9-mavzu:Nutqning to’g’riligi
Reja:
1. Nutqning to`g`rilgi
2. Nutqning aniqligi.
3. Nutqning mantiqiyligi.
4. Nutqning sofligi.
5. Nutqning ta’sirchanligi.
Tayanch so’z va iboralar
Adabiy til me’yorlari, talaffuz me’yorlari, morfologik me’yorlar, lug`aviy
me’yorlar, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ta’sirchanligi
Nutqning aniqligi tabiat va jamiyatdagi narsa
va hodisalar bilan ularning
nutqdagi atamasi bo`lgan materiali o`rtasidagi mutanosiblikni taqozo qiladi:
a) sinonimlardan o`rinli foydalanish;
b) antonimlardan to`g`ri foydalanish;
c) ko`chma ma’noli so`zlarni o`rinli qo`llash;
d) so`z birikmalarini to`g`ri qo`llash;
e) iboralarni to`g`ri qo`llash;
O`qituvchi nutqida atamalar va mutaxassislikka oid leksika asosiy o`rinni egallaydi.
Ular o`quvchi bilimining dunyoqarashining bilishi hisoblanadi.
Fan sifatida o`zbek tilshunosligi ham boy atamalarga ega. Ularning bir qismi
tilshunos olimlarimiz tomonidan ijod qilingan bu bir qismi boshqa tillardan to`g`ri
yoki kalkalash (nusxa olish) orqali qabul qilingandir.
XX asrda xalqaro ilmiy aloqalar nihoyatda ravnaq topdi. Ayni til hodisasi bir
necha
atama bilan izohlanadigan holatlar nihoyatda ko`paydi.
Yozma nutq texnikasi o`z mohiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi.
1. Har qanday yozma nutq uchun zarur bo`lgan texnik xususiyatlar.
―Nutqning aniqligi so`zning narsa va hodisalardan aks etgan borliq belgilari bilan
qat’iy mos kelinishidir‖. Deydi rus tilshunosi V.N.Golovin.
Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. Narsa aniqligi
nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nusxa mazmunining
munosabatida ko`riladi. Demak, mavjudlik narsalar, hodisalar orqali nutqda aniq aks
etgan bo`lsa, bunday nutq aniq hisoblanadi.
Aniq nutq yaratish so`zlovchidan quyidagilarni o`rganish
va ularga amal qilishni
talab qiladi:
a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli variantni
ajratib nutqda qo`llash.
b) Nutqda ishlatiladigan so`zning otlashgan ma’nolarini har tomonlama bilish;
nojiddiy, taxminiy qo`llashlardan qochish; chunki batayn soz qo`llash nutqni beburd
qiladi;
c) So`zning ko`p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko`p ma’noni
soz nutqda
qo`llanganda o`zining qaysi ma’noda ishlatilayotganligini aniq tasavvur qilish, fikr
yuzaga chiqishida bu so`zning boshqa ma’no qirralari mon’elik qilish-qilmasligini
ko`z oldiga keltirish; omonimlarning xususiyatlarini
adabiy normadagi ifodalar
bilan yetkazishidir. O`qituvchining tili hamma vaqt o`zbek adabiy tili normalarga
sodiq qoladi, adabiy tilning go`zal va ta’sirchanligini o`zida saqlaydi. Adabiy til
ma’lum qo`shimchalar, Grammatik kategoriyalarni qo`llanilishidagi
bir xilligi,
barqarorligi bilan umumo`zbek harakatlarida bo`ladi. Shevalardan ustun turadi.
Uning ustunligini bir tomondan adabiy normalar belgilaydi.
Mantiqiylikni ta’minlash 2 shartga asoslanadi. Birinchisi, ekstrolingvistik shart. Bu
shart to`g`ri mulohaza qilishning normalari va printsiplarini egallashni taqozo etadi.
To`g`ri nutq uchun kurashuvchi eng avvalo, mantiqiy fikrlashni o`rganishi lozim.
Ikkinchi shart sof lingvistik bo`lib, nutqiy tuzilish belgining bir-biriga zid
bo`lmasligini, mazmuniy bog`liqligini uyushtiruvchi til
vositalarini bilishni talab
qiladi.