.O‘quvchilarning insholarini tahlil qilish.