partiya qo‘mitalari huzurida ham milliy ozchilik kichik bo‘limlari va seksiyalari
mavjud edi.
SHu yillarda milliy tumanlardan tashqari yuzlab
milliy qishloq kengashlari
ham tuzildi. Arxiv xujjatlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni jami 333
tagacha etgan.
Biroq, yuqoridagilardan O‘zbekistonda kam sonli millatlarga nisbatan olib
borilgan siyosat hech bir qiyinchiliksiz, silliq o‘tgan degan tasavvurga borish xato
bo‘lar edi. 20-30-yillardagi hujjatlar tahlil etib ko‘rilganida, ma’lum bo‘lishicha
turli millatlarning teng huquqlar bilan yonma-yon yashashi va rivojlanishini
ta’minlash yo‘lida jiddiy qiyinchiliklar ro‘y berganini ham ko‘rish mumkin edi.
Respublikada ko‘pgina xalq va elatlarning birgalikda yashashi,
hokimiyat va
boshqaruv idoralarining nojo‘ya hatti-harakatlari natijasida ayrim ziddiyatlarni hal
etish sohasida qarshiliklar ham bo‘lib turdi.
1925 yilda O‘zbekiston SSR KP(b) MK va Markaziy ijroqo‘m
Prezidiumining ko‘rsatmasiga binoan uch viloyat Toshkent-Farg‘ona va
Samarqand viloyatlarining ruslar yashaydigan qo‘rg‘onlari (posyolkalari) tekshirib
chiqilganida millatlararo munosabatlardagi ishlarning ahvoli unchalik yaxshi
emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu viloyatlarda ruslar yashaydigan 70 ta qo‘rg‘on borligi,
boshqa viloyatlarda esa bunday qo‘rg‘onlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Sovet hukmronligi davrining boshlarida O‘zbekistonda yuz bergan
millatlararo munosabatlarda noxush manzaralarni kuzatish mumkin. Masalan, rus
qo‘rg‘onlarini tekshirish asosida tuzilgan ma’lumotnomaning mazmuni millatlar
orasidagi o‘zaro
keskinlik, hatto millatlararo mojarolar sabablari, bir tomondan,
ayrim qo‘rg‘onlardagi rus aholisi ongida shovinizm unsurlari saqlanib qolganligi
va jabrdiyda mahalliy dehqonlar bunga javoban
millatchilik harakatlari
qilganliklaridan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy sovet ma’murlarining
bu borada haddan oshib, xato yo‘l tutganliklaridan iboratdir. Bu nizolarga
shubhasiz,
nafaqat milliy ehtiroslar, balki ijtimoiy ziddiyatlar ham asos bo‘lgan.
Avvalo
NEP
(yangi
iqtisodiy
siyosat)
yillarida
jamiyatdagi
ijtimoiy
tabaqalashuvning kuchayishi, ijtimoiy tengsizlik holatini keltirib chiqargan edi.
Milliy munosabatlarda o‘tmishdan qolgan g‘oyaviy-ruhiy sarqitlar, rivojlanish
yo‘lida paydo bo‘lgan muammolar ham ahvolni mushkullashtirar edi.
Bunday
ahvolni tezroq va samaraliroq bartaraf etish kun tartibida turgan asosiy
masalalardan edi.
20-30-yillarda o‘tkazilgan mahalliylashtirish siyosati, aslida to‘g‘ri siyosat
bo‘lib, milliy chekka o‘lkalarning o‘tmishdagi qoloqligini
tugatishni ittifoqdosh
respublikalardagi asosiy tub joy millatlarning tilini har tomonlama rivojlantirish
mahalliy ishchilar sinfi va ziyolilarni shakllantirishga ko‘maklashishi kerak edi.
Ammo, bu siyosat ba’zan oqilonalik doirasidan chiqib, kam sonli millatlar
muayyan qismining huquqlarini poymol qilishga aylanib
ketganligi yuqoridagi
misollardan ko‘rinib turibdi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, sobiq sovet
davlatining ruslashtirish siyosati va jamiyat turmushining barcha sohalarida boshqa
xalq va elatlarning ham huquqlarining kamsitilishi, bir qator salbiy oqibatlarga olib
keldi.