Bola terisining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Shikastlanish semiotikasi



Yüklə 22,11 Kb.
tarix08.04.2023
ölçüsü22,11 Kb.
#94943
BOLA TERISINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI



BOLA TERISINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.
SHIKASTLANISH SEMIOTIKASI

Bola terisi tuzilishi va funksional jihatdan katta odamlar terisidan ko’p


jixatlari bilan farq qiladi. Teri homila ichi davrining 5-xaftasidan rivojlanadi va
bola yoshining indikatori bo'lib hisoblanadi. Oyog kaftidagi teri egatlari 32-34
haftada paydo bo'ladi va yuqori kaftda ko'ndalang rivojlanadi. Xomiladorlikning
37-haftasida egatlar oyog kaftining 2/3 qismini egallaydi. 40-haftada egatlar butun
tovon boylab tarqaladi. Bolalar terisi katta odamlar singari epidermis va derma
qavatlaridan iborat. Epidermis juda nozik, yupqa, 2-3 qavat dag'al xujayradan
iborat. Epidermis doimiy ko'chib turuvchi epiteliy qavatdan va faol osuvchi asosiy
qavatdan iborat. Derma, xususiy teri qavati bo'lib, so'rg'ichsimon va retikulyar
qavatdan iborat. Bunda biriktiruvchi to'qima asosi va mushak qavati sust
rivojlangan. Epidermis va derma orasida joylashgan va kattalarda ular o’rtasida
o'zaro bog'liqlikni ta'minlovchi bazal membrana, bolalarda siyrak bo'lib, o'zida
biriktiruvchi va elastik to'qima saqlamaydi. Shuning uchun yangi tug'ilgan
chaqaloqlarda epidermis dermadan osonlikcha ko'chadi. Chaqaloqlar terisining
o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu ko’p miqdordagi kapillyalardan iborat qon
tomirlar hisoblanadi, u teriga dastlab yorqin, song och-pushti rang beradi. Yog
bezlari homila ichi davrida o'z funksiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida
teri yuzasiga ko'p miqdorda yog' ajratadi. Tuhilgandan so'ng bola tanasi
tvorogsimon qoplam bilan qoplanadi. Teri bezlari rivojlangan bo´ladi, lekin
soqlom bolalarda ter ajralishi 3-4 oyligidan boshlanadi, bu termoregulyasiya
markazining yetilmaganligi bilan bog'liq. Bola hayotining birinchi 2 oyligida ko'p
ter ajralishining kuchayishi organizm ichki muhiti buzilishining muhim belgisi
hisoblanadi. homiladorlik davrining 20-haftasidan boshlab teri mayin tukchalar
bilan qoplanadi. Ular butun tanani o'rab olishadi. Homiladorlikning 33-haftasiga
kelib, bu tukchalar asta-sekin yuzdan, keyin tana va oyog qo'llardan keta
boshlaydi. 40-haftasiga kelib faqat kuraklarida qoladi. Tuqilishi bilan butunlay
yogolib ketadi. Ko'krak sorg'ichlari va oreolalar 34-haftasiga kelib teridan
kotarilib chiqadi. 36-xaftasiga kelib bez to'qimalari tugunchasi 1-2 mmga, 4-
xaftasiga kelib esa 7-10 mmgacha yetadi. Bez to'qima bola hayotining 3-haftasiga
kelib bemalol palpatsiya qilinadi. Chaqaloqlar boshidagi sochlarning o'zagi
bolmaydi va bir yoshga kelib ular o'zgaradi. Bola hayo'tining birinchi yilida shox
qavat va terining asosi -biriktiruvchi to'qima rivojlanadi. Kapillyarlar ko'p
vaqtgacha kengayganligicha qoladi va teriga nozik pushti rang berib turadi. Boshqa
bolalik davrlarini oladigan bolsak, jinsiy yetilish davrida og'il bolalarning yuzida,
qo'ltiq osti, qovuq usti sohalarida tukchalar rivojlanadi, terining ta'sirlanishi ortadi.
Teri bezlari faoliyati kuchayadi va keyinchalik ularning yallig'lanishi va yiringlash
holatlari kuzatiladi. Teri osti klechatkasi homila ichi rivojlanishining 5-oyidan
boshlab shakllanadi, lekin 8-9 oylarda maksimal rivojlanadi. Erta yoshdagi
bolalarda tana masssasining 12%ini, kattalarda 8%ini tashkil etadi. Ko'krak
yoshidagi bolalarda yog' kislotalarining tarkibi ko'krak suti tarkibiga yaqin bo´ladi.
