Money and banks



Yüklə 163,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü163,26 Kb.
#201773
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
(Money and Banks) week 10 -International Financial Institutions



O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya academiyasi
 
 
"MONEY AND BANKS" COURSE 
Topic - 10: INTERNATIONAL FINANCIAL INSTITUTIONS 
 
«PUL VA BANKLAR» FANI 
Mavzu - 
10: 
XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI

 
Reja:
 
10.1. Xalqaro moliya institutlari. Xalqaro valyuta fondi: maqsadi va vazifalari 
10.2.
 Jahon banki: maqsad va vazifalari 
10.3

Osiyo taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari 
10.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari. 
Islom taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari 
 
 
10.1. 
Xalqaro moliya institutlari. Xalqaro valyuta fondi: maqsadi va vazifalari.
 
1944 yilda AQSHda boʻlib oʻtgan Bretton-Vuds konferensiyasida (rasmiy nomi 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining valyuta-moliya konferensiyasi) dunyo davlatlarining 
tashqi iqtisodiy faoliyatini va yangi xalqaro valyuta tizimi rivojlantirishga qaratilgan bir 
qator qarorlar qabul qilindi. Ushbu konferensiya tomonidan qabul qilingan tarixiy 
ahamiyatga ega qarorlardan biri ikkita xalqaro moliya instituti 
Xalqaro valyuta 
jamg‘armasi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tashkil etilishi bo‘ldi. 
Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) beqaror valyutalarni qo'llab-quvvatlash, jahon valyuta 
tizimi tamoyillariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, mamlakatlar o'rtasidagi 
valyuta hamkorligini ta'minlash maqsadida to'lov balansi taqchilligini qoplash uchun xorijiy 
valyutada kreditlar berish uchun tashkil etilgan. Davlatlararo investitsiya instituti sifatida 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tashkil etildi. 
Xozirda xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol' o‘ynaydi. Ular turli 
mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini 
rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar. 
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) 
bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir. 
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi: 

davlat; 

nodavlat tashkilotlar. 
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari quidagi funksiyalarni 
bajaradi: 

jahon iqtisodiyotining holatini, tendensiya va rivojlanish omillarini tahlil etadi; 

jahon iqtisodiyotini tartibga soladi
, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirish maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalarni 
amalga oshiradi; 

investision faoliyatni amalga oshiradi (xalqaro va ichki milliy loyihalarga 
yo‘naltirilgan kreditlar taqdim etish); 

davlat loyihalarini kreditlash; 

xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish; 

ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish; 

xayriya faoliyatini olib boorish (
Абдурахманова, 2021, bb.325-327). 


O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya academiyasi

Yüklə 163,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin