Resurslarni etkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital,
tabiiy
resurslar,
ishchi
kuchi)
yuqori
narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib
beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq
erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
1
Raqobat
iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul
birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli
tovarni sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy
hodisa bo‘lib, u bozorning
barcha sub’ektlari o‘rtasidagi
murakkab
munosabatlarni
ifodalaydi.
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bu
munosabatlarni
qiymatning
mehnat
va
naflilik nazariyalarini sintez
qilish usulini davom ettirgan
holda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin (9.1-
rasm ).
1
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue Economics p. 400-405
1-savol ► Mustaqil tovar ishlab
chiqaruvchilar (korxonalar)
o‘rtasidagi raqobat
tovarlarni
qulay sharoitda ishlab chiqarish
va yaxshi foyda keltiradigan
narxda sotish, umuman
iqtisodiyotda o‘z mavqeini
mustahkamlash uchun
kurashdan iborat.