9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 187,49 Kb.
səhifə1/14
tarix25.12.2023
ölçüsü187,49 Kb.
#195893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlani-fayllar.org


9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja




9-mavzu: 
Sharq 
Uyg’onish 
davrida 
pedagogik 
fikrlarning 
rivojlanishi.Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. 
Reja: 
1.Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat.
2.Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik
qarashlari.
3.Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Abu Rayxon Beruniy,
Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari
4.Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo
etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
5.Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.
Ulug’bek davrida maktab islohoti. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik
fikrlari
6. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va in-sonparvarlik masalalari

Asosiy tushunchalar: Allomalar,didaktik asar,pedagogik g’oya,pedagogik
fikr,maktab islohoti
1-masala. Al-Xorazmiy (783-850) ning didaktik qarashlari 
Markaziy Osiyoda uygonish davrida ilm-ma‘rifatga rag’bat kuchaydi. Bu
davrda diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlar ham keng miqyosda rivojlandi.
Xorazmda Xivada Donishmandlar uyi,Yaqin Sharkda Bag’dodda Ma‘mun
akademiyasi tashkil etilgan. Ana shu ilk akademiyalarda Markaziy Osiyolik
qomusiy olimlar-Beruniy. Ibn Sino.Al-Xorazmiy va boshqalar faoliyat
ko’rsatganlar.Yevropada
ham
uyg’onish
davrida
ilm-ma‘rifat
rivojlandi
.Jumladan..Afinada ilk Akademiya tashkil etilgan. Akademiya -Afina yaqinidagi
joyning nomi bo’lib, yunonlarning afsonaviy qahramoni Akadem ismi bilan atalgan.
Akademiya-ayrim ilmiy o’quv badiiy va boshqa muassasa hamda jamiyatlar nomi.
Bu nom tarixi miloddan avval IV asrda qadimgi Yunonistonda Platonning idealistik
falsafa maktabiga asos solinishidan boshlanadi. (Platon akademiyasi) Sharq
mamlakatlarida akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar VIII-IX asrlarda tarkib
topa boshlagan. Masalan: arab halifaligida Xorun ar-Rashid hukmronligi davri (786-
809) da «Baytul hikma» (Hikmat xonasi) ga asos solinib, halifa Ma’mun
hukmronligi davri (813-833) da «Baytul hikma» ning faoliyati rivoj topdi; uning
astronomiya observatoriyasi va katta kutubxonasi bor edi. O’rta Osiyolik buyuk
matematik Muso al-Xorazmiy va astronom Muhammad al-Farg’oniy, Beruniy, Ibn
Sino,Abu Nasr ibn A’roq,Qamariy,al Qosiylar ijod qilgan.Bu olimlarning
ko’pchiligi tibbiyot, riyozat, falakkiyot, fizika, kimyo va hikmat fanlarini
rivojlantirgan-lar va yangi bosqichga ko’targanlar. Ma’mun Urganchda bir qancha
yirik binolar qurdirgan.1017 yilda M. G’aznaviyning Xorazmga qilgan yurishi
natijasida bir qancha olimlar bu erda majburiy ravishda G’aznaga olib ketilgan,
shahar inqirozga yuz tutgan.
Abu Abdullo Muhammad ibn Muso аl-Xorazmiy.



Al-Xorazmiy 780 yil Xevada tug’ilgan. 850 yil Bog’dodda vafot etgan. O’rta


Osiyolik mashhur matematik, astronomdir. U yoshligidan ilm-fanga qiziqqan.
Xorazmiy o’sha davrda katta ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bog’dodga
taklif qilingan. U avval 813-833 halifa al-Ma’mun, so’ngra 833-842 al-Mutasil va
842-847 al-Vasiq Saroylarida xizmat qilgan. U sharqning dastlabki akademiyasi
«Bayt ul Hikmat» (Donolar uyi) da ishtirok qilgan va uning rahbarligida arablar va
boshqa xalqlar vakillari bilan bir qatorda Ahmad Farg’oniy, ahmad ibn Abdulloh
Marvaziy kabi O’rta Osiyolik olimlar ilmiy ish olib borganlar.
Xorazmiy diniy idealistik dunyoqarash hukmronligiga qaramay, o’zining tabiiy-
ilmiy faoliyati bilan ilg’or ijtimoiy falsafiy tafakkuriga yo’l ochdi.
Xorazmiy matematikada abstraktsiya tushunchasini kengaytirdi. Induktsiya
yo’li bilan umumiy echim usullarini hal qildi va deduktsiya yo’li bilan umumiy
usullar yordamida turishxususiy masalalarni echdi. Uning fan sohasidagi yutuqlari
o’rta asrlarda hukmronlik qilgan, din va sixalastik falsafaga zarba berdi.
Xorazmiy o’zining «Al-jabr val muqobalo» asarida olimlarni ularning ishlari
xarakteri bo’yicha 3 (uch) guruhga bo’ladi:
1. «Ulardan birlari o’zlaricha qilinmagan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga
qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar»;
2. «O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan
qiyinchiliklarni engillashtiradilar, quluflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa
tushunishniosonlashtiradilar»;
3. «... yoki bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi uzilganlarni o’laydi».
Shu klassifikatsiya bo’yicha Xorazmiyning o’zini «algebra» ning muallifi
sifatida birinchi guruhga «arifmetika» si bilan ikkinchi guruhga kiritish mumkin.
Xorazmiy nomini tarixda qoldirgan asarlardan biri-«Al-jabr val muqobala» dir.
Asar nazariy va amaliy qismdan iborat.
Ikkinchi qismdan turli xo’jalik-turmush, savdo va yuridik masalalarga algebra
metodlarini joriy qilish ko’riladi, yangi algebraik usul bayon qilinadi.
U o’sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni
jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi.
Xorazmiy bu tenglamalarni echish uchun «al jabr» va «al-muqobala» («tiklash»
va «qiyoslash») amallarini kiritdi. «Al-jabr» keyinchalik algebra deb ataladigan
bo’ldi.
Xorazmiy algebraning geometriya bo’limida figuralarni o’lchash qoidalari
jamlangan va algebraning uchburchak masalalariga tadbiq qilinishi ko’rsatilgan.
Ba’zi qoidalarga ta’rif va isbotlar keltirilgan. U uchburchak, to’rtburchak, doira,
ko’pburchak, peramida, konus va boshqa figuralarni ko’rib chiqadi. U uchburchakni
to’g’ri burchakli, o’tkir burchakli va o’tmas burchakli xillariga bo’ladi.
Xorazmiyning ikkinchi matematika kitobi-«Hind arifmetikasi haqida kitob»
(«Hisob al-hind») bo’lib, fan tarixida muhim rol o’ynaydi. Asar o’nlik sistema
raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag’ishlangan.
U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida
bayon etildi.
Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, ko’paytirish va
bo’lish qoidalarini yaratgan. Shuningdek u turli «jins» dagi sonlarni ko’paytirish



algoritmini ham bergan. Masalan: minut, sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun,


avvalo ularni bir xil shaklga, ya’ni sekundga yoki minutga aylantirib olish
kerakligini ko’rsatgan.
Xorazmiy matematikani nazariy rivojlantirish bilan birga, undan turmush
masalalarini echishda foydalangan. Masalan: meros grajdanlar huquqi, mol-mulk
taqsimoti kabilar murakkab tarzda yoritilgan.
Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» («Erning surati») nomli geografik risolasi
diqqatga sazovordir. Bu asar 1878 yilda Qohirada topildi. U bu asarini yaratishda
Ptolemeyning «Geografiyadan qo’llanma» asariga asoslangan. Asarda 637 ta muhim
joylar 209 ta tog’ning geografik tafsiloti berilgan, daryolar, dengizlar va okeanlar
havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim kordinatalari bilan bayon
qilingan.
Xorazmiy astranomiya sohasida ham ancha ish qildi. Bog’dod rasadxonasida
o’tkazgan kuzatishlari asosida va hindlarning astranomiya jadvallarini har
tomonlama tanqidiy tahlil qilib, yangi «Astranomik jadvallar» tuzdi. Bu asar XII
asrda arab tilidan lotin tiliga tarjima qilinib, bir necha asr undan foydalanilgan.
Xorazmiy rahbarligida 827 yilda er kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida
er meredianining bir gradusini o’lchab chiqildi. Buning uchun Myasopotamiyada
shimoliy kenglikning 350 va 360 lari orasidagi chiziqli masofa bevosita o’lchov
tizimchasi bilan meridian yo’nalishida aniqlanib, burchak o’lchash esa
yulduzlarning meridian balandliklarini kuzatish asosida bajarilgan edi.
Meridian gradusi uzunligi 50 2/3 arab milyasiga, ya’ni o’rta hisobda 112 km ga
teng qilib olingan.
Xorazmiyning «Usturlob haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola»,
«Tarix risolasi», «Muzika risolasi» kabi asarlari yozilgan lekin ular bizgacha etib
kelmagan. Xorazmiy asarlarini tadqiq qilganlar frantsuz olimi P. Tanier, italiya olimi
Adelard, A.A. Markov, nemis sharqshunosi Yu. Rushka, S. Gandts, Qori Niyoziy,
Matvievskaya, Rozenfeld, Qobulov, Fayzullaev va boshqalardir.
O’rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O’rta sharqning mashhur
mutafakkirlari bo’lgan Abu Nasr Fоrobiy IX-X asrlarda iqtisodiy va siyosiy
ziddiyatlar ko’chaygan, feodal to’qnashuvlar avj olgan. Turli ijtimoiy tabaqalar
o’rtasidagi kurashlar keskinlashgan, davrda yashadi va ijod etdi.
Abu Nasr Fоrobiy yashab ijod etgan davrda O’rta Osiyo arab xalifaligiga
bo’ysundirilgan edi. Bu davrda hindchadan, forschadan va grekchadan turli ilmiy va
falsafiy, badiiy asarlar arabchaga tarjima qilindi. Galen, Gippokrat, Ptolomey,
Evklid, Aristotel kabi qadimgi grek olimlarining asarlari tarjima qilindi.
O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida halifalikka bo’ysundirilgan xalqlarning
boy madaniyati ta’sirida tabiatshunoslik ilmlarining yutug’i va ig’or grek falsafasi
ta’limoti ta’sirida original va progressiv ijtimoiy-falsafiy oqim vujudga keldi.
Abu Nasr Fо,robiy o’z davridagi barcha ilmlarni ilg’or madaniy yutuqlarni
o’zlashtirib, ular asosida orginal ijtimoiy-siyosiy va falsafiy sistemasini olg’a
surgan, ta’lim-tarbiya sohasida ham ko’p ilg’or fikrlarni aytib o’tgan, zamonasining
mashhur faylasufi, etuk olimi edi.
Fоrobiyning ilmiy biografiyasi yaratilmagan, uning xayot yo’li haqida biror
maxsus asar yo’q.



Fоrobiyning to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn O’zlik bo’lib, u


260 hijriyda, ya’ni 873-874 melodiy yilda hozirgi Toshkentning g’arbiy-shimolida,
Ares suvining Sirdaryoga qo’yiladigan erda Farob (so’ngroq O’tror) degan joyda
tug’ilgan.
Abu Nasr boshlang’ich ma’lumotini o’z yurtida oladi, so’ng o’qishini davom
ettirish uchun markaziy shaharlarga jo’naydi. U Samarqandda, Buxoro, Marv, Rey
shaharlaridan o’tib, Bog’dodga boradi.
Bu davrda arab halifaligining markazi Damashqdan yangi qurilgan Bog’dod
shahriga ko’chirilgan va Sharqning madaniyati va markazlaridan biriga aylangan
edi.
Fоrobiy bilim olish maqsadida diniy tafofud va e’tiqodga e’tibor bermay, arab,
fors, grek,xristian olimlaridan ta’lim oladi. Farobiy muallimlari va ustozlaridan
ayrimlarining nomi manbalarda saqlanib qolgan. U meditsina va mantiq ilmini
Xirron shahriga borib, xristian vrachi Yuxanna ibn Xaylan Kunnoidan, hikmat va
grek ilmini xristian Abu Bashar Maytodan o’rganadi. U ayniqsa, nazariy ilmlar
mantiq, matematika, nazariy meditsina va falsafaning umumiy masalalari bilan
qiziqdi.
Fоrobiy ayniqsa grek falsafasini, xususan, Aristotelning asarlarini izchil va
chuqur o’rganib chiqadi. Bog’dodda u arab tilini va boshqa tillarni o’rgandi.
X asrga kelib arab halifaligining markazi Bog’dod juda notinch bo’lib qoldi.
Qo’zg’olonlar feodal urushlari avj oldi. Farobiy Bog’doddan Damashqqa bordi.
Manbalarda umumiy Xalab va Misr shaharlariga borganligini ham hikoya qilinadi.
Ba’zi manbalarda Farobiyning O’rta Osiyoga kelib ketganligi ham qayd etiladi.
Umrining so’nggi yillarida Damashqda Said-ud-Davla saroyida zamonasining
elkparvar shoiri va mutafakkiri Mutannabiy bilan birga o’tkazdi va 339 hijriyda
ya’ni 950 melodiy yilda vafot etdi. Manbalarda uning Damashqda ko’milganligi
ko’rsatiladi.
Fоrobiy asarlarining umumiy soni 100 bilan 120 nom atrofida faraz qilinar edi.
1950 yilda Farobiy vafotining 1000 yilligi munosabati bilan Farobiy haqida
Turkiyada chiqqan maqolalarda birining avtori Ahmad Otash Farobiyning 152 ta
asari bo’lganligini nomma-nom sanab o’tadi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumot va fikrlar har doim ma’lum metodologiyaga,
dunyoqarash sistemasiga falsafaga asoslanadi. Bu nazariy asoslari bilan olam
haqidagi falsafiy ta’limot hamda va insonning ruhiy hayoti haqidagi ta’limotdan
iboratdir.
Fоrobiyning ruhiy protsesslari haqidagi ta’limoti, ya’ni psixologiya ilmining
rivojlanishiga qo’shgan hissalari uning falsafiy ta’limoti bilan uzviy bog’langan.
Fоrobiy ta’limoticha to’rt element-olov, tuproq, suv, havo ya’ni sodda
substantsiyalarning o’zaro aralashuvi, qo’shiluvi protsessida murakkab
substantsiyalar vujudga keladi.
Fоrobiy o’simlik, hayvon va insonga oid bo’lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir
butun holda quvvat deb atab, uni o’sish quvvati, hayvoniy quvvat va insoniy quvvat
deb 3 ga ajratadi. Hozirgi ilmiy termenologiya bo’yicha, Farobiyning quvvatlari
haqidagi klassifikatsiyasini organizmdagi protsesslarni biologik, fiziologik-psixik
va fikrlash protsesslariga ajratish deb tushinmoq lozim. Biologik protsess barcha



tirik organizmga fiziologik-psixik protsess hayvonlarga aqliy intelektual protsess,


ong faqat insonlargagina xosdir. Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi
fikrlari, «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar
va ularga javoblar», «Jism va agtsidentsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi»,
«Shaharlardan», «Hikmat ma’nolari», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi qator
asarlarida bayon etilgandir.
«Hikmat asoslari» (Fusus al-Hikam) risolasining boshqa bir joyida Farobiy
inson ruhiy quvvatlarini avvalo tashqi va ichkiga ajratadi va sezish organlari bilan
bog’liq bo’lganlarini tashqi ruhiy quvvatlar deb ta’riflaydi va unga hissiyot
(mashoir) deb nom beradi.
Kelib chiqishi va murakkabligi jihatidan bu besh turli tashqi quvvatni Farobiy
quyidagicha talqin etadi: 1. Teri-badan sezgisi, 2. Ta’m bilish sezgisi, 3. Hid bilish 



Yüklə 187,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin