Тошкент тиббиет академияси


Qalqonsimon bez yallig‘lanishlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#2033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Anatomik-fiziologik ma'lumotlar

Qalqonsimon bez (glandula thyreoidea) degan nomni Uor­ton, uning qalqonga (thyreos - yunoncha qalqon) o‘xshashligi tufayli 1656 yilda bergan. Bez bo‘yinning oldingi sathida, uzuksimon tog‘aylarning I-IV traxeal halqalari sohasida joylashgan bo‘lib, ikkita bo‘lak va ularni birlashtirib turuvchi - bo‘yincha qismidan tashkil topgan.

Bezning vazni balog‘atga yetgan odamda normada ≈ 25-30 grammga yetadi, O‘zbekistonda sharoitida esa, birmuncha kattalashgan bo‘lib, ayniqsa endemik o‘choqlarda ≈ 40-50 grammgacha bo‘lishi mumkin. Bez bo‘yinning to‘rtinchi fassiyasi bilan qoplangan bo‘lib, ichki (yupqa) va tashqi (qalin) varaqalari orasida joylashgan, ular orasidan arteriya qon tomirlari o‘tadi.

Qalqonsimon bezni asosan 4 ta arterial tomiri: tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlaridan juft - yuqori qalqonsimon arteriyalar va o‘mrov arteriyasi-dan keladigan juft - pastki qalqonsimon arteriyalar qon bilan ta'minlab turadi. Ba'zan qon ta'minotida aorta ravog‘i va nomsiz arteriyadan tarmoqlanadigan beshinchi toq arteriya qatnashadi. Innervatsiya - simpatik va parasimpatik nerv tolalarilari orqali amalga oshiriladi. Qalqonsimon bez yodlangan gormonlar – tiroksin, triyodtironin (Tz), tetrayodtironin (T4), shuningdek yodlanmagan tireokal, tireokalsitonin gormonlarini ishlab chiqarilishida bevosita ishtirok etadi.

Gormonlar hosil bo‘lishi uchun yod va tirozin aminokislotasi asosiy tarkibiy qismlar bo‘lib xizmat qiladi. Yod inson organizmiga ovqat, suv, havo bilan va organik, hamda noorganik birikmalar tarkibida tushadi. Organizmda yod miqdori birmuncha o‘zgarib turadi, uning ortiqcha qismi siydik (98%) va o‘t suyuqligi (2%) bilan ajralib chiqadi.

Yod birikmalari qonda kaliy va natriy yodidlarini hosil qiladi, ular oksidlovchi fermentlar (peroksidaza va sitoxromoksidaza) ta'siri ostida oddiy yodga aylanishi mumkin. Qalqonsimon bezda esa, yod moddasining oqsil bilan birikmalari hosil bo‘ladi. Yod atomlari tirozin oqsili (tirozin aminokislotasi qoldig‘i) bilan gormonal aktivlikka ega bo‘lmagan (yodlangan tirozinlar) birikmalarini: monoyodtirozin (MYT) va diyodtirozin (DYT) hosil qiladi. Bular esa, o‘z navbatida aktiv tireoid gormonlar: tiroksin, tetrayodtironin (T4) va triyodtironin (T3) ga aylanishda, asosiy substrat bo‘lib xizmat qiladi.

Qalqonsimon bezdan tomir o‘zaniga tushgan tiroksin qon zardobining oqsillari bilan bog‘lanadi, buning natijasida qonda bog‘langan (proteinli) yod konsentratsiyasi ortadi, uning miqdorini aniqlash, qalqonsimon bez sekretor aktivligi ko‘rsatkichi sifatida diagnostik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Markaziy nerv sistemasi, gipofiz va qalqonsimon bez orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aksari bog‘lanishlar mavjud bo‘lib, qalqonsimon bez gormonlari sintezi, hamda uni ishlab chiqarilishi, ular orqali boshqarib boriladi. Yod saqlovchi gormonlar miqdori ko‘payganda gipofizning tireotrop faoliyati pasayadi va aksincha, ular yetishmaganda - ortadi. Tireotrop gormon ishlanishining ortishi, nafaqat qalqonsimon bez faoliyatining ortishiga yoki pasayishiga, balki bezning diffuz yoki tugunsi-mon giperplaziyasiga ham olib keladi.

Tiroksin va triyodtironin inson organizmida kechadigan oksidlanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, xujayra va to‘qimalarning normal o‘sishi uchun zarur bo‘lgan kislorod sarfini kuchaytiradi, tuz va suv almashinuvida muhim o‘rin tutadi, hamda oqsillar sintezini yaxshilaydi. Ular glyukoza va galaktozaning ichaklarda so‘rilishini, xujayralarda sarflanishini kuchay-tiradi, glikogen parchalanishini oshiradi, uning jigardagi miqdorini kamaytiradi, yog‘ almashinuviga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni tireokalsitonin - paraqalqonsimon bezlar gormoni bilan birgalikda organizmda kalsiy va fosfor moddalarining almashinuvini bevosita idora qilib turadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin