Hissiy, emperik, nazariy va mantiqiy bilish darajalari farqi.
Hissiy darajadagi bilimning shakllari
Sezgi a'zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Idrok. Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o‘z ichiga oladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in'ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi.
Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta'minlaydi.
Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta'minlaydi.
Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi.
Empirik bilim va uning shakllari
Empirik bilim va uning shakllari
Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi.
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.
Kuzatish – bilish ob'ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir.