Reja Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 219,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.01.2022
ölçüsü219,28 Kb.
#40646
  1   2   3   4   5   6   7
11-seminar



11-mavzu. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI 

 

Reja 

 

1.  Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi. 

2.  Ishlab chiqarish harajatlari turlari. 

3.  Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari. 

4.  Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. 

5.  Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi. 

1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi 

 

Milliy  iqtisodiyotdagi  ishlab  chiqarish  birliklari  (korxona,  firma)  oʻz  faoliyati 



natijalaridan koʻproq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat 

oʻzining  tovarini  ancha  yuqori  narxlarda  sotishga,  balki  tovar  ishlab  chiqarish  va  uni  sotishga 

qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. 

Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy 

mehnatning  umumiy  (jonli  va  moddiylashgan)  sarflaridir.  Ular  mazkur  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  jamiyat  uchun  qanchaga  tushganligini  koʻrsatadi.  Tovar  ishlab  chiqarish  sharoitida 

ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boʻladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: 

w = c + v + m, 

bu  yerda:  w  –  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  xarajatlari  yoki  mahsulot  qiymati;  s  –  iste’mol 

qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qoʻshimcha 

qiymat. 

Bevosita  ishlab  chiqarish  xarajatlari  faqat  tovarni  ishlab  chiqarish  bilan  bogʻliq 

xarajatlarni  oʻz  ichiga  olib,  tovar  birligi  qiymatining  faqat  bir  qismini  tashkil  qiladi.  Ishlab 

chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi.  

Muomala  xarajatlari  tushunchasi  tovarlarni  sotish  jarayoni  bilan  bogʻliq  boʻlib,  shu 

tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.  

 


Yüklə 219,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin