Raqamli izlar (ingl. Digital footprint) – ma’lum bir shaxs Internet, raqamli qurilmalardagi faoliyati to‘plami. U global tarmoqda “kiber soya”, “electron iz” yoki “raqamli soya” deb ham ataladi.
Raqamli izlarning ikki turi mavjud: passiv va faol. Passiv raqamli iz - bu foydalanuvchidan o'zlari bilmagan holda to'plangan ma'lumot. Faol raqamli iz - bu foydalanuvchi ma'lumotni baham ko'rayotganligini bilishi (masalan, Facebook-da xabar yuborish yoki veb-shaklni yuborish).
Barcha onlayn harakatlar Internetda ham, kompyuter, planshet, smartfon kabi qurilmalarda ham o’z izini qoldiradi. Undan esa foydalanuvchi, uning joylashuvi, qurilmasi kabi foydalanish tafsilotlarini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Bugungi kunda axborot, kontent va resurslarning haddan tashqari keng va turli-tuman
to‘plami mavjud. Ayniqsa, Internetda ularning aniqligi, ishonchliligi va qiymatlari turlicha.Bundan tashqari, bu ma’lumotlar turli shakllar (matn, tasvir, statistik ma’lumot, electron yoki bosma shakl)da mavjud bo‘lib, ularni turli axborot manbalaridan olish mumkin.
Tarmoqdagi ma’lumotlar ishonchliligini tekshirish siz kabi foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Agar manbada ishonchlilikning quyidagi belgilari mavjud bo‘lsa, u holda bu manba ishonchli ma’lumot manbayi hisoblanadi:
1) resurs muallifi. Resursning birorta ro‘yxatdan o‘tgan elektron ommaviy axborot vositasi yoki tashkilot rasmiy manbasidan olinganligi;
2) bo‘g‘lanish uchun muallif kontaktlari. Muallif bilan bog‘lanish uchun kontakt ma’lumotlari (manzil yoki uning QR-kodi, telefon raqami, elektron pochta manzili)ning berilganligi;
3) axborot manbalari. Axborot olingan manba (sayt, nashr, adabiyot) yoki manba muallifining aniq ko‘rsatilganligi;
4) resursning aniqligi. Resurs ma’lumotlarining aniq faktlar bilan asoslanganligi;
5) ma’lumotning taqdim etilish sifati. Manba (matn, rasm, sxema va hokazo)larning aniq, sifatli ko‘rinishi, matn va gipermurojaatlarning bexato yozilganligi;
6) resursning maqsadi. Ma’lumotlarning asosiy maqsadi faktlarni yoritishga qaratilganligi (fikr bildirishdan, reklama yoki e’tiborni tortishdan farqli o‘laroq);
7) ma’lumotlarning dolzarbligi. Resurs ma’lumotlarining muntazam ravishda yangilanganligi. Internetda mavjud har qanday ishonchli ma’lumot manbayini bir zumda nusxalash yoki ko‘chirib olish mumkin. Boshqa shaxs asari yoki undagi fikrlarni (manba yoki muallif haqida ma’lumot bermasdan) о‘ziniki qilib kо‘rsatish yoki taqdim etish plagiat (lot. plagio – о‘g‘irlayman) hisoblanadi. Bunga jiddiy axloqiy huquqbuzarlik sifatida qaraladi. Ommaviy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan manbalardan foydalanilganda yoki iqtiboslar keltirilganda, plagiatdan qochish uchun albatta manba muallifi yoki manbaga havola ko‘rsatilishi shart.
Shubhali elektron pochta xabarlarini ochmang! Agar elektron pochta xabarlarida quyidagilar aniqlansa, ularni aslo ochmang:
– noma’lum yoki shubhali elektron pochta manzillaridan yuborilgan bo‘lsa;
– shubhali bo‘lmasligi uchun juda ham tiniq va yaxshi ko‘rinadigan bo‘lsa;
– maxfiy ma’lumotlar so‘ralgan bo‘lsa;
– bajariluvchi fayllar yuborilgan bo‘lsa;
– grammatik va imlo xatolarga ega xabarlar bo‘lsa.
Shubhali dastur yoki qo‘shimchalarni yuklab olmang! Agar elektron pochta xabarini kim yuborganligi noma’lum bo‘lsa, u holda xabarga biriktirilgan fayllarni hech qachon yuklab olmang. Sizga biror tanishingizdan xabar va unga biriktirilgan fayl keldi, ammo siz undan hech qanday fayl kutmayotgan bo‘lsangiz, bunday fayllarni ochmang. Tanishingiz ham xakerlik hujumiga uchragan va bilmagan holda sizga ham virus yuborgan bo‘lishi mumkin! Imkon qadar ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalaning! Ikki omilli autentifikatsiya kimdir sizning hisobingizga faqat foydalanuvchi nomi va paroli yordamida kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ikki bosqichli autentifikatsiya faqat login va parolingiz yordamida foydalanuvchi hisob qaydlaringizga kirishining oldini oladi. Buning o‘rniga, foydalanuvchi hisob qaydlariga kirish uchun ikkinchi omil (odatda, fizik qurilmalar, masalan, telefon) kerak bo‘ladi. Bu esa sizning hisob qaydlaringizni faqat sizning telefoningizga kira oladigan (sizga yuborilgan xavfsizligk kodini bilish uchun) kam sonli foydalanuvchilargina buzishi mumkinligini anglatadi.
Wi-Fi tarmog‘ida xavfsiz ishlang! Login va parollaringizni umumiy Wi-Fi tarmoqlari orqali yubormang. Shuningdek, umumiy Wi-Fi tarmoqlari yordamida ijtimoiy tarmoq va electron pochta uchun ro‘yxatdan o‘tmang. Telefoningizdagi “Wi-Fi tarmog‘iga avtomatik ulanish” funksiyasini o‘chirib qo‘ying.Kiberhujumga qarshi kurashing! Xabar yuboruvchi shaxs bilan ziddiyatga bormang, qo‘pol va haqoratomuz xabarlarga javob bermaganingiz ma’qul, shuningdek, tarmoqda “bezorilik” qilmang. Aks holda siz Internetda salbiy raqamli iz qoldirishingiz mumkin. O‘z virtual obro‘yingiz va qadr-qimmatingizni saqlang. Tajovuzkor akkauntiga taqiq o‘rnating,ya’ni bunday tarmoq foydalanuvchisini bloklang. Fishingga qarshi kurashing! Akkauntingizni muntazam ravishda tekshirib turing. Agar akkauntingiz “buzilgan”ligini sezsangiz, uni darhol bloklang. Xavfsiz saytlardan foydalaning. Brauzerdan “Parolni saqlash” funksiyasini o‘chiring, kompyuter va mobil qurilmalarda murakkab parollardan foydalaning.