Тошкент тиббиет академияси


Qalqonsimon bez yallig‘lanishlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə14/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#2033
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Qalqonsimon bez yallig‘lanishlari

Qalqonsimon bezning yallig‘lanish kasalliklari o‘tkir yoki surunkali infeksiya ta'siri natijasida rivojlanadi. O‘zgarmagan qalqonsimon bezda rivojlangan yallig‘lanish jarayoniga - tireoidit, avvaldan buqoq mavjud bo‘lgan bezda rivojlangan yallig‘lanish jarayoniga esa - strumit deyiladi.

O‘tkir tireoidit va strumit tana haroratining oshishi bilan boshlana-di. Bemorlar bosh og‘rishi, qalqonsimon bezdagi kattiq og‘riqqa shikoyat qiladilar. Og‘riq ensa sohasiga va kuloqqa ta'sir beradi. Bo‘yinning oldingi yuzasida, qalqonsimon bez chegarasida yutinishda suriladigan og‘riydigan shish paydo bo‘ladi. Tireoiditning og‘ir asorati, ba'zan sepsis rivojlanishi bi­lan og‘irlashadigan yiringli mediastinit rivojlanishi hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘tkir strumit yoki tireo­idit diagnozi qo‘yilgan bemorlarni shoshilinch ravishda kasalxonaga yotkizish va jadal davolashni boshlash kerak.

Davolash. Bemorlarga ta'sir doirasi keng antibiotiklar, sulfa-nilamid preparatlari, detoksikatsion muolaja, osoyishta sharoit, suyuq yumshoq ovqatlar, mo‘l ichimlik va fizioterapevtik muolajalar tayinlanadi. Bezda yumshash, flyuktuatsiya belgilari paydo bo‘lib abssessga aylanganda, yiringli jarayon bo‘yinga va ko‘ks oralig‘iga tarqalib ketmasligi uchun, darhol uni ochib, drenajlash amaliyotini bajarish tavsiya etiladi.

Yiringli bo‘lmagan tireoidit (de Kerven-Krayl granulematoz tireoi-diti) virusli infeksiyaga bog‘liq bo‘lib, kasallik klinik belgilariga ko‘ra o‘tkir yiringli tireoiditga o‘xshash bo‘ladi. Og‘riq sindromining bo‘lmasli-gi yoki yuzaga chiqmaganligi, bez ustidagi terining o‘zgarmaganligi va qo‘zish davrida gipertireoz belgilarining hamrohligi, tahlillarda esa oqsil bilan bog‘langan yod miqdorining ortishi, uni boshqa turdagi kasalliklar-dan ajratib turuvchi belgilar hisoblanadi.

Davolash. Bemorlarga yuqorida keltirilgan muolajadan tashqari, buyrak usti bezi pustlog‘ining gormonlaridan (har kuni 20-30 mg dan 4-6 haftagacha) prednizolon tayinlanadi. Takrorlanganda qalqonsimon bez rentgenoterapiyasi o‘tkaziladi. Prognozi odatda yaxshi, kasallik tez kunda sog‘ayish bilan yakunlanadi.




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin