9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja


Tovar aylanmasi va xizmat ko’rsatish (ish bajarish) hajmiga ko’ra



Yüklə 55,9 Kb.
səhifə4/9
tarix14.12.2022
ölçüsü55,9 Kb.
#74581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja

1. Tovar aylanmasi va xizmat ko’rsatish (ish bajarish) hajmiga ko’ra:
- ishlab chiqarish narxi – ishlab chiqaruvchi tomonidan katta hajmdagi mahsulotlarni buyurtma bo’yicha korxonalarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotish narxlaridan tashkil to’adi. Bu narx mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va uni sotish bilan bog’liq (shu jumladan, tegishli boshqaruv harajatlari) davr harajatlariga tegishli foyda miqdorini qo’shib hisoblanadi;
- ulgurji narxlar – ulgurji savdo korxonalari tomonidan chakana savdo bilan shug’ullanuvchilarga yoki boshqa korxonalarga yirik miqdordagi mahsulotlarni sotish narxlaridan iborat bo’ladi. Ulgurji narx ishlab chiqarish narxiga savdo korxonasining barcha muomala harajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo’shib belgilanadi;
- chakana narxlar – sotuvchi tomonidan mahsulotlarni chakana savdo tarmog’i orqali kichik miqdorlarda yoki donalab (kilolab, grammlab, litrlab, metrlab va hokazo) sotish narxlaridan tashkil to’adi. Bu narx ulgurji narxga chakana savdo korxonasining barcha muomala harajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo’shib belgilanadi;
- harid narxlari – davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan mahsulotlarga davlat tomonidan o’rnatiladigan narx;
2. Davlat tomonidan tartibga solinishi yoki erkinligi darajasiga ko’ra:
- erkin narxlar – ishlab chiqaruvchi va haridor o’rtasida o’zaro manfaatdorlik asosida talab va taklifdan kelib chiqib o’rnatiladi;
- tartibga solinadigan narxlar – asosan talab va taklifdan kelib chiqib o’rnatiladigan, ammo, o’sish surpatlari yoki quyi va yuqori chegaralari davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlarni o’z ichiga oladi (aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan un, shakar va o’simlik yog’i kabi mahsulotlar narxlari);
- qat’iy o’rnatiladigan narxlar – davlat tomonidan ayrim turdagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlarga nisbatan qat’iy belgilanadigan narxlardan iborat bo’ladi (strategik ahamiyatga ega bo’lgan neftь mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa resurslar narxlari).

Yüklə 55,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin