9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə25/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
9-mavzu

Forobiy fikricha “inson faoliyatsiz tura olmaydi, ammo har qanday faoliyat va harakat insonni inson qilib ko‘rsata olmaydi. Chunki o‘z tabiatiga ko‘ra hayvonlar ham harakat qiladilar. Hayvon ovqatni ko‘radi va unga intiladi va bunda ongsiz harakatni amalga oshiradi. Odamni hayvondan ajratadigan narsa- alohida iroda bo‘lib, u ixtiyor deb nomlanadi”11.
Ixtiyor – komillikka intilish va unga erishish sari harakat demakdir. Inson maqsadni ham, unga erishish vositalari, yo‘lni ham bilib oladi. Natijada u o‘z maqsadiga etish uchun ongli faoliyat olib boradi. Inson juda ko‘p narsani orzu qilib yashaydi, biroq ularning hammasiga ham ega bo‘lmaydi. Shu bois haqiqiy baxtga u dunyoda erishiladi, oxiratda mutloq baxtga erishishga qaratilgan har qanday harakat – fazilatdir deb hisoblaydi.
XX asrning atoqli mutafakkiri E.Kassirer insonning eng muhim xususiyati, uning o‘ziga xos belgisi metafizik yoki jismoniy tabiati emas, balki uning faoliyatidir, deb qayd etgan edi. Insoniyat sohasini aynan mehnat, faoliyat turlari tizimi belgilaydi. Kassirer til, mif, din, san’at, fan, tarixni inson faoliyati tizimining turli sektorlari sifatida qayd etadi. Insonni tushunish bu faoliyat turlaridan har birining teran qatlamlari haqida tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda uni yaxlit bir butun organizm sifatida tushunish demakdir.
Faoliyatni sotsiologik jihatdan tavsiflash. Jamiyat odamlar birgalikda amalga oshiradigan faoliyat shakllaridan biri hisoblanadi, shu sababli inson faoliyati doim ijtimoiy xususiyat kasb etadi, garchi o‘z shaxsiy ehtiyojlari va egoistik tushuniladigan manfaatlar yo‘lida amalga oshirilsa-da, boshqalarga qaratilgan bo‘ladi. Qilmish – shaxs faolligi namoyon bo‘lishining bir shakli bo‘lib, uning ijtimoiy ahamiyatga molik natijalar uchun javobgarligini nazarda tutadi. Ayni holda mazkur natijalar shaxsning muayyan maqsadlari yoki mo‘ljallari bilan belgilangan yoki belgilanmagani ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Xatti-harakat – shaxsning ma’naviy o‘zlikni anglashi natijasi sanalgan ongli harakati (yoki harakatsizligi) bo‘lib, unda mazkur shaxsning o‘z-o‘ziga va boshqa odamlarga, tabiatga va umuman jamiyatga bo‘lgan munosabati aks etadi. Shaxsning axloqiy mo‘ljallari ro‘yobga chiqadigan qilmishlar tizimi uning xulq-atvorini tavsiflaydi. Xulq-atvor faoliyatning tashqi ko‘rsatkichi hisoblanadi, shu sababli uning ichki mexanizmlari xulq-atvorda bilvosita namoyon bo‘ladi va inson o‘z faoliyatida amal qiladigan motivlarni doim ham namoyon etavermaydi.
Psixologiyada faoliyatga mufassalroq tavsif berilgan bo‘lib, u insonning dunyo bilan munosabatlari dinamik tizimi sifatida talqin qilinadi. Bunda sub’ektda ruhiy obraz yuzaga keladi va u ob’ektda mujassamlashadi. Sodda qilib aytganda, faoliyat insonning har qanday ob’ektga (dunyoga) shunday bir munosabatini aks ettiradiki, uning zamirida nafaqat ob’ekt (dunyo) haqidagi bilim, balki uni o‘zgartirish natijasida inson nimaga erishishi mumkinligi haqidagi tasavvur ham yotadi. Psixologiyada bilim va maqsadning inson ehtiyojlari bilan belgilangan o‘ziga xos chatishuvi faoliyat jarayonida ob’ektda gavdalanadigan obraz sifatida qaraladi. Shunday qilib, faoliyat sub’ektning borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ro‘yobga chiqarish usuli hisoblanadi. Ammo faoliyatning o‘zi insonning tashqi dunyoga bevosita munosabati bilan emas, balki uni anglab etishi, ya’ni ruhiy motivlar, maqsadlar, vositalar (mehnat qurollari) bilan tavsiflanadi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin