Klinikasi va diagnostikasi. Kasallik aksariyat 50 yoshdagi va undan oshgan ayollarda paydo bo‘ladi, asta-sekin 1-5 yilgacha rivojlanadi. Kasal-likning birdan-bir belgisi - qalqonsimon bez o‘lchamining kattalashuvi hisoblanadi. Ushlab ko‘rilganda bez zich, biroq paypaslab ko‘rilganda atrofdagi to‘qimalar bilan bog‘lanmagan, harakatchan. Keyinchalik bemorlarda kayfiyatning umumiy buzilishi, ruhiy holatida o‘zgarishlar va gipotireoz belgilari kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashmagan.
Davolash. Xoshimoto buqog‘ini davolash konservativ. Bemorlarga tireoid va glyukokortikoid gormonlar tayinlanadi. Tireoid gormonlar dozasi individual tayinlanadi, tireoidinning o‘rtacha sutkalik dozasi 0,1-0,3 g. Prednizolonning 20-40 mg sutkalik dozasi 1,5-2 oy mobaynida tayinlanib, u asta-sekin kamaytirib boriladi.
Kasallik saratonga aylanganiga shubha bo‘lganda yoki katta buqoq bo‘yin a'zolarini bosib qo‘yganda operatsiya qilish shart. Bu holda, O.V. Nikolaev usulida subtotal subkapsulyar strumektomiya amaliyoti bajariladi, shundan keyin rivojlanishi mumkin bo‘lgan gipotireozni profilaktika qilish uchun, albatta tireoidin tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: |