9-Mavzu. Taqrizning turlari


BADIIY asarga taqriz yozish



Yüklə 92,54 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü92,54 Kb.
#206920
1   2   3   4   5
9- mavzu Taqriz turlari

BADIIY asarga taqriz yozish.
Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" deb ataladi. Badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat bo‘lmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy adabiyot so‘z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. Ya’ni, ko‘p hollarda bitta vositaning o‘zi ham tasvir ham ifodaga xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qo‘llaniluvchi ayrim vositalar (mas, tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish vazifasini bajaradi. Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og‘adi (ya’ni, til unsurlarini odatdagidan o‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo‘