9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja



Yüklə 55,9 Kb.
səhifə3/9
tarix14.12.2022
ölçüsü55,9 Kb.
#74581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja

8. Standart baholar. Haridor cho`ntagidani pulga qarab, ma’lum davrgacha o`zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo`llaniladi.
9. Preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo`ljal baho, haridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi.
Ishlab chiqargan maxsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko`rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o`zi uchun maqbul bo`lgan baho ko`rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. SHu maqsadda u bahoni uchgaajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) vaob’ektiv baho.
Maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan boshlash mumkin bo`lgan ko`rsatkichidir.
Minimal baho - (qo`shilishi mumkin bo`lgan eng past baho) - bu tovar narxining shunday ko`rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi.
Ob’ektiv baho - bu tarkibida o`rtacha sifat ko`rsatkichlariga ega bo`lgan u yoki bu tovarning o`rtacha bahosidir.
Bahoning iqtisodiyotdani o`rni beqiyos katta bo`lganidan uning har bir turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. SHu sababli korxonalar va firmalar narx, belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular o`zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidani maqsadlarni ko`zlaydilar:

  • tovar sotishni ko`paytirish;

  • ko`proq foyda olish;

  • o`rnini muayyan mavqeini saqlab qolish.

Tovar sotishni ko`paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni ko`paytirish orqali bozorda o`z hissasini oshirish, imkon bo`lganda bozorni o`z nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo`lgan xolda tovarlarni ko`plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni ko`p sotish natijasida uning xajmiga nisbatan savdo-sotiq harajatlarini qisqartirish.
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o`z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar maxsus narx qo`llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi.
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qo`llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo`ladi.
Raqobatli bozor soitida mahsulot narxi talab va taklif muvozanati asosida o’rnatiladi. Mahsulot narxining shakllanishiga yana quyidagi bir qancha omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
- mahsulotga bo’lgan talab darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar;
- bozordagi taklif darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar;
- bozor kon’yukturasi va raqobat muhiti;
- mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari, tannarxi va foyda mepyori;
- taklif etilayotgan mahsulotning sifati, dizayni va foydalilik darajasi;
- narxlarni davlat tomonidan tartibga solib turilishi va boshqalar.
Mahsulotga talab qanchalik yuqori va taklif qanchalik kam bo’lsa, mahsulot narxi shuncha yuqori bo’ladi. Xuddi shuningdek, taklif hajmining o’zgarishiga ishlab chiqarish texnologiyasi, foydalaniladigan resurslar narxi, ishlab chiqarishni moliyalashtirish soitlari, soliqlar va dotatsiyalar, bozordagi ishlab chiqaruvchilar soni va boshqa mahsulotlar narxi kabi omillar ta’sir ko’rsatadi. Bozorda ushbu omillar ta’sirida talab va taklif hajmining o’zgarishi, bozor muvozanatining o’zgarishiga va oqibatda mahsulot narxining o’zgarishiga olib keladi.
Talab qonuniga asosan iste’molchilar narx arzonlashuvi ta’sirida ko’proq mahsulot harid qilishga moyil bo’ladilar. Ammo, iste’molchilar talabining narx o’zgarishiga nisbatan sezuvchanligi mahsulotning xususiyatiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Ayrim mahsulotlar narxining o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning sezuvchanligi yuqori bo’ladi va narxdagi ozgina o’zgarishlar ta’sirida mahsulotga bo’lgan talab miqdori sezilarli darajada o’zgaradi. Bunday mahsulotlarga bo’lgan talab o’zgaruvchan talab (elastik talab) deb ataladi.
Ikkinchi tur mahsulotlar narxining o’zgarishi ularga bo’lgan talab miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Ko’pincha, kundalik va zarurat buyumlari narxiga nisbatan iste’molchilar talabining sezuvchanligi past bo’ladi. Bunday mahsulotlarga bo’lgan talab nisbatan o’zgaruvchan bo’lmagan talab (noelastik talab) deb ataladi.
Sanoat mahsulotlariga bo’lgan talabning o’zgaruvchanligi (elastikligi) unchalik katta bo’lmaydi. Ya’ni, iste’molchilar daromadlarining o’sishi qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabning o’sishiga unchalik ta’sir etmaydi va bu qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxini o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Talab qonuniga asosan iste’molchilar narx arzonlashuvi ta’sirida ko’proq mahsulot harid qilishga moyil bo’ladilar. Ammo, iste’molchilar talabining narx o’zgarishiga nisbatan sezuvchanligi mahsulotning xususiyatiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Ayrim mahsulotlar narxining o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning sezuvchanligi yuqori bo’ladi va narxdagi ozgina o’zgarishlar ta’sirida mahsulotga bo’lgan talab miqdori sezilarli darajada o’zgaradi. Odatda, dabdaba va hasham buyumlari narxiga nisbatan iste’molchilar talabining sezuvchanligi yuqori bo’ladi. Masalan, yengil avtomobillar narxining oshishi unga bo’lgan talabning sezilarli qisqarishiga olib keladi. Bunday mahsulotlarga bo’lgan talab o’zgaruvchan talab (elastik talab) deb ataladi.
Ikkinchi tur mahsulotlar narxining o’zgarishi ularga bo’lgan talab miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Ko’pincha, kundalik va zarurat buyumlari narxiga nisbatan iste’molchilar talabining sezuvchanligi past bo’ladi. Masalan, uy-joy, non, tuz, dori-darmon, gugurt kabi mahsulotlar narxining o’zgarishi ularga bo’lgan talab miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Bunday mahsulotlarga bo’lgan talab nisbatan o’zgaruvchan bo’lmagan talab (noelastik talab) deb ataladi.
Mavsumiylik harakteri natijasida ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmining yilning bir davrida talabdan ortib ketishiga yoki ikkinchi bir davrida talabdan kamayib ketishiga olib keladi. Masalan, pomidor va bodring ishlab chiqarish yoz oylarida ko’payib, qish va erta narxrda keskin kamayib ketadi. Natijada bunday mahsulotlar narxi yil davomida tebranib turadi.
Sanoat mahsulotlar bozorida narxning bir qancha turlari amal qiladi (9.1-chizma).
Korxona mahsulotiga o’rnatiladigan narx darajasini belgilashda tadbirkorlar o’zaro bog’liqlikda amal qiluvchi narxlar tizimi va ularning turlarini yaxshi bilishi kerak.
Narxlar tizimini ularning ma’lum bir xususiyatlariga muvofiq turkumlarga ajratish qabul qilingan:

Yüklə 55,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin