O‘rtacha og‘irlikdagi tireotoksikoz - markaziy nerv sistemasi faoliyatining ro‘y-rost buzilishlari (asabiylashish, serjahllik, injiqlik yig‘loqilik), taxikardiya (1 daqiqada 100-120 zarba), sistolik va diastolik qon bosimining ortishi, yurak chegaralari kengayishi, yurak yetishmovchiligi-ning kelib chiqishi (Lang bo‘yicha I daraja) bilan namoyon bo‘ladi. Bemor vazni ancha kamayadi, yaxshi ovqatlanishiga qaramasdan ozib ketish hollari kuzatiladi, kun davomida mehnatga layoqat pasayadi. Asosiy modda almashi-nuv jaroyoni - 60% gacha ortadi.