U qattiq palmitin va stearin kislota va kam miqdorda olein kislotani saqlaydi. Bu
esa ona sutidagi yoglarni bevosita o'zlashtirish imkonini beradi. Bola hayotining
birinchi yilida mahalliy qattiqlashish xamda teri va teri osti yog' qavati shishiga
moyillik bo´ladi. Bolada to'qimalarning zichligi ancha yuqori bo´ladi. Bolalarda
oziga xoslik bolib, yog' to'qimasining ko'krak qafasida, ko'ks oralig'ida, yirik
tomirlar atrofida va ichki organlarda joylashganligi hisoblanadi. U chaqaloqlarda
issiqlik ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta'minlaydi.O'sishda teri osti yog'
qavatining yo'g'olishi o'ziga xos tartibda kechadi: oldin qorin va ko'krakda, keyin
tana oxirlarida va yuzda.
Teri funksiyalari turlicha bo'lib, lekin ulardan asosiysi dag'al mexanik,
kimyoviy ta'sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funksiya juda yupqa
bolgan epidermis va boy qon bilan ta'minlash hisobiga yetarli bo'lmaydi.
Boshqa funksiyalar yetarlicha yaxshi namoyon bo'ladi:
1. Nafas olishda ishtirok etish
2. Ayirish
3. Vitamin D hosil qilish
4. Sezish
5. Haroratni sezish
6. Yuzaki og'riqni sezish
Bolalarda terini o'ziga xos fiziologik xususiyatlari yangi tug'ilgan chaqaloqlar va
yoshidagi bolalar terisining o'ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi:
1. Chaqaloqlarning fiziologik giperemiyasi yoki eritemasi.
2. Fiziologik qipiqlanish - muguzlangan xujayralarning ko'chishi. 50
3. Mayda sariq rangdagi tugunchalar (milia) - bular chaqaloqlarning yuz terisida
uchraydi.
4. Chaqaloqlarda teri infitsirlanganda pufakcha yuzaga kelishi mumkin. Bu
epidermis bilan dermani yetarli bo'lmagan bog’liqligidan yuzaga keladi.
5. Chaqaloqlar va ko'krak yoshidagi bolalarda yozning issiq oylarida isib ketganida
ko'plab polimorf xarakterdagi, to'q pushti rangli, kattaligi tonog'ich boshi
kattaligidagi element bilan qoplanadi.
6. Gigienaga rioya hilmaslik natijasida bo'yin, chov sohasi, quloq orqasida
bicqilish yuzaga keladi.
Termoregulyasion va ayirish funksiyasi rivojlanishi, asab markazlari rivojlanishi
bilan birga boradi. Kattalarda nafas funksiyasi juda bilinmaydi, o'pkaga nisbatan
teri 100 marta kam nurlanadi. Ko'krak yoshidagi bolalarda terining nafas olish
funksiyasi kattalarga qaraganda, katta axamiyatga ega, shox qavati yupqaligi va
uning qon bilan ta'minlanishi yuqoriligi hisobiga. Ultrafialet nurlanish ta'sirida teri
pigmenti vit D3 hosil bo'lishida faol qatnashadi. Sezish harorat, yuzaki og´riq
sezgisi, eksteroreseptorlar keng maydonini ta'minlaydi. Terining haddan tashqari
qo'zgalishi bolani bezovtalanishiga sabab bo´ladi, uyqu buzilishi, asab-trofik
funksiyasi buzilishi va distrofiya rivojlanishiga olib keladi.
Teri va teri osti yog qavatining shikastlanish semiotikasi
Bola terisining palpasiyasi yuzaki bolishi kerak, bolaga ozor bermaslik
uchun asosan yallig'lanish infiltratlari o'rnida uni extiyotkorlik bilan o'tkazish
lozim. Shifokorning qo'li toza, issiq va quruq bo'lishi kerak. Palpatsiya vaqtida
bolaning mimikasini kuzatib turish, tekshirish vaqtida uning diqqatini gap bilan
chalg'itish zarur.
Terining elastikligi va qalinligini aniqlash uchun, terini ko'rsatgich va bosh
barmoqlar bilan uncha katta bo'lmagan burmalar xolatida ushlanadi (teri osti yog'
qatlamisiz), keyin barmoqlarni qo'yib yuboriladi. Agar teri burmalari barmoqlarni
olgandan so'ng darrov tarqalsa teri elastikligi normal hisoblanadi. Agar teri
burmalarining tarqalishi sekin asta yuz bersa, teri elastikligi pasaygan hisoblanadi.
qaerda teri osti yog' qavati kam bo'lsa, o'sha yerda terini ushlash lozim: qo'lning
ustki yuzasi; ko'krak qafasining oldingi yuzasi, qovurg'alar ustida, tirsakning
egilgan joyida.
Teri osti yog' qavatini baholash uchun chuqur palpasiya talab etiladi (terini
tekshirishga qaraganda): o'ng qo'l bosh va ko'rsatgich barmoqlari bilan teri va teri
osti yog' qavati ushlab olinadi.
Teri osti yog' qavatining qalinligiga qarab, normal, ko'p va yog' to'planishi
yetarli emas deb aytiladi. Teri osti yog' qavatining tekis yo’ki notekis
tarqalganligiga e'tibor beriladi. Teri osti yog' qavati qalinligini quyidagi ketma-
ketlikda aniqlanadi:
 avval qorinda - kindik tengligida va undan tashqarida
 to'sh suyagida - o'ng qirrasida
 orqada - kurak ostida
 oyog- qo'llarida - son va yelka ichki orqa yuzasida.

Teri osti yog' qavati ob'ektiv ravishda qalinligi kaliper yo’rdamida triseps,


biseps, kurak osti, teri burmalari qalinligi yig'indisi hisobga olingan holda
aniqlanadi.
Yumshoq to'qimalar turgori o'ng qo'l bosh va ko'rsatgich barmoqlari bilan son va
yelka ichki yuzasidagi teri va hamma yumshoq to'qimalarni bosib ko’rish
orqali aniqlanadi. Bunda qarshilik yo’ki taranglik seziladi va u toqimalar turgori
deb ataladi. Sog'lom bolalarda to'qimalar turgori qoniqarli bo´ladi. Agar kichik
yoshdagi bolalarda to'qima turgori pasaygan bo'lsa, bosilganda lanj va kuchsizlik
aniqlanadi.
Terida organizmda kechadigan ko’pgina patologik jarayonlar aks etadi. Ko’p
kasalliklarda teri xarakterli tusga ega bo´ladi: gemolitik anemiyalarda sariq; gipo
va aplastik anemiyalarda mumsimon; septik endokarditda sutli kofe rangida;
yiringli - septik kasalliklarda va toksikozlarda yer rangi yoki kulrang; xlorozda
ko'kimtir. Patologik giperemiya - bezgak, eritrositoz bilan kechadigan kasalliklarda
vujudga keladi.Teri va sklera, til pastki yuzasi va yumshoq tanglay sariqligi virusli
gepatitda yuzaga keladi. Terining sianozi, kokimtir rangda bo'lishi- qonda
oksigemoglobin miqdori 9%dan kamaysa paydo bo´ladi. Total sianoz - tananing
hamma yuzasini egallaydi, regional - og'iz oldida (og'iz atrofi, og'iz - burun atrofi
uchburchagi), tananing distal qismi sianozi (burun uchi, quloq yumshoq joyi, lab,
til uchi, oyog - qo'l kaft va barmoqlar) - akrosianoz deb ataladi. Bolalarda ba'zan
terining kumush rangi uchraydi, bu surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligida
kuzatiladi. Ko'rik vaqtida teri qoplamlarida venoz to'r rivojlanishiga e'tibor berish
kerak. Bu venoz to'r "meduza boshi" korinishida bo'lib, darvoza venasi tizimi
dimlanishida paydo bo´ladi. Ba'zida teri tomirlari tomirlar yulduzchasini hosil
qiladi. Tomir yulduzchalari jigar surunkali kasalliklarida "jigar kafti", "tovoni"
bilan birgalikda uchraydi. Terining morfologik elementlari terida kechadigan
patologik jarayonning tashqi korinishi hisoblanadi.
Dog' - chegaralangan sohalarda terining rangi o'zgarishi bo'lib, teridan chiqib
turadi, zichligi bo'yicha sog'lom teri sohasidan farq qilmaydi. Oq - pushti yoki qizil
rangdagi dog'cha nuqtadan, 5 mmgacha o'lchamda bo´ladi va rozeola deyiladi. 1-2
mm o'lchamdagi ko’pgina rozeolalar mayda nuqtali toshma hosil qiladi. 5 mm dan
10 mmgacha dog'lar mayda doqli toshma, 10 dan 20 mmgacha o'lchamdagi esa
yirik dog'li toshma, terining giperemiyalangan katta qismlari eritema deyiladi.
Yallig'lanishsiz dog'larga, qon talashlar natijasida hosil bo'lgan doglar kiradi:
petexiya - nuqtali qon talashlar, purpura - 5mm va undan katta olchamli ko’pgina
gemorragiyalar. Bu guruhga yana tomirlarni noto'g'ri rivojlanishi natijasida hosil
bo'lgan teleangiektaziya, tug'ma tomirli dog'lar kiradi, shuningdek
giperpigmentlangan (jigar dog'lari), nevuslar va depigmentasiyalidoqlar, terida
melanin toplanishining buzilishi tufayli paydo bo'lgan - vitiligo kiradi.
Yallig'lanishsiz dog'lar terini bosganda yogolmaydi, yalli?lanishli esa
aksincha bosganda yo'qoladi.
Papula - chegaralangan, teri satxidan biroz ko'tarilib turuvchi yassi yoki
gumbazsimon yuzali hosila. Katta o'lchamli papula pilak deb nomlanadi.
Bo'rtiq - chegaralangan, zich, bo'shliqsiz element. Teri sathidan ko'tarilib turuvchi
va diametri 5-10 mmgacha boruvchi, ozidan keyin chandiq va yara qoldiradi. Tugun - zich, teri sathidan kotarilib turuvchi yoki uning qalin qismida joylashuvchi
hosila, o'lchami 10 mm va undan yuqori bo'lishi mumkin. Yirik ko'k qizil,
paypaslanganda og'riqli tugunlar - tugunli eritema deb nomlanadi. Yallig'lanishsiz
tugunlar terini hosilasida uchraydi.
Qavariq - o'tkir yallig'lanishli element, terini so'rg'ichli qavatini chegaralangan
shishi hisobiga yuzaga keladi. Teri sathidan ko'tarilib turadi, dumaloq shaklga ega.
O'lchami 20 mm va undan yuqori, tez yo’qoladii, o'zidan keyin iz qoldirmaydi.
Pufakcha - yuzaki, teri sathidan bir oz ko'tarilib turadi. Boshlig'i seroz yo’ki qonli
suyuqlik bilan to'lib turadi. O'lchami 1-5 mm. Evolyusiyada qurishi mumkin.
Bunda tiniq yo’ki xira postloq hosil qiladi. Ochilganda namlanuvchi
chegaralangan eroziya hosil bo´ladi. Pufakchada leykositlar to'planganda u yiringli
pustulaga aylanadi.
Pufak - pufakchaga o'xshash element, lekin o'lchami jixatdan katta (3-15 mm).
Seroz, qonli, yiringli suyuqlik bilan to'lgan. Kochib po'stloq hosil qilishi mumkin.
O'zidan keyin turg'unsiz pigmentasiya qoldiradi.qipiq - epidermisni muguz
plastinkalarining yig'ilishi natijasida yuzaga keladi, 1-5 mm, mayda bo'lishi
mumkin.
Qatqaloq - pufakdagi ekssudatning qurishi natijasida yuzaga keladi. Qatqaloq
seroz, yiringli, qonli bo'lishi mumkin. Bolalar yonog'idagi ekssudativ kataral
diatezdagi qatqaloq "sutli qotir" deb ataladi.
Yara - terining chuqur defekti, ba'zida ostidagi a'zolargacha yetib boradi. Birlamchi
elementlargacha parchalanishi natijasida, limfa va qon aylanishi buzilishi, jaroqat
va trofik buzilishlarda yuzaga keladi.
Chandiq - zich biriktiruvchi to'qima, terini chuqur defektini toldiradi. Yangi
chandiqlar qizil rangli bo´ladi. Vaqt o'tishi bilan rangi oqaradi.Teri osti yog' qavati
o'zgarishini palpasiya bilan aniqlash kerak. Agar teri osti yog' katlami qattiq bolsa,
bu sklerema deyiladi. Teri osti yog' qavati qattiqligi bilan shish birga kuzatilsa,
skleredema deyiladi. Shishlar yuzda, qovoqda, oyog'-qo'llarda bo'lishi mumkin,
umumiy shish bo'lsa anasarka deyiladi. Shish teriga bosilganda aniqlanadi,
chuqurcha hosil bo´ladi, asta-sekin yo’qoladii.
Yüklə 22,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin