9 Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi omillari va agrosanoat sektorini rivojlantirish. Reja



Yüklə 314,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix24.10.2023
ölçüsü314,86 Kb.
#161037
1   2   3   4   5   6
Lecture - 9

3
 
Halqaro qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida integratsiya 
jarayonlari to'g'risida turlicha nazariyalar va ularning asosiy 
yo'nalishlari. 
 
Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va uning samaradorligini oshirish
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, ularning turini 
kengaytirish va sifatini oshirish xorijiy investisiyalarni jalb etmasdan, xalqaro 
moliya institutlari va bank tuzilmalarining yordami va qo’llab- quvvatlashiga 
tayanmasdan turib erishib bo’lmaydi. 
Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon 
banki, Islom taraqqiyot banki, Global ekologik fond, Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti kabi boshqa ko’plab 
institutlar, shuningdek, xorijiy mamlakatlar hukumatlari agentliklarining shu 
borada ko’rsatayotgan yordami kata bo’lib, ularning ishtirokida yuzdan ortiq 
investisiya va grant loyihalarini amalga oshirish uchun 1,1 milliard dollardan ortiq 
mablag’ jalb etildi. 
Ajratilgan moliyaviy mablag’lar bilan birga,birinchi navbatda, ilg’or 
agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasi, irrigasiya 
va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, marketing va 
jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida 
amaliy yordam va hamkorlik ko’rsatilgan. 
O’zbekiston Respublikasi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi 
tashkiloti o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan va Toshkent shahrida 


ushbu tashkilot vakolatxonasi ochilgan. 
O’zbekiston bilan BMTning qishloq xo’jaligi sohasidagi asosiy moliyaviy 
instituti bo’lmish Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish fondi o’rtasida 
konstruktiv hamkorlik o’rnatilgan bo’lib, bu fondning asosiy vazifalaridan biri 
yuqori samaradorlikka ega bo’lgan qishloq xo’jaligi tizimini shakllantirish 
bo’yicha yondashuvlarni amalga oshirishdan iboratdir. 
O’zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o’rtasida jadal rivojlanib borayotgan, 
qishloq xo’jaligi sohasining o’zida umumiy qiymati 400 million dollardan ziyod 
oltita loyihani amalga oshirilmoqda. 
Hamkorligimizning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri irrigasiya 
tizimlarini modernizasiya qilishga qaratilgan loyihalardir. 
O’tgan yillarda Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 
bilan hamkorlikda Amu-Buxoro mashina kanalini qayta tiklash loyihasini amalga 
oshirildi, uning doirasida 
1,8
milliondan ziyod odam istiqomat qilayotgan 315 ming gektar maydonni suv 
bilan ta’minlaydigan irrigasiya infratuzilmasi rekonstruksiya va modernizasiya 
qilinadi. 
Qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirishda Jahon bankining ishtiroki tobora 
kengayib, umumiy qiymati 380 million dollar bo’lgan 8 ta loyiha amalga oshirildi, 
joriy yilda yana umumiy qiymati 450 million dollarlik ikkita loyihani hayotga 
tatbiq etish rejalashtirilmoqda. 
Janubiy Qoraqalpog’istonda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar hisobidan suv 
resurslarini boshqarishni yaxshilash bo’yicha 260 million dollarlik yirik loyiha 
amalga oshirilmoqda. 
Mazkur loyiha doirasida yaroqsiz holga kelib qolgan 30 ming gektar yerni 
qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Kelgusida bu maydonlarda diversifikasiyalashgan 
va yuqori darajada mexanizasiyalashgan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish 
mo’ljallanmoqda. 
Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakatimizning yettita viloyatida amalga 
oshirilayotgan, bog’dorchilik va sabzavotchilikni kompleks modernizasiya 
qilishga qaratilgan, umumiy qiymati 200 million dollar bo’lgan loyiha katta 
istiqbolga ega bo’lib, uning doirasida urug’chilik, o’simliklar seleksiyasi va 
muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot salohiyatimizni modernizasiya qilish va 
oshirish, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalar yo’nalishida sarmoyalar 
kiritish maqsadida fermer xo’jaliklari va kichik biznes subyektlari uchun kredit 
liniyalarini ochish ko’zda tutilmoqda. 
Mazkur loyihaning istiqbolli va yangiligi BMT qoshidagi Global ekologik 
fondning e’tiborini tortgani, fond tomonidan fermer xo’jaliklarida ilg’or 
texnologiyalarni joriy etish va yangi zamonaviy uskunalarni xarid qilishga 
qaratilgan 13 million dollarlik grant taqdim etildi. 
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Xorazm, Jizzax va Sirdaryo 
viloyatlarining irrigasiya tizimlarini qayta tiklash bo’yicha umumiy qiymati 143 
million dollar bo’lgan ikkita loyiha amalga oshirilmoqda, shuningdek, 
Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilashga qaratilgan 
loyihani tayyorlashga kirishildi. 
Xorijiy 
sheriklar 
bilan 
birgalikda 
tashkil 
etilgan, 
meva-sabzavot 
mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug’ullanadigan 
agrosanoat korxonalari iqtisodiyotimizda tobora katta o’rin egallab bormoqda. 
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi sohasida bugungi kungacha Germaniya, 
Gollandiya, Avstriya, AQSh, Shveysariya, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, 
Ispaniya kabi 50 ta mamlakatdan to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investisiyalar jalb 
etilgan holda, 400 ga yaqin korxona tashkil etildi. Bu korxonalar yangi mahsulot 
yetishtirishdan tortib mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida tayyor 


oziq- ovqat tovarlari ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’nalishlarda faoliyat olib 
bormoqda. 
Ana shu korxonalarda o’ta yuqori haroratda ishlov berish, aseptik usulda 
konservalash, muzlatish va sun’iy quritish usullari to’liq o’zlashtirilgan. 2013 
yilning o’zida bu korxonalar tomonidan qiymati 800 million dollardan ortiq 
bo’lgan mahsulot ishlab chiqarildi, jumladan, 200 million dollardan ziyod 
mahsulot eksport qilindi. 
Yaqin yillarda meva-sabzavot xomashyosini qayta ishlash va unga ishlov 
berish bo’yicha umumiy qiymati 150 million dollarga yaqin bo’lgan 265 ta 
investisiya loyihasini qo’ shimcha ravishda amalga oshirish ko’zda tutilgan. Bu 
sohaga kiritilgan sarmoyalar ko’p xarajatni talab etmasligi, shu bilan birga, 1,5-4 
yil ichida o’zini qoplashi bilan e’tiborlidir.
1

Yüklə 314,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin