Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya); tushunchalarni tasniflash
9-mavzu tafakkurning mantiqiy shakllari tushuncha, hukm. Xulo
Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya); tushunchalarni tasniflash. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari mikdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani umumlashtirish – bilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu amal natijasida bizning fikrimiz yakkadan umumiyga, tarqoq tushunchadan kengrok tushunchaga qarab boradi. Hajmi kichikroq tushunchadan hajmi kattaroq tushunchaga borish umumlashtirish deb ataladi. Masalan, «botanika» va «biologiya»- Fan.
Tushunchalarni umumlash natijasida umumiy tushunchadan eng umumiy tushunchalarga boradi.Eng umumiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi.
Hajmi kattaroq tushunchalarni, hajmi kichikroq tushunchaga keltirish chegaralash deb ataladi. Chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin.
A - Jamiki mavjudot
V- Xayvonot olami
S – Umurtqalilar
D – ot
Ye- qora bayir.
Umumlashtirish va chegaralash fan va amaliy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlash operatsiyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsalar va hodisalarning muhim, bir- biriga o‘xshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali har bir narsaning o‘ziga xos, konkret tomonini bilamiz. Ularning ichki xususiyatini aniqlaymiz.
Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Ta’riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‘rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) ma’nosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta’riflar farq qilinadi.
Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos» so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi ma’nolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal ta’rif bergan bo‘lamiz. «Til belgilarini o‘rganuvchi fan semiotikadir», degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoldir.
Real ta’rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», degan ta’rif real ta’rifdir.
Real ta’rif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real ta’rif predmetlarning muhim belgilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noaniq real ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lug‘atdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.