9-Mavzu: O’tkir zaharlanishlar va ularga qarshi chora tadbirlar.
Reja:
Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar.
O‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar.
Ba’zi zaharlanish turlari va ularga birinchi yordam ko`rsatish.
O‘tkir allergik reaksiyalar
Vodorod peroksidi.
Gidrazin.
Aminobirikmalar.
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.
KUCHLI TA'SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALAR
Xaql iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi ayrim korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan kuchli zaharlovchi moddalar zahiralari bo'lishi mumkin. Bunday inshootlardagi mazkur moddalar turli katta-kichik talafotlar tufayli yoki dushmanlar xatti-harakati oqibatlarida saqlanayotgan idishlaridan tashqi muhitga tushishi, kimyoviy ikqilamchi zaharlanish o'choqlarining vujudga kelishi va odamlar orasida sanitar yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin.
Bunday kimyoviy moddalar qatoriga xlor, ammiak, azot kislotasi va azot oksidlari, ftor va uning birikmalari, vodorod perekisi, gidrazin, aminobirikmalar kiradi.
Xlor moddasi jangovar maqsadlardan chetlashtirilgan bo'lsa ham, hozirgi paytlarda turli ishlab chiqarish korxonalarida xomashyo tariqasida ishlatiladi. Masalan, suvni yuqumli kasalliklar sababchilaridan - mikroblardan tozalovchi, xloramin kabi vositalarni ishlab chiqarishda as qotadi.
Xlor moddasi tashqi muhitga tushgach, xlorli bulutlarni hosil qilib, zichligi kattaroq bo'lgani bois yer bag'rilab tarqalib, barcha o'nqir-cho'nqirliklarni, yaxshilab berkitilmagan yerto'la-yu, berkinchoqlarga kirib ketadi.
Kam va o'rtacha miqdordagi xlor ko'zni achishtirib, og'riq paydo qiladi, to'sh suyagi ortida siquv sezgisi va og'riqni, tomoq qirilishini, ko'zyoshi oqishini, quruq og'ir yo'talni, ovoz payfari qisuvini keltirib chiqarishi mumkin.
Katta miqdordagi xlor hajmi tez fursatlarda o'pkalarning shishishiga sabab bo'ladi. Jarayon bo'g'uvchi moddalar bilan zaharlanganidek kechadi.
O'ta yuqori darajadagi xlor bug'lari sharoitiga tushib qolgan odam, qisqa vaqt ichida es-hushini yo'qotadi va nafasning barham topishi tufayliHayotdan ko'z yumadi.
Xlor bilan zaharlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam tariqasida ularga havotozalagich kiydirilishi va ularni xavfsiz toza havoli joylarga ko'chirish tavsiya etiladi.
Ammiak - qitiqlash-g'ashga tegish ta'siriga ega bo'lgan gaz bo'lib, bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigan moddalarni so'rib olish maqsadida sovitgichli korxonalarda hamda azotli o'g'itlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammiak ta'sirida kuchli ravishda qitiqlash alomatlari kelib chiqadi (nafas yo'llari kuchli ta'sirlanadi). Kam miqdorlarda burun shamollashining yengil alomatlariga sabab bo'ladi. Shikastlanish bronxlar bo'ylab tarqaladi. Jarayon 3-5 kun davom etadi.
Ammiak katta miqdorlarda kuchli yo'talni, ko'krak qafasi sohasida og'riq va siquv sezgisini, bronxlarni - tarqalgan yiringli yallig'lanishga sabab bo'ladi. Og'ir zaharlanganda nafas - tovush paylari taranglashib, qisiladi, o'pkalarning shamollashi va shishishi vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda markaziy nerv tizimi qo'zg'olib ketadi.
Ammiak moddasidan zaharlangan taqdirda, zaharlanganlarni tezda, zudlik bilan toza havoga olib chiqib. qisib turgan kiyim-kechaklardan forig' etish, kislorod berish tavsiya qilinadi. Ko'z shilliq qavati zararlangan paytlarda, uni yaxshilab, obdan suv bilan yuvish kerak. Tuzilmalar ammiakli sharoitlar vujudga kelib chiqqan sharoitlarda, havotozalagich va himoya kiyimlarida xizmat qilishlari lozim.
O‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar.
Nevrologik o‘zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab tizimi strukturasiga bevosita toksik ta’sir natijasida hamda zaharlanganning boshqa a’zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining buzilishi hisobiga bo‘ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Eng og‘ir psixonevrologik o‘zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik koma, tirishish sindromi kiradi.
Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo‘lib, u arterial bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon tarkibining o‘zgarishi bilan kechadi.
Yurakka birlamchi ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, yurak ritmi, uning o‘tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va kollaps rivojlanadi.
Nafas olishning buzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi;
2) nafas o‘zgarishlarining markaziy shakli ixtiyoriy nafas olish harakatlarining yo‘qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi;
3) o‘pka shokining rivojlanishi bilan bog‘liq – o‘pka shishi, pnevmoniya, bronxospazm bilan kechadigan o‘tkir traxeobronxit.
Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi o‘tkir gastro-enterit, qusish, ich ketishi, qorinning har xil joyida va turli intensivlikdagi og‘riqlar ko‘rinishida kechadi.
Jigarning shikastlanishi jigarning kattalashishi va og‘riq bo‘lishi, ko‘z sklerasi va terining sarg‘ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichida asabiy o‘zgarishlar ham qo‘shiladi – bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi.
Buyraklar shikastlanganda, ko‘pincha tezda o‘tkir buyrak yetish-movchiligi rivojlanadi.
Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig‘ilishi mumkin, shuning uchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak.
Ba’zi zaharlanish turlari va ularga birinchi yordam ko`rsatish.
Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanish.
Bunda ko‘rsatiladigan birinchi yordam: jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo‘ladi. Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish), harorati ko‘tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan ko‘mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni yuvish va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart.
Alkogol bilan zaharlanish.
Bunda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta miqdorda qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ich davrida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va hushidan ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilan oshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash, yurak dorilarini berish va iloji bo‘lsa, kislorodoterapiyani boshlash kerak.
Gazdan zaharlanish.
Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar tarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. O‘tkir zaharlanganda psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini o‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar o‘tkazuvganligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqt kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur.
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.
Zaharlansh<
Davolash:
– iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo‘llash);
– maxsus antidot moddalar yuborish.
Kuydiruvchi moddalar bilan zaharlanish.
Bunga uksus (sirka) essensiyasi taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydiruvchi ta’sirdan va umumiy-rezorbtiv ta’sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog‘idagi kuchli og‘riq, qayt qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikni yo‘qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi – qizil yoki jigarrang siydik paydo bo‘ladi. Davolash oshqozonni yuvish, promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgan suvda qonning bo‘lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydigan ko‘rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalarni ishlatish man etiladi).
Bo‘g‘ilish – o‘pkaga havo o‘tishi uchun to‘siqlar bo‘lganda kelib chiqadi. U yuqori nafas yo‘llariga yot jismlarning tushishi, shikastlanishi yoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin. Nafas siqishida birinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o‘tishi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora-tadbirlarini boshlash kerak.
O‘tkir allergik reaksiyalar.
Barcha dori-darmonlar (antibiotiklar, zardob va vaksinalar) hamda muayyan meva mahsulotlari allergik xususiyatga ega bo‘ladilar: tuxum, shokolad, asal, qulupnay, sitrus mevalar. Allergik reaksiyaning og‘irligi sensibilizatsiya darajasi bilan belgilanadi.
Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to‘plami hisoblanib, juda og‘ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo‘lib, o‘tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi. Yurak ritmi chastotasi va to‘g‘riligi buziladi. O‘pka shishi rivojlanishi mumkin va qo‘ng‘iroqsimon nafas paydo bo‘lishi, ko‘p miqdorda ko‘pikli balg‘am ajralishi, o‘pkaning barcha yuzasi bo‘yicha xirillashlar, bronxospazm paydo bo‘lishi kuzatiladi. Psixomotor qo‘zg‘alishlar paydo bo‘lishi mumkin, u adinamiyaga, hushni yo‘qotishga, ixtiyorsiz siydik ajralishiga va defekatsiyaga sababchi bo‘ladi. Ba’zan alohida muskul guruhlarining fibrillyar uchishi hamda tonik yoki klonik tirishishlar yuz berishi mumkin.
Anafilaktik shokda birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi:
– allergik reaksiya chaqirgan preparatning inyeksiya qilingan yoki hasharot chaqqan joyining proksimal (yuqorigi) qismiga bog‘lagich siqib qo‘yiladi, bu venoz shishni blokada qiladi va organizmga allergen kirishiga yo‘l qo‘ymaydi;
– teri ostiga 0,5 adrenalin qilinadi;
– maska yordamida kislorod berish kerak;
– tomoqning o‘ta shishida va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi
buzilganda Dyufo ignasi yordamida konikotomiya qilinib, kateter kiritiladi;
– agar adrenalin kiritilishi natijasiz bo‘lsa, gemodinamikani
stabilizatsiya qilish va sirkulatsiya bo‘layotgan qon hajmini tiklash uchun poliglyukin tomchilatib yuboriladi;
– bronxospazmni yo‘qotish uchun 5–10 ml 2,4 % eufilin yuboriladi;
– shu bilan birgalikda, antigistamin (dimedrol, suprastin, pipolfen) preparatlar yuboriladi;
– vena ichiga kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) yuboriladi.
VODOROD PEROKSIDI
Uning ta'sirida asosan qondagi qizil qon tanachalari - eritrotsitlarning yemirilishi - gemolizi ko`zatiladi. Qon tarkibiga o'tgan gemoglobin - qonga qizil rang beruvchi birikma, vodorod perekisi bilan jarayonga kirishishib.
metgemoglobin degan mahsulotni hosil qiladi. Natijada eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobinning asosiy vazifasi bo'lmish, kislorodni hujayralarga yetkazib bera olish qobiliyati barham topadi va tanada kislorod - gipoksiya yetishmaslik alomatlari vujudga keladi.
Perekis vodorod terini kuydiradi, ko'zning pardasini xiralashtirib. ko'r qilib qo'yishi mumkin. Uning bug'lari ta'siridan nafas yo'llari va o'pkalarda yallig'lanish belgilari paydo bo'ladi. O'pkalar shishi kelib chiqqanida, odamning ahvoli og'irlashadi.
Dastlabki tibbiy yordam, ftor va uning birikmalari bilan zaharlangandagi singari olib boriladi.
GIDRAZIN
Gidrazin kuchli zaharlovchi modda bo'lib. tanaga nafas yo'llari va shilliq qavatlar orqali kiradi va markaziy nerv tizimida tinchlanish jarayoni izdan chiqadi, tirishishlar ko`zatiladi. Gidrazin ta'sirida zaharlanishlar o'tkir va surunkali bo'lishi mumkin. gidrazin bilan to'satdan zaharlanganda, klinik manzarasi 30-90 daqiqadan keyin boshlanib, nerv va yurak-qon tomirlar tizimlarida o'zgarishlar rivoj topadi. Shikastlanganlar bezovtalanib, mushaklar bo'shashib ketadi, klonik-tonik tirishishlar, boshning orqaga tortilishi (opistotonus), keyinchalik esa, parez va falajlar, yurak urishining kamayishi (bradikardiya), yurakda rux (impuls) o'tqazuv tizimida o`zilishlar (blokada) va kollopsimon holatlar paydo bo'ladi. Kollapsimon holatlarda zaharlanganlarda arterial qon tomirlarining yetishmasligi, yurak faoliyatining susayishi va arterial qon tomirlar quvvatining (tonusi) pasayishi sodir bo'ladi.
Surunkali shikastlanganda esa, asosan jigar faoliyatining izdan chiqishi va shilliq qavatlarning yallig'lanishi alomatlari ko`zatiladi.
1-tibbiy yordam - zaharlangan odamni qisqa vaqt ichida xavfsiz joyga ko'chirish va qisman sanitar ishlovini berishdan iborat. Ko'zlar toza suv bilan yuviladi.
AMINOBIRIKMALAR
Ushbu birikmalar ikki guruhli bo'lib, alifatli va aromatli aminobirikmalardan iborat bo'ladi.
Alifatli aminobirikmalar teriga ta'sir etsa, dermatitlar, ko'zga tushganida esa, shilliq pardali yallig'lanishga olib boradi.
Ulardan zaharlanish belgilari nerv tizimi tomonidan rivoj topadi: dastavval qo'zg'olishlar, keyinchalik tinchlanishlar va koma holati paydo bo'ladi.
Nafas yo'llari orqali tanaga kirgan taqdirda yengil va o'rtacha darajadagi zaharlanish alomatlari vujudga keladi: ko'z va shilliq qavatlarda yallig'lanish, og'ir hollarda to'qimalarning o'lishi - nekrozi ko`zatiladi. Ko'rish qobiliyati pasayadi, kuchli qo'zg'olishlar, o'pkalarning yallig'lanishi va shishishi mumkin.
Aromatli aminobirikmaiarga anilin va ksilidinlar kiradi. Zaharlanish asosan uni bilmay ichib qo'yilganda va teriga ta'sir etganida ko`zatiladi.
Klinik manzarasi - terida ekzema (terida pufakchalar, infiltratsiya - teriga turli moddalarning shimilib to'planishi, namlikning barham topishi, qora-qo'tir va katta-kichik po'st paydo bo'Iishi), qonda -metgemoglobin (ko'karish-sianoz), gemolizli sariqlik va nerv tizimining izdan chiqishi namoyon bo'ladi.
Aromatli aminobirikmalar bilan zaharlanish 3 xil darajali bo'Iishi mumkin:
Yengil darajadagi zaharlanish paytida, bosh og'rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, ko'zga tashlanishi mumkin. Ko'karish unchalik bilinmaydi.
О 'rtacha darajadagi zaharlanish yo`z berganida, ko'karib ketish, xansirash, ko'ngil aynishi, u yoq, bu yoqqa chayqalib yurish e'tiborni tortadi.
Og'ir darajali zaharlanish ko`zatilsa, ko'karib ketish va xansirash zo'rayib ketadi, yurak urishi tezlashadi (taxikardiya), qo'1-oyoqlar mo`zlay boshlaydi, asabiy qo'zg'olishlar, es-hush barham topadi, qayt qilish paydo bo'ladi, ko'z qorachig'i kengayadi, pay reflekslari yo'qoladi. Ma'lum vaqt o'tgach, zaharli gepatit-jigar yallig'lanishi va buyraklar yallig'lanishi -nefritlar kelib chiqishi ko`zatiladi. Koma holati ham uchrashi mumkin.
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish, zaharlanganlarni xavfsiz joyga ko'chirish, qisman sanitar ishlovini berishdan boshlanadi.
Foydalangan adabiyotlar
1. G`.E.G`oipov Mehnat muhofazasi. T., "Mehnat" 2000y
2. O.Qudratov, T.G'aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., "Mehnat" 2004
3. Yu.Dodoboev, M.Hamidov. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda
mehnat muhofazasi.T., "Mehnat" 2000y
4. G.I Belyakov Oxrana truda .M., "Agropromizdat" 1990 .
Dostları ilə paylaş: |