9 Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi omillari va agrosanoat sektorini rivojlantirish. Reja



Yüklə 314,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.10.2023
ölçüsü314,86 Kb.
#161037
1   2   3   4   5   6
Lecture - 9

2
 
Agrosanoat sektorini rivojlantirish masalalari
Hozirgi vaqtda biz umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollar bo’lgan oziq-
ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilmoqdamiz. 
So’nggi uch yilda eksport qilinayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 3 
barobardan ziyod oshdi. 
Mamlakatimizning mahsulot yetkazib beradigan korxonalari xalqaro 
ko’rgazma va ixtisoslashtirilgan yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Dunyoning 
80 ta davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash 
asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilinmoqda. O’zbekiston o’rik, olxo’ri, 
uzum, yong’oq, karam va boshqa ko’plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksport 
qilish hajmi bo’yicha dunyoda shunday mahsulotlarni yetkazib beradigan o’nta 
yetakchi davlat qatoriga kiradi. 2020 yilda meva va sabzavot, uzum va poliz 
mahsulotlari yetishtirishni 2015 yilga nisbatan kamida 1,3, sutni 1,5, tuxumni 1,7, 
balini 2,5 marta ko’paytirish mo’ljallanmoqda. 
Bunday ko’rsatkichlarga erishish uchun, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligini 
isloh etish va modernizasiya qilish, yerlarning meliorativ holatini va irrigasiya 
tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan 
keng ko’lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu borada xorijiy 
investisiyalarni jalb qilish va albatta mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarga jahon bozoridagi talabni oshirish, ularni saqlash, logistika va 
iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy tizimini shakllantirishga alohida 
e’tibor qaratishilishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, sabzavot, 
meva va uzumni daladan iste’molchiga yetkazib berishda nobudgarchiliklarning 
oldini olish bo’yicha meva va sabzavotlarni saqlaydigan ombor va muzlatgichlar 
tizimi yetarli darajada rivojlanmagani, logistika va yo’l xarajatlari bilan bog’liq 
ko’pgina muammolarni yechish talab etiladi. 
Yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining aksariyat 
qismi yangi uzilgan holda emas, balki konservasiya qilingan, qayta ishlangan yoki 
quritilgan holda iste’mol qilinmoqda. Bunday holatda mahsulotlar o’zining sifati, 
ta’mi va tibbiyot nuqtai nazaridan iste’mol xususiyatlarini ma’lum darajada 
yo’qotadi. 


Mazkur sohada sezilarli o’zgarishlar bo’layotganiga qaramasdan, mahsulotni 
asl holida saqlash, narx-navo barqarorligini ta’minlash, uning keskin oshib 
ketishining oldini olish, narx-navoga mavsumiy omillarning ta’sirini kamaytirish 
va boshqa masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan barcha infratuzilma, resurs va 
imkoniyatlarga ega emasmiz, bu borada muzlatish, neytral gazli muhitda saqlash 
kabi zamonaviy texnologiyalarni yanada ko’paytirish talab qilinadi. 
Ayni paytda O’zbekistonda bu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bugungi kunda jami 190 ming tonnadan ziyod meva va sabzavotlar 
saqlanadigan 274 ta zamonaviy sovutgichli kamera va omborlarni qurish va to’liq 
rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. 
2010 yilda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida 3 ming 
tonnadan ortiq sarxil meva-sabzavotni neytral gazli muhitda saqlash bo’yicha 
zamonaviy quvvatlar foydalanishga topshirildi. Ushbu mahsulotlar xalqaro 
aviatransport yordamida Yevropa va Osiyo mamlakatlari bozorlariga yetkazib 
berilmoqda. 
Mamlakatimizda tashkil etilgan, Navoiy shahri xalqaro aeroportini o’z ichiga 
olgan, dunyodagi yirik yuk tashish kompaniyalaridan biri - “Korean Eyr” 
kompaniyasi boshqaruvida faoliyat ko’rsatayotgan intermodal logistika markazi 
quvvatlaridan keng foydalanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jami 630 ming tonna mahsulotni saqlash 
quvvatiga ega bo’lgan 1300 dan ziyod ombor mavjud. Ularda har yili meva-
sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari saqlanmoqda. Bu esa ichki bozorda narx-
navoni barqaror ushlab turish va kuzgi-qishki mavsumda ushbu mahsulotlarni 
eksport qilishni kafolatli ta’minlash imkonini bermoqda. 
O’zbekiston kompaniyalari Boltiq dengizi bo’yidagi Liyepay portida bir 
kecha-kunduzda 1,5 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo’lgan 
transport-logistika markazini tashkil etilib, ushbu markaz orqali meva-sabzavot 
mahsulotlari Shimoliy va G’arbiy Yevropa mamlakatlariga to’g’ridanto’g’ri 
yetkazib beriladi. 

Yüklə 314,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin