9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari


INSON TARIXNING YARATUVCHISI SIFATIDA



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə23/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
9-mavzu

INSON TARIXNING YARATUVCHISI SIFATIDA tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. U o‘z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi, o‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning xar tomonlama kamol topishi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta’minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ‘ib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi.
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan bog‘laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo‘lgan biror-bir xususiyatga alohida urg‘u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan.
Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan.
Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig‘inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o‘zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig‘inish insongagina xos. Inson tabiati — g‘oyat murakkab. Unda xayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko‘taradi.
PRAKSIOLOGIYA (yunon. praktikos – faol) – falsafaning inson faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig‘ining tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi.
Ijtimoiy yo‘nalganligiga qarab faoliyatning turli fanlarda o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin