9-mavzu. Milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyoti. Reja



Yüklə 168 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü168 Kb.
#123525
  1   2
9-mavzu. Ma\'ruza (2)



9-mavzu. Milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyoti. 
Reja: 
1. Milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyoti. Millatlar ishlari xalq 
komissarligining tuzilishi va uning vazifalari 
2. O‘zbekiston SSSRning milliy davlat chegaralanishi. 20-30 yillarda aholi 
milliy tarkibi. 
 
Millatlararo munosabatlarda keskinlikni yuzaga kelishi sababli, sovet 
hukumatinign milliy masalaga bo‘lgan yondoshuvi o‘zgardi. 1918 yilda Turkiston 
Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR) tashkil topishi bilan birgalikda, 
Millatlar Ishlari Xalq Komissarligi tashkil qilinadi. Uning vazifasi milliy 
munosabatlar sohasidagi muammolarni hal qilishdan iborat edi. Millatlar ishlari 
Xalq Komissarligi faoliyatining tarixi shu paytgacha etarli yoritilmaganligini ham 
alohida ta’kidlash lozim. 1919 yilda unda 10 ta bo‘lim: O‘zbek, Qirg‘iz, Turkman, 
Ukrain va h.z bo‘limlar faoliyat olib borgan. O‘lkada turkiy tillar rus tili bilan 
birgalikda davlat tili sifatida e’tirof qilinadi. SHu bilan birgalikda, milliy ozchilik 
ishlariga ham e’tibor berila boshlandi. 1919 yilda Turkiston Xalq Maorifi 
Qo‘mitasi qoshida Milliy Ozchilikning Maorif Ishlari bo‘yicha bo‘limi tashkil 
qilindi.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligidan sovet mustamlakachiligining farqi 
shundan iborat ediki, u xalqlar do‘stligi, tenglik va qardoshlik, insonparvarlik va 
ijtimoiy adolat shiorlarini e’lon qiluvchi yangi mafkura asosiga qurilgan edi. O‘z 
navbatda bu shiorlar, bag‘rikenglik va mehmondo‘st tub joy aholisining ruhi va 
mentalitetiga mutlaq mos tushar edi. SHu bois Sovet hokimiyatining dastlabki 
yillaridanoq turli xalqlarni O‘zbekistonga deyarli bemalol ko‘chirish siyosati 
boshlangan edi. 
1918-1922 yillardagi fuqarolar urushi munosabati bilan demografik vaziyat 
jiddiy ravishda o‘zgardi. Migrasiya jarayonlari kuchaydi, tub joy bo‘lmagan 
aholining o‘lkadan ko‘chib ketishi o‘sdi. Biroq, baribir kelgan aholi ma’lum foizni 
tashkil qilgan, uning eng ko‘p qismini hamon sharqiy slavyanlar tashkil qilar edi. 
1921 yil bahoridan kelgindi aholining ko‘chib ketishi o‘rnini Rossiyaning 
ocharchilik avj olgan viloyatlaridan aholining ko‘chib kelishi egalladi. Ular 
Turkiston erlariga tezlik bilan o‘rnashib ola boshladilar. Sovet hokimiyati 
tomonidan mazkur aholini avvalo “Sirdaryo va Samarqand viloyatlarining dehqon 
aholisi orasiga” joylashtirish tavsiya etildi. 
Ularning soni jihatidan Samarqand viloyati birinchi, Sirdaryo viloyati 
ikkinchi o‘rinda turar edi. Mazkur hududlar milliy tarkibi quyidagicha edi. 
Sirdaryo viloyatida jami aholining 8,0% ruslar, 4,7% ukrainlar, 0,2% beloruslar; 


Farg‘ona viloyatida 3,2% ruslar, 2,2% ukrainlar; Samarqand viloyatida 0,5% 
ruslar, 0,1%ni ukrainlar tashkil etgan. 
20-yillarning boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududi Turkiston Avtonom 
Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR), Buxoro Xalq Sovet Sotsialistik 
Respublikasi (BXSSR) va Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi (XXSSR) 
o‘rtasida taqsimlangan edi. Jami o‘zbeklarning 66,5% TASSRda, 22.2%i
BXSSRda, 11.3% XXSSR da yashar edi. O‘zbeklar TASSR aholisining 51,4%ini, 
BXSSR aholisining 50,1%ini va XXSSR aholisining 61,0%ini tashkil qilar edi. 
1922 yil 30 dekabrda Sovet ittifoqi tashkil topgach, 1924 yilda milliy-xududiy 
chegaralanish masalasi ko‘tariladi. O‘rta Osiyodagi 1924 yilgi milliy davlat 
chegaralanishidan keyin, mintaqa hududida Turkmaniston SSR, O‘zbekiston SSR, 
O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR, Rossiya Federasiyasi tarkibida 
Qoraqirg‘iziston avtonom viloyati, Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston 
avtonom viloyati tashkil etildi. 
O‘sha paytda sobiq Rossiya imperiyasi hududida yashab turgan barcha 
o‘zbeklarning 82% O‘zbekiston tarkibiga, barcha tojiklarning 75,2% Tojikiston 
tarkibiga kiritildi. CHegaralarni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan xatolar sababli yangi 
tuzilgan respublikalar hududida etnik guruhlar ko‘payganligini ta’kidlab o‘tmoq 
kerak.
1926 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxatining ko‘rsatishicha, o‘sha davrda hozirgi 
O‘zbekiston hududida 4 million 447 ming 555 kishi yashgan. Ana shu ro‘yxat 
O‘zbekistonda etno-demografik manzara juda har xil ekanligini ham ko‘rsatadi. 
Aynan shu davrda 65 dan ortiq turli millat, elat va xalq vakillari istiqomat 
qilganlar.
1926 yilda O‘zbekiston chegaralarida respublikaning asosiy millati – 
o‘zbeklarning soni salkam 3,5 million kishiga etdi. Salkam 1 million kishidan 
iborat bo‘lgan tojiklar butun O‘zbekiston aholisining 18,4%ini tashkil etib ikkinchi 
o‘rinda edilar (quyidagi jadvalga qarang). Mamlakatdagi tojiklarning salmog‘i bu 
qadar ko‘pligining sababi shuki, 1926 yilgi aholi ro‘yxati vaqtida asosan tojiklar 
yashaydigan Xo‘jand okrugi O‘zbekiston tarkibiga kirib, keyinchalik bu okrug 
Tojikiston tarkibiga kiritildi. 
1929 yilda Xo‘jand okrugini Tojikiston ASSRga o‘tkazish to‘g‘risidagi 
masala ko‘rib chiqildi. Natijada Tojikiston ASSR aholisining soni 1.156015 
kishiga etdi, shundan 78%i tojiklar edi. O‘sha yilning oktyabrida Tojikiston 
ittifoqdosh respublikaga aylantirildi va O‘zbekiston tarkibidan chiqdi. 
Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati esa 1930 yildan bevosita Rossiya 
Federasiyasi tarkibiga kirar, 1932 yilda u avtonom respublikaga aylantirib, 1936 
yildan O‘zbekiston SSR tarkibiga kirdi. 


20-yillarda 
sovet 
davlatida 
milliy 
jarayonlarni 
boshqarish 
tizimi 
barqarorlashtirildi. Sovet hukumati SSSRda yashovchi milliy ozchilik va etnik 
guruhlarning erkin rivojlanishini e’lon qildi. Olima Z. Arifxonovaning 
ta’kidlashicha, O‘zbekistonda milliy ozchilik va etnik guruhlarni davlat ishlariga, 
ijtimoiy-siyosiy hayotga ishtiroki yuzasidan ishlar qilindi. 
20-yillarning oxiriga kelib, milliy ozchilikning siyosiy tuzumi va suvereniteti 
shakli sifatida ma’muriy tumanlashtirish olib borilib, milliy rayonlar va milliy
selsovet (qishloq kengashi)lari shakllandi. 30-yillarning boshlarida O‘zbekistonda 
milliy ozchilikning 10 ta rayoni va 4 ta milliy-aralashgan tuman, 333 ta milliy 
qishloq kengashlari bo‘lib, ularda ish yuritish o‘zlarining tilida olib borilgan. 
SSSR Markaziy ijroqo‘mi Millatlar kengashi prezidiumining ittifoqdosh 
respublikalarga 1925 yil 21 noyabrda yuborgan farmoyishida saylab qo‘yiladigan 
barcha sovet organlariga kam sonli millatlarning vakillarini kiritish kabi choralar 
asosida milliy ozchiliklarning huquqlarini to‘la-to‘kis ta’minlash zarurligi tan 
olingan edi. Jumladan, mayda millatlarning soni ko‘proq bo‘lgan taqdirda alohida 
sovetlar tuzish va mazkur kam sonli millatlarning tillarini muomalaga joriy etish, 
ularning ona tilida maktablar va sudlar tashkil etish kerakligi ta’kidlangan edi. 
20-yillarda milliy hayot faol tarzda olib borilgan, aytish joizki 
mahalliylashtirish siyosati olib borildi, milliy tillarda adabiyotlarning nashri yo‘lga 
qo‘yilishi va h.z. ishlar olib borildi. 1924 yil 9 aprelda Millatlar ishlari Xalq 
komissarligi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ijroiya hokimiyat organi bo‘lmish Millatlar 
ishlari Xalq komissarligi davlatning milliy siyosatini amalga oshirishda etakchi rol 
o‘ynadi, uning zimmasiga yuklatilgan tarixiy vazifani etarli darajada amalga 
oshirdi.
Lekin 30-yilarga kelib bu ishlar barchasi chappasiga aylanib ketdi. 30-yillarda 
millatlarni birlashtirish g‘oyasi bu yo‘lda olib borilgan milliy siyosatda ayniqsa til 
siyosatida ko‘zga tashlanadi. Agar dastlabki yillarda milliy tillar rus tili bilan 
baravar olib borilgan bo‘lsa, endilikda rus tilini o‘rganish targ‘iboti boshlandi. 
1938 yilda milliy respublikalarda rus tilini o‘rganish majburiyati e’lon qilindi. 
O‘zbek tilining rivojlanishi uchun ikkita alfavitning almashtirilishi bo‘ldi.
30-40 yillarga kelib, milliy ozchilik muxtoriyatining barcha shakllari tugatildi, 
hukmron kommunistik g‘oyasining singdirilishi kuchaytirildi, etnik xususiyatlarni 
zo‘rlik bilan yo‘qotishga o‘tildi hamda assimilyasiya siyosati kuchaytirildi. Buning 
asorati sifatida hujjatlarda qayd qilingan millatlar, xalqlar, etnik guruhlar soni 
kamayib ketadi. 
Masalan, sovet davlatining dastlabki ruyxatga olish ma’lumotlarida,
qipchoqlar ham, turklar ham va b.lar qayd qilingan bo‘lsa, keyingi ro‘yxatga olish 
ishlarida o‘zbeklar bilan birgalikda faqat qozoqlar, turkmanlar, qaraqalpoqlar 
e’tiroq qilingan. Qarluqlar, chig‘atoy kabilar mutlaqo eslatilmagan. 


Respublika aholisining milliy tarkibi shu davrda sobiq Sovet Ittifoqidagi 
murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatda shakllandi. Sobiq SSSRning 
ko‘pgina respublikalarida fuqarolar urushi tugab, ommaviy qatag‘onlar boshlangan 
edi. Qishloq aholisining nisbatan boyroq qatlamlari – “quloqlar”, shuningdek 
ziyolilar, ruhoniylar, butun-butun xalqlar qatag‘onga duchor bo‘ldi. Iqtisodiy 
sohada esa bu davrda yuzaga kelgan bir qator iqtisodiy muammolar keyinchalik 
sobiq Ittifoqning ko‘pgina mintaqalariga falokat keltirdi. 
Sovet jamiyatida qayd etib o‘tilgan va boshqa bir qancha keskin o‘zgarishlar 
aholining sobiq Sovet Ittifoqi ko‘pgina respublikalaridan O‘zbekistonga va 
Markaziy Osiyoning boshqa respublikalariga ixtiyoriy yoki majburiy ko‘chishiga 
ham sabab bo‘ldi. 
Qishloq xo‘jaligini zo‘rlab kollektivlashtirish munosabati bilan “quloqlar”ni 
surgun qilish tadbiri majburiy ko‘chirishning katta to‘lqinini yuzaga keltirdi. Uning 
ikki manbai bor edi: 1) butun mintaqaning tub joy aholisi va shimoliy Kavkazning 
milliy tumanlaridan surgun qilinganlar. 2) 30-yillarning o‘rtalarida Sibir va 
Qozog‘istonga surgun qilingan, ammo iqlimga o‘rgana olmaganlarning ma’lum bir 
qismi. 
Rossiyada, asosan uning musulmon aholili respublikalari (Tatariston, 
Boshqirdiston, CHuvashiston)da quloq qilinish va siyosiy quvg‘inga uchrash xavfi 
ostida qolgan aholi ham bu erlarga ko‘chib kelishga majbur bo‘lgan edi. 30-
yillardagi ocharchilik ham, asosan, Volgabo‘yidan va Rossiyaning boshqa 
tumanlaridan, shuningdek Ukrainadan aholining O‘zbekistonga va Markaziy 
Osiyoning boshqa respublikalariga ko‘plab oqib kelishiga sabab bo‘ldi.
Sobiq SSSRdagi migrasiya jarayonlarini tartib soluvchi tegishli sovet 
ma’murlarining ta’siri kuchli edi. Aholi siljishini ro‘yxatga olish (propiska) 
tartiboti va uy-joy taqsimoti tizimi ular tomonidan qat’iy tarzda cheklab turilar edi. 
Kolxozchilar bu tizimga ko‘proq qaram bo‘lib, o‘sha paytlarda ularning hatto 
pasportlari mavjud emas edi. 
Mamlakatni industrlash siyosati jarayonida sobiq SSSR markazidan slavyan 
respublikalaridan malakali mutaxassislar va ishchilar tashkiliy ravishda, reja 
asosida yuborila boshlandi. O‘zbekistonga asosan, rus ishchilari doimiy yashash 
uchun ko‘chib kela boshladilar. Masalan, 1930 yilda mamlakatning to‘qimachilik 
markazlaridan O‘zbekistonga 300 nafar malakali to‘quvchi va ip yigiruvchi 
yuborildi, ular respublika yangi to‘qimachilik korxonalari ishchilarining asosiy 
o‘zagini tashkil etdi. 1931 yilda Rossiyadan hammasi bo‘lib, 15 ming turli 
kasblarning malakali ishchilari etib keldi. 
Birinchi besh yillik davrida O‘zbekistonning yirik sanoatiga 57 ming nafar
ishchi kelib qo‘shildi. Zero, o‘sha davrda mahalliy millat ishchilari 4 ming 
kishidan oshmas edi. Sanoat korxonalari qurilishida ishlash uchun Rossiyadan 


O‘zbekistonga 1933 yilda 3062, 1934 yilda 3500, 1935 yilda 3000 nafar ishchi 
yuborildi. 1933-1938 yillarda O‘zbekistonga hammasi bo‘lib 650 ming kishi, shu 
jumladan Rossiyadan 94,3 ming kishi ishlash maqsadida ko‘chib keldi. 
Respublika ishchilar sinfi ko‘p jihatdan chetdan keltirilgan ishchi kuchi 
hisobiga shakllantirilganligi, markazning mustamlakachilik siyosati oqibati edi. 
CHunonchi, sobiq SSSR Gosplani (Davlat Rejalashtirish Komiteti)ning sanoatda 
birinchi besh yillik rejani ishlab chiqishga bag‘ishlangan majlisida (1927 yil fevral) 
aniq qilib shunday deyilgan edi: “O‘rta Osiyo kabi mamlakatlarda chetdan 
keltirilgan ishchi kuchi asosida darhol yirik sanoatni barpo etish afzalroqdir”. 
Garchi ishchilar sinfining milliy kadrlarini shakllantirish yo‘lida qadamlar 
qo‘yilgan va ularning soni ko‘paygan bo‘lsa ham, ammo foiz jihatdan ularning 
soni juda ozchilikni tashkil qilar edi. Masalan, 1926 yilda ishchilar orasida 
o‘zbeklar 50,4%ni, 1936 yilda esa 36,5% ni tashkil etdi xolos. 
Sobiq SSSRda 20-30-yillarda xorijiy mamlakatlardan keluvchi muhojirlar, 
ishchilar sinfi saflarini to‘ldirish yo‘llaridan biri edi. 5-10 yil muddatga vaqtincha 
kelgan bunday muxojirlarning bir qismi doimiy yashash uchun sovetlar 
mamlakatida qolar edi. 
Mintaqa xalq xo‘jaligida 70 mingga yaqin eroniy, Xitoyning shimoliy-
g‘arbidan kelgan ko‘pgina muhojirlar bor edi. Ular konchilik sanoati, neft konlari, 
temir yo‘l qurilishi, turli zavodlarda ishlar edilar. Toshkent yaqinidagi paxta 
tozalash zavodi qurilishining o‘zida 640 nafar ajnabiy ishchi bor edi.
1939 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati dasturida birinchi marotaba milliy tarkib 
to‘g‘risidagi katak ko‘zda tutilgan bo‘lib, undagi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 
yashovchi ruslar soni 727,3 ming kishiga etdi va 1926 yilga nisbatan 480,8 ming 
kishiga yoki qariyb uch baravarga ko‘paydi. Bu – O‘zbekistondagi ruslar soni eng 
ko‘p miqdorda o‘sgan davr bo‘ldi. SHu davr (1926-1939 yillar) mobaynida 
ularning respublika aholisi tarkibidagi salmog‘i 6,8%ga ko‘payib, 11,5%ga etdi. 
SHu vaqt ichida O‘zbekiston aholisining umumiy sonida tatarlar, qozoqlar, 
ukrainlar, boshqirdlar va tojiklar soni ham birmuncha ko‘paydi. 
Ana shularning natijasida respublika asosiy aholisining ulushi qisqara 
boshladi. 1926-1939 yillarda O‘zbekiston jami aholisi tarkibida o‘zbeklarning 
ulushi 2,5%ga kamayib, 65%ni tashkil etdi. Ammo, shu vaqt ichida 
respublikadagi o‘zbeklarning soni 524,7 ming kishiga ko‘payib, 1939 yilda 4,1 
mln. kishiga ham etgan edi. 
Tabiiyki ko‘pmillatlilik sharoitidagi O‘zbekiston, avvalo, millatlararo tinchlik 
va totuvlikni ta’minlanishi asosidagina to‘g‘ri rivojlanishi mumkin edi. Kam sonli 
millatlar g‘uj bo‘lib yashaydigan joylarda milliy tumanlar va milliy qishloq 
kengashlarini tuzish, ularni tillaridan bemalol foydalanishni yo‘lga qo‘yish esa 
aynan shu maqsadga xizmat qilar edi. O‘zbekiston SSRning milliy-davlat 


chegaralanishi davomida, Revolyusion qo‘mita huzurida tuzilgan milliy ozchiliklar 
qo‘mitasining vazifasi, boshqa ishlar bilan bir qatorda u yoki bu xalq aholisi ko‘p 
va bir xil tarkibda bo‘lgan tumanlarni alohida mintaqalarga ajratish va mazkur 
mintaqaning ko‘pchilik aholisi ona tilida ish yuritishi to‘g‘risida O‘zbekiston SSR 
Markaziy ijroqo‘miga mulohazalar topshirishdan iborat edi. Respublika 
Sovetlarining 1925 yil fevralidagi Ta’sis qurultoyidan keyin bu qo‘mitaning nomi 
o‘zgartirilib, O‘zbekiston SSR Sovetlari MIQ huzuridagi milliy ozchiliklar ishlari 
bo‘yicha Markaziy komissiya deb atala boshlandi. 30-yillarning boshlarigacha 

Yüklə 168 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin