Тошкент тиббиет академияси



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#2033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYaSI
FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYa KAFEDRASI



«Tasdiqlayman»

Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

professor Teshaev O.R.

_______________________

«27»avgust 2015y.


Ma'ruza mavzusi:
QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI
Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun

Toshkent - 2015

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYaSI
FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYa KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani

professor P.S.Zufarov

________________________

«27»avgust 2015y.



Ma'ruza mavzusi:

QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI
Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun

SPK jarroxlik seksiyasi

majlisida kurilgan va

tasdiklangan bayonnnoma

№ 1

«27»avgust 2015y.



Toshkent - 2015

Qalqonsimon bez kasalliklari


O‘QITISh TEXNOLOGIYaSI

Talabalar soni - 60-100

Davomiyligi – 90 minut

O‘quv mashg’uloti shakli

Ma'ruza - vizuallashtirish

Ma'ruza rejasi



1.Qalqonsimon bez kasalliklari etiopaiogenezi.

2. Qalqonsimon bez kasalliklari klassifikatsiyasi.

3. Qalqonsimon bez kasalliklari klinika, diagnostika, diff. diagnostika.

4. Qalqonsimon bez kasalliklari davo prinsiplari.




O‘quv mashg’uloti maqsadi: Qalqonsimon bez kasalliklari semiotikasi bilan tanishtirish, diagnostika va davosini o‘rganish

O‘qituvchining vazifalari:

1. Talabalarga qalqonsimon bez anatomiyasini tushuntirish.

2. Qalqonsimon bez kasalliklari (QBK) turli shakllari klinikasi va kechishi xaqida talabalar bilimlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish.

3. Qiyosiy tashxis o’tkazish qoidalarini tushuntirish.

4. QBK bilan og’rigan bemorlarda davolash taktikasini tanlashda talabalarda mustaqil qabul qilingan yechimlarni shaklllantirish.

5. Talabalarni kasallikni oldini olish qoidalari bilan tanishtirish



O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi kerak:

1. Kasalligni etiologiya, patogenez va klinikani.

2. QBK diagnostikasi.

3. Differensial diagnostikani va simptomlarni aniqlish.

4. Xirurgik davo prinsiplarni tanlash.


O‘qitish usullari va texnikasi



Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “xa-yo‘k” texnikasi

O‘qitish vositalari

Lazer proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti

O‘qitish shakllari

Kollektiv

O‘qitish sharoitlari

Texnik o‘qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya

MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI



Muddat, bosqichlar

Faoliyat

o‘qituvchining

talabaning

1bosqich

Kirish


(5 min)

1. Ma’ruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum qilinadi

1. Eshitadi.

2 bosqich

Bilimlarning dolzarbligi

(20 min)


2.1. Talabalar bilimlarini aktuallashtirish maqsadida yo’naltiruvchi savollvr beradi, anatomiya, normal va patologik fiziologiya xaqida bilimlarni qaytaradi.

Blits so’rov o’tkazadi.

2.2. Slaydlarni ko’rsatadi va sharxlaydi


2.1. Savollarga javob beradi

2.2. Slaydlar tarkibini o’rganadi



3 bosqich

Axborot berish (55 min)



3.1. Rejadagi savollar bo’yicha ma'ruza materiallarini talabalrga yetkazadi, yunaltiruvchi savollarga bosqichli javob berishda vizual materiallardan foydalanadi.

Mavzuni axamiyatli joylariga e'tibor qaratadi, yozib olishni taklif qiladi.



3.1. Berilgan materiallar tarkibini muxokama qiladi, aniqlashtiradi, savollar beradi.

Asosiy qismlarni yozib oladi.



4 bosqich

Yakuniy


(10 min)

4.1. Aniq klinik xolatlardan foydalanib materialni mustaxkamlash uchun savollar beradi.

4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun vazifa beradi.



4.1. Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi.


Mavzuni asoslash: O‘zbekistonning endemik buqoq o‘chog‘i ekanligi o‘tgan asrlardan beri ma'lum edi, lekin yurtimizda qalqonsimon bez kasalliklarini o‘rganish, uni davolash jaroyoni, profilaktikasi va xirurgiyasining rivojlanishi XX asrning o‘rtalaridan boshlandi. Uning rivojiga mamlakatimiz tadqiqotchilaridan: M. S. Astrov, S. A. Ma'sumov, R. Q. Islombekov, Yo. X. Turakulov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. “Buqoq - qalqonsimon bezning mazkur geografik muhit uchun xos bo‘lgan kattalashuvidir”, - degan ta'rif ham S. A. Ma'sumovga tegishlidir. Mamla-katimizda bugungi kunda 15 dan ziyod endemik o‘choq bo‘lib, aholining qariyb 10-20% da qalqonsimon bezning kattalashuvi kuzatiladi. Bu birinchi galda, atrof muhit va suv havzalaridagi ichimlik suv va ozuqa moddalarda yod moddasining tansiqligi oqibatida kelib chiqishi isbotlab berilgan.
Ma'ruza maqsadi: talabalarni qalqonsimon bez anatomiyasi, bo‘qoq etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish. Qalqonsimon bez kasalliklari diagnostikasi, simptomatikasi va bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish.

Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: Ma'ruza talabada mustakil fikr yuritishga, uz maksadiga erishishda mexnatsevar bulishni, kat'iyyatlikni, javobgarlik xissini va shaxs sifatida shakllanishni rivojlantiradi. Davlat mikyosiga ega bulgan bu ogir kasalliklarni davolash va profilaktikasida kelajakda vrach sifatida uning majburiyatlari va rolini shakllanishiga katta ta'sir kursatadi.

Ma'ruza vazifasi: Qalqonsimon bez kasalliklari xaqida tushuncha berish, shu patologik xolat sabablari va rivojlanish mexanizmini tushuntirish, kasallik kechishi variantlari va klinik tavsif berish, boshqa kasalliklar bilan qiysiy tashxis o’tkazish, talabalarni bemorlarni tekshirish va davolashni zamonaviy va eng samarali usullari bilan tanishtirish.

Ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan savollar vaqt ko’rsatkichlari bilan:

  1. Motivatsiya, mavzuni asoslash - 5 daq.

  2. Qisqa anatomo-fiziologik ma'lumotlar, tekshirish usullari - 20 daq

  3. Qalqonsimon bez kasalliklari etiopatogenezi – 10 daq.

  4. Klinik kechishi – 20 daq

  5. Diagnostika ва differensial diagnostika. - 10 daq

  6. Davosi - 15 daq.

  7. Kasallikni oldini olish - 10 daq

Qayta aloqani shakllantirish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

1. Qalqonsimon bez kasalliklari – terminologiya.

2. Qalqonsimon bez kasalliklari klassifikatsiyasi.

3. Qalqonsimon bez kasalliklari klinikasi, diagnostika va diff. Diagnostika.

4. Xirurgik davo prinsiplari

5. Asoratlar va o‘lim.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin