Qalqonsimon bez kasalliklari umumiy klassifikatsiyasi (turlari) quyida keltirilgan:
Qalqonsimon bezning tug‘ma nuqsonlari,
Qalqonsimon bez jarohatlari,
Qalqonsimon bez yallig‘lanishi:
- tireoiditlar (Xoshimoto buqog‘i),
- strumitlar (Ridel buqog‘i).
Endemik buqoq:
- diffuz,
- tugunli,
- aralash.
Sporadik buqoq:
- diffuz,
- tugunli,
- aralash.
Diffuz toksik buqoq (Bazed kasalligi, tireotoksikoz),
Toksik adenoma (tugunli toksik buqoq),
Qalqonsimon bez o‘smalari:
- xavfsiz o‘smalar,
- xavfli o‘smalar.
Kattalalish darajasi bo‘yicha buqoq 6 darajadan iborat:
O daraja - bez ko‘rinmaydi yoki paypaslaganda bilinmaydi.
I daraja - bez ko‘rinmaydi, paypaslaganda qo‘lga seziladi va yutish harakatlarida ko‘rinadi.
II daraja - qalqonsimon bez yutinganda ko‘rinadi va qo‘lga yaxshi unnaydi, biroq bo‘yin shakli o‘zgarmagan bo‘ladi.
III daraja - bez ko‘zdan kechirilganda kattalashgani bilinadi, bo‘yin shakli o‘zgarib, yug‘onlashadi - «yo‘g‘on bo‘yin».
IV daraja - bo‘yin ko‘rinishini buzib turadigan aniq, yuzaga chiqqan buqoq ko‘rinadi.
V daraja - o‘lchamlari juda katta bo‘lgan bez ko‘rinadi, bu davrda bez qizilo‘ngach yoki traxeyani bosib, yutinish va nafas olishni qiyinlashtirib qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: |