sohasida katta ilmiy tadqiqod ishlari olib boradi. U 1077 yilda Evklid kitobidan bir
necha geometrik shakllarni sharhlab ildiz topish yo’llarini ko’rsatib bergan. Ibn Sino
asarlarini ko’p yillar targ’ib qiladi. Ibn Sinoni ustozi deb biladi.
1079 yilda yangi isloh qilingan kalendar taklif qilingan. Bu kalendar Evropada
500 yil keyin qabul qilingan Grigoryan kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Umrining
oxirida faqirlikda umr kechirgan bo’lsada, ilmiy ishlarni davom ettirgan. O’z
atrofiga shogirdlar yig’ib lektsiyalar o’qiydi, bir
guruh olimlarni tarbiyalab
chiqaradi. 1123 yilda Nishopurda vafot etadi. Umar Xayyom o’zining jahonshumul
ilmiy asarlari bilan emas, nodir poetik asarlari bilan olamga mashhur bo’ldi. Uning
ruboiylari deyarli hamma jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan.
Qisqa, ammo vazmin she’rlar kishilarni og’ir kurashlardan iborat bo’lsada,
insonga eng mahbub narsani mana shu real hayotni sevishga, kerak bo’lsa shu g’oya
uchun o’limga tik borishga chorlaydi. U o’zi ko’ngil taskin uchun yozgan
ruboiylarini hech kimga ham o’qib bermagan. Kitoblar hoshiyasida yon daftarida
bitilgan.
U ko’p ruboiylarida insoniy fazilatlarini ulug’laydigan falsafiy fikrlarini ilgari
surgan. Insonlarni do’stlik va inoqlikka chaqirgan mutafakkir:
«Do’stlar, inoqlikni qilingiz bunyod,
Tez-tez diydor ko’rib o’zni aylang shod.
Soqiy toza mayni suzganda, aylang
Men bechorani ham duo birla yod»-degan edi.
Jahon xalqlari uni sevib o’qimoqdalar, yod olmoqdalar.
XII asr O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarqqiyotida katta o’rin egallagan
yangi bir bosqich bo’ldi. Bu bosqichda O’rta Osiyo jahon madaniyati
taraqqiyotining yirik va markaziy o’choqlaridan biri bo’ldi. O’rta
Osiyo olimlari
jahon ilm-fanini o’z kashfiyotlari va o’lmas ilmiy asarlari bilan boyitdilar, uning bir
necha asrlik taraqqiyotiga samarali ta’sir etdilar. Shu bilan birga, O’rta osiyo xalqlari
madaniy hayotning arxitektura, tasviriy san’at, naqqoshlik, o’ymakorlik kabi boshqa
sohalarida ham benihoya katta yutuqlarga erishdilar. Boshqa xalqlar bilan iqtisodiy
madaniy aloqalarning kengayishi fanning turli tarmoqlarini taraqqiyotiga asos
bo’ldi. Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Bog’dod, Shom va boshqa shaharlardir. Sharq
olimlari hamkorligining markaziga aylandi. XII asr Sa’diydan boshlangan ta’limiy,
tarbiyaviy masalalarni badiyotda aks ettirish an’anasi ko’zga tashlanadi. Yu.X.
Hojib, A. Yugnakiy, A. Yassaviy, S. Boqurg’oniy asarlarida pedagogik nazariyani,
ta’lim-tarbiyani mohiyati, qonunlarining yoritilishini ko’rsatish mumkin.
Ammo, feodal iste’dodining keyingi bosiqichlarida ilm-fanning rivojlanishiga
to’siqlar paydo bo’ldiki, bu olimlarning ijod qilishiga to’sqinlik qildi. Ulug’
olimlarning ko’p noyob asarlari yo’qotib yuborildi, ularni maktab va madrasalarda
o’qitish qat’iyan man qilindi. X asr shoiri Shahid Balxiy o’z
davri olimlarining
ahvoli haqida bunday degan edi:
Dostları ilə paylaş: