9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
o‘rtasida boradi.
Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan 
ta’minlanish 
va 
mehnat 
unumdorligi darajalari turlicha 
bo‘lganligi sababli, ushbu 
korxonalarda 
ishlab 
chiqarilgan 
tovarlarning 
individual (alohida) qiymati 
bir xil bo‘lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat 
tovarlarning 
ijtimoiy 
qiymatini, 
boshqacha 
aytganda, 
bozor 
qiymatini 
aniqlaydi va belgilaydi. Bu 
qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq 
tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos 
keladi. 
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi 
yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan 
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar 
va zarar ko‘radilar. 
Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda 
normasi yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq 
foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif 
ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda 
normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib 
ketishi teskari natijaga olib keladi: bu erda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, 
tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar 
ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat 
ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu 
muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng 
foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi 
tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda 
normasiga «baravarlashtiradi». 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin