9-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi. Reja



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/6
tarix18.04.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#99961
1   2   3   4   5   6
9-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

Magistral tarmoq. Magistral tarmoq yordamida yuqori tezlikka ega kanallar orqali trafikni tranzit yo’llar bo’ylab uzatishni ta’minlash maqsadida, ulanish tarmoqlarini oʻzaro birlashtirish amalga oshiriladi. Magistral tarmoq kommutatorlari, alohida-alohida foydalanuvchilarni o’zaro bog’lanishlarini tashkil qilish bilan birga, asosan ko’p sonli foydalanuvchilarining bog’lamlaridan keladigan agregatlangan – yo’naltirilgan, axborot oqimlari demultipleksiyalab, ya’ni adreslar bo’yicha taqsimlab, axborotlarni qabul qiluvchi foydalanuvchilarning ulanish tarmoqlariga shunday uzatib beradiki, foydalanuvchi qurilmasining kirish portiga faqat unga yuborilgan axborot kelib tushadi.
Axborot markazlari. Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari – axborot xizmatlarini amalga oshiradilar. Bunday markazlarda ikki xil ko’rinishdagi axborotlar saqlanadi:
1. Foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan, ularni qiziqtirishi mumkin boʻlgan axborot.
2. Xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan yordamchi axborot, ya’ni foydalanuvchiga xizmat ko’rsatishni osonlashtiradigan axborot.
Birinchi turdagi axborot resurslariga misol qilib, har-xil sohalarga oid ma’lumotlar va yangiliklar, elektron magazinlar haqida ma’lumotlar va h.k., shularga o’xshash ma’lumotlarga ega bo’lgan veb-portallarni keltirish mumkin. Telefon tarmoqlarida bunday markazlar yordamida tezkor chaqiruv xizmatlari va har-xil tashkilotlar hamda korxonalardan ma’lumotlarni olish xizmatlari amalga oshiriladi. Ikkinchi turdagi axborotlarni saqlovchi markazlarga misol qilib, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash va avtorizatsiya qilishning harxil tizimlarini keltirish mumkin. Ular yordamida tarmoq egasi boʻlgan korxona foydalanuvchilariga, u yoki bu xizmatlarni ko’rsatishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi, ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lashni hisoblash tizimi, ya’ni billing tizimi tekshirib boriladi. Foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazalarida saqlanayogan nomlari va parollari, hamda foydalanuvchiga ko’rsatilgan xizmatlarning xillari hisobga olib boriladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin