9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja


Oldi-sotdi stnomasi kelishuviga ko’ra



Yüklə 55,9 Kb.
səhifə6/9
tarix14.12.2022
ölçüsü55,9 Kb.
#74581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja

5. Oldi-sotdi stnomasi kelishuviga ko’ra:
- stnoma (faktura) narxi – stnomada belgilangan mahsulotni yetkazib berish stlaridan kelib chiqib sotuvchi va haridor o’rtasida kelishuv asosida o’rnatiladi/


9.2. Korxonaning narx siyosati
Narx siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muhim ajralmas qismidir. SHu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda baho belgilash siyosati aloxida o`rin egallaydi. Bahoni xo`jalik mexanizmi va o`zini o`zi pul bilan ta’minlashning ko`tarib turuvchi ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning to`g`ri belgilanishiga bog`liqdir.
Baho bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko`rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo`lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo`yiladi.
Baho pul muomalasi xolatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy sog`lomligi bilan bog`liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda ishlovchilarning, umuman axolining o`zaro rejali bog`lanishi baho yordamidaamalgaoshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki maxsulotni hisobgaolish va taqsimlash amalgaoshiriladi. Bahoni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodi soitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo`lishi mumkin, bu esa bozordani o`sha maxsulotga bo`lgan talab va taklifga bog`liq bo`ladi. Tovar bahosining darajasi, Shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar o`rnini bosaolishi, muomaladani pulning harid quvvatiga ham boqlig` bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti soitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etadi. Baho tovar taklifi, axolining to`lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to`g`risida korxona egalarigaaxborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi qiymat o`lchovidir, bunda qilingan harajatlar vaolingan natija ma’lum bir narx yordamida hisob-kitob qilinadi.
Baholar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya qilinadigan maxsulot turiga ko`ra farqlanadi. Ammo bahoning turlari bir biri bilan o`zaro bog`liq bo`lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidanilardir:
a) ulgurji baholar. Ular firmalar o`z maxsulotlarini katta xajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qo`llaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish harajatlarini qoplashni, zarur foydaolishni ta’minlab berishi zarur;
b) chakana baholar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari do`konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. CHakana baho darajasi axolining real daromadlari bilan belgilanadi.
v) harid baholari qishloq xo`jaligi maxsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
g) dunyo baholari halqaro savdo munosabatlarida qo`llaniladi.
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o`z vazifalari orqali ta’sir etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan haridor o`rtasidani iqtisodiy munosabat bo`lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Haridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar – fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Baholarning shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molgaetgungacha bo`lgan mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki harajatlar baho tarkibiga kiradi.
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidanicha:
1. Iqtisodiy harajat darajasi;
2. Tovarlarning naflilik darajasi;
3. Tovarga bo`lgan talab va uning taklifi;
4. Raqobat shakllari va usullari;
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti.
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning o`rni bozor narxlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Monopoliya soitida bozorda bir turdani maxsulotlar taklif qilinishi sababli baho ustidan to`liq nazorat amalgaoshiriladi.
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdani xukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklangani bo`lib, to`qnash keladi. O`rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdani mutlaq imkoniyatini cheklaydi.
Oligopoliya soitida esaaloxida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga bog`liq bo`lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botinaolmaydilar. Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin.
Bahoning shakllanishini quyidanicha ifodalash mumkin (10.1-chizma).
Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida bahoning roli va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer yuzidani ko`pgina davlatlarda turli darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko`rish mumkin. Uning ana shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordani talab va taklifga qarab, haridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan o`lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo`lishi mumkin emas. Pul esa iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo`lib, iqtisodiyotda o`ta muhim rol` o`ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi xodisalar iqtisodiy vaziyatning ko`zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo`lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (haridor) o`z izmini o`tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ko`rib chiqqanimizdek, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta.
Baho shakllanishida raqobat muhim o`rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish bahoni belgilashga ham bog`liq. Raqobatlashuv jarayonida haridor ko`p bo`lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko`p bo`lib, ular raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi.
Raqobat kurashida harajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o`ta past baholar ham paydo bo`ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo`jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi.
Ayrim buyumlarning bahosini o`zgartirish evaziga davlat ularga bo`lgan extiyojni hamda ularni harid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog`lig`iga putur yetkazuvchi maxsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni harid qilinishini chegaralash va aksincha, ba’zi oziq-ovqat maxsulotlarining narxini me’yorda ushlab turish orqali extiyojlarni to`laroq qondirish muloxazamizga dalil bo`la oladi.


9.1-chizma. Narxning shakllanishi.


9.3.Tarmoqda narxning shakllanishi. Narxni aniqlash usullari


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoqilg’i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to’lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar ro’yxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro printsiplariga o’tishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarorida Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan sotiladigan, ular bo’yicha ushbu sub’ektning ustun mavqei e’tirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.


Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko’rsatuvchi) (keyingi o’rinlarda tovar deb ataladi) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:

  • bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo’lsa;

  • asossiz xarajatlarning o’rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo’shimcha foyda olishga yo’naltirilgan bo’lsa, tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan belgilanadigan tovarning narxi hisoblanadi.

Agar tovar narxi birja savdolari yakunlari bo’yicha shakllangan bo’lsa, bunday narx monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja savdolarida narxlar boshlang’ich narx sifatida qo’llanilishiga tatbiq etiladi.
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Sub’ektlarning ular bo’yicha mavqei ustun deb e’tirof etilgan tovarlariga monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash uchun ma’lumotlarni olish va tahlil qilish.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar har chorakda chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlariga qo’llaniladigan narxlar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi (keyingi o’rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) sub’ektlar tovarlariga narxlarning o’zgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda: (7-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019 y., 09/19/1014/4173-son)

  • har chorakda sub’ektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlarga qo’llaniladigan narxlar to’g’risidagi ma’lumotlarni;

  • statistika organlari ma’lumotlarini (ma’lumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);

  • ommaviy axborot vositalari ma’lumotlarini;

  • belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funktsiyalari materiallarini (o’rganishlar natijasida tekshirish bo’yicha dalolatnomalar va ma’lumotnomalar, berilgan ko’rsatmalar va boshqalarni);

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ma’lumotlarini tahlil qiladi.

Sub’ektlar tovarlariga narxlar o’zgarishi holati aniqlanganda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan monopol yuqori va monopol past narxlar qo’llanilganligi holati to’g’risida murojaatlar tushgan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uch kun muddatda davlat organlariga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga: tovarlarning ishlab chiqarilishi, sotilishi, importi va eksporti hajmi to’g’risidagi ma’lumotlarni; ushbu Nizomga muvofiq narx o’zgarishi belgilarini aniqlash, shuningdek, tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog’liq zarur xarajatlar va foydani aniqlash uchun zarur bo’lgan hisob-kitob va tasdiqlovchi hujjatlarni;
tovar bozorining o’ziga xosligidan kelib chiqib boshqa hujjatlarni olish uchun yozma so’rovlar yuboradi.

Yüklə 55,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin