Tireotoksikozning og‘ir turi - markaziy nerv sistemasining o‘rtacha og‘irlikdagi tireotoksikozga xos buzilishlari bilan bir qatorda, mushak sistemasida keskin sustlik, yurak-qon tomirlar sistemasidagi og‘ir buzi-lishlar, parenximatoz a'zolarda distrofik o‘zgarishlar rivojlanadi. Taxikardiya chuqurlashadi (1 daqiqada 120 zarbadan ortiq), aksariyat tomir urishida aritmiya, hamda yurak yetishmovchiligi (Lang bo‘yicha II-III darajasi) yuzaga keladi. Asosiy modda almashinuv - 60% va undan ko‘proqqa ortadi, bemor nihoyatda ozib, tanasining vazni keskin kamayib ketadi. Mehnatga layoqat va qobiliyat ko‘pchilik bemorlarda batamom yo‘qoladi.