9-mavzu. Korxona qudratini boshqarish reja


-jadval. “Kishilik kapitali”ni ta’riflash uchun indikatorlar1



Yüklə 222,88 Kb.
səhifə2/9
tarix26.06.2023
ölçüsü222,88 Kb.
#135330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Korxona qudratini boshqarish reja

1-jadval. “Kishilik kapitali”ni ta’riflash uchun indikatorlar1

“Insonparvarlik (kishilik) kapitali” omilining yigʻma indikatorlari

22 mamlakat orasidagi oʻrin

1-chi

2-chi

3-chi

1

2

3

4

1.Aholi soni

AQSh

Yaponiya

GFR

2. Aholi sonining dinamikasi

Turkiya

Avstriya

AQSh

3.Aholining iqtisodiy oʻsishga ta’siri

AQSh

Portugaliya

Ispaniya

4.Aholining yoshli tuzilmasi

Irlandiya

Turkiya

AQSh

.Urbanizatsiya darajasining ta’siri

Finlandiya

AQSh

Kanada

6.Yosh shaxslarning aholining umumiy sonidagi ulushi

Turkiya

Irlandiya

Yangi Zelandiya

7.Katta yoshdagi shaxslarning aholining umumiy sondagi ulushi

Avstriya

Yaponiya

Yangi Zelandiya

8. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi (1-64 yoshlar) shaxslarning aholining umumiy sonidagi ulushi

Shvetsiya

Norvegiya

Daniya

9.Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi sonining dinamikasi

Yangi Zelandiya

Avstriya

Kanada

10.Ayollarning mehnatga qobiliyatli yoshdagilarning aholi sonidagi ulushi

Shvetsiya

Finlandiya

Daniya

11.Band boʻlganlarning mehnatga qobili- yatli yoshdagi aholi sonidagi ulushi

Shvetsiya

Norvegiya

Finlandiya

1

2

3

4

12. Band boʻlganlarning dinamikasi

AQSh

Avstriya

Norvegiya

13.Ishsizlikning umumiy darajasi

Shveytsariya

Shvetsiya

Yaponiya

14.Yoshlar orasidagi ishsizlikning darajasi

Daniya

Shveytsariya

GFR

1.Davomli ishsizlik darajasi

Yaponiya

Portugaliya

Shveytsariya

16.1986 yilda yangi ish joylarini tashkil qilinishi

Yaponiya

Portugaliya

Finlandiya

17.Istiqbolda yangi ish joylarin tashkil qilinishi

Yaponiya

Portugaliya

Kanada

18.Yuqori malakali ishchi kuchini koʻchib ketishi

AQSh

Finlandiya

Shveytsariya

19.Kasbiy oʻqitish

GFR

Yaponiya

Shveytsariya

20.Yuqori malakali ishchi kuchi

Irlandiya

Yaponiya

Daniya

21. Yuqori malakali ishchi kuchining band boʻlganlar sonidagi ulushi

Irlandiya

Yaponiya

Daniya

22.Yollangan xodimlarningmotivatsiyasi

Yaponiya

Shveytsariya

Shvetsiya

23.Yollangan xodimlar uchun ragʻbatlar

Yaponiya

AQSh

Frantsiya

24 Yollangan xodimlarning safarbarligi

Yaponiya

AQSh

Irlandiya

2.Menejerlarni tayyorlash

Irlandiya

Shvetsiya

Shveytsariya

26.Menejerlarni kasbiy moslashtirish

Shvetsiya

Irlandiya

AQSh

27.Menejerning ist’edodi

Yaponiya

Shveytsariya

AQSh

28.Ish haqi(oklad)

Yaponiya

Shveytsariya

Shvetsiya

29. Daromad soligʻining eng yuqori stavkasi

GFR

Frantsiya

Yangi Zelandiya

30.Aholi soniga ta’limga davlat xarajatlari

AQSh

Kanada

Shvetsiya

31.Yuqoriroq darajadagi oʻrta ta’lim

Kanada Daniya

_

Shveytsariya

32.Oliy ta’lim

AQSh

Kanada

Shvetsiya

33.Gazetalar chiqarish

Yaponiya

Finlandiya

Shvetsiya

34.Boʻlgʻuvsi hayotning oʻrtacha davomiyligi

Yaponiya

Yangi Zelandiya Shveytsariya

_

3.Sogʻliqni muhofaza qilish tizimi

Shvetsiya

Shveytsariya

GFR

36.Hayotning xatarligi darajasi

Yaponiya

Angliya

Turkiya

Umuman kishilik kapitali omili

AQSh

Kanada

Yaponiya

Mutaxassislarni ta’kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki toʻgʻri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi gʻalaba qozonadi.
Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bogʻliqlikda koʻrib chiquvchi gʻoya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi boʻladi.
70 –yillarning oʻrtalarida “Boston konsalting grupp” marketing firmasi oʻzining etarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan boʻlib, hozir u har xil korxonalar va sohalarning raqobatbardoshligini tadqiqot qilishda qoʻllaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita koʻrsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal boʻyicha bozor sigʻimining toʻgʻri chiziqli koʻlamdagi oʻsishi sur’atlari koʻrsatiladi. Gorizontal boʻyicha esa – tadbirkor yoki korxonaning bozordagi logarifmli koʻlamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada oʻzlarining parametlari va bozor sharoitlariga koʻra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega boʻlganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar.
Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat oʻz korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin . Matritsa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qoʻllaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol boʻladi.


9.2. Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlari.

Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati koʻproq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bogʻliq. Biznesning murakkab dunyosida bunday oʻzini oʻzi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning koʻzlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni oʻzi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.


Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida soʻz yotadi. Muvaf- faqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. koʻrinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy koʻrinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali boʻladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yigʻma daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy toʻlovlar toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qoʻllanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. Gʻarbda ular oʻzlarini oʻstirgan mamlakatlaring faxri boʻladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy toʻlovlar toʻlanganidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qoʻshilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, toʻlovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yoʻqotishlar va h.k.) koʻrinishida undirib olinadigan daromadlarga boʻlinadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablagʻlar, avans qilib berilgan yoki qoʻllanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sigʻimining oʻzlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yoʻli bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator koʻrsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh boʻladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari gʻoyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi – bu uning tijorat sirining oʻzagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy boʻladi. Shunga qaramasdan biznes boʻyicha gʻarb adabiyotlarini koʻrib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va koʻproq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga boʻlinadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha koʻp yoki nisbatan kam boʻlishi mumkin. Bu oʻtkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bogʻliqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy koʻrsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga koʻra bir nechta boʻlishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon etakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar); jahon standarti (ekspert yoʻli bilan olingan me’yoriy koʻrsatkichning oʻrtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-moʻljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xoʻjaligi etakchisi; xalq xoʻjaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh boʻla olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq koʻrsatkichlar koʻrinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan koʻrsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq koʻrsatkichlar bilan toʻldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud boʻlishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qoʻshish va oʻzinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qoʻshimcha oʻrganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi boʻlsa ham. Bunday ishsiz obroʻli va oʻzini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yoʻli bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga koʻra 100 ball boʻladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar boʻyicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi boʻyicha balli hisoblanishlarini berish mumkin.



Yüklə 222,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin