Kichik maktab yoshi davrida o’quv faoliyati va o’quv
motivlarining shakllanish jarayonlari
Saodat Sadriddinovna Muxamadova
Kogon shahridagi 2-maktab
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining
taraqqiyoti, o’quv faoliyati davomida bolaning bilish jarayonlarining namoyon
bo’luvchi xususiyatlari, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida
psixologik qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, kichik maktab yoshi davrining
psixologik o’zgarishlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Maktab, o’quvchi, diqqat, idrok, taraqqiyot, xulq, axloqiy
normalar, xarakter.
The process of formation of educational activities and
educational motivations in junior school age
Saadat Sadriddinovna Mukhamadova
Kogon city, School №2
Abstract:
This article focuses on the development of the child's growth, the
development of his psyche and consciousness, the manifested features of the child's
cognitive processes during educational activities, the occurrence of psychological
difficulties in the development of intelligence qualities and thought-provoking
processes, the psychological changes of the junior school age.
Keywords:
School, pupil, attention, perception, development, behavior, moral
norms, character.
Bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida
voyaga yetishi muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4
sinf o’quvchilarining yosh oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida
muayyan o’zgarishlar sodir bo’lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab
ostonasiga qadam qo’yishi bilan unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela
boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam
qo’yishi unda o’quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun
qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish talab etiladi. O’quv faoliyati bolaning bilish
jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va fikr yuritish
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
933
jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo bo’lishiga sabab
bo’ladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qat’iy ravishda
maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va
hisoblash malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va
tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda
bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari
kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy
rivojlanishi yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi
va nihoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish, o’qishga nisbatan ma’suliyatli munosabat hissi
tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlari va
ularning faoliyatida bir qator o’zgarishlarni kuzatish mumkin: Jumladan, bola
idrokining o’tkirligi, sofligi bilan farq qiladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar
diqqatining asosiy xususiyati sifatida esa uning ixtiyoriy zaifligini keltirish mumkin.
Shuningdek, aynan shu yoshda diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish
imkoniyati cheklangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira
jarayoni haqida so’z yuritadigan bo’lsak, bu davrda so’z mantiq xotirasining va
ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli va uning salmog’i kuchayadi, tartibga
solish imkoniyatlariga bo’ladi. Birinchi signal sistemasi faoliyatining nisbatan
ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb
atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret
ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib
qoladilar va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.
X
ayol bilish faoliyatida esa
o’quvchining xayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi.
SHuning bilan bir qatorda bevosita taassurotlar (muzeylarga sayohat, kartinalarni
ko’rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham
xayolni rivojlantiradi.
Axloqiy normalar va xatti-harakatlar qoidalarini o’zlashtirish jarayoniga kichik
maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar
va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa
boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-
sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning
oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada
boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi. 1
va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy mulohazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va
o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalari va tushuntirishlariga
asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy mulohazalarida o’z xatti-harakatlari
tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
934
tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridan-
to’g’ri kattalarni, jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalarini kutib o’tirmay, ijobiy
axloqiy ishlarning qanchasini o’z tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.
Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’ladigan xarakter xususiyatlarini,
xatti-harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga
oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik
maktab yoshidagi bolalar xarakteri, xatti-harakatlari o’zining beqarorligi va qarama-
qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. SHu munosabat bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi
psixik holatlarni xato ravishda xislatiga qo’shib yuborish mumkin.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga bo’lgan
qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan
tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi.
Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan
ajratib olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa
sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib
olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima?»
degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan»,
«qanday qilib?» degan savollar tashkil bo’lib qoladi. O’qish malakasining rivojlanishi
bilan kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o’qishga,
bundan ham so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi
kitoblarni o’qishga qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon
texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan
qiziqish tez tarkib topadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati
kattadir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda
ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy
manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat qilishga bo’lgan xudbinni ham
tarbiyalaydi. Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun foydali bo’lgan
narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni
tarbiyalashga xususan zo’r e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi
o’quvchilarni sekin-asta ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan
ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab
yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi,
balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari
boshqa faoliyatlar-o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga
erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
935
O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga
erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega
bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun
ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdangi bolalar doimiy
ravishda o’zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan
solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan
ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi
xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini
belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish
davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil
bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda
muhimdir. SHuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda
bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish
jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his
qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil
bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol o’ynashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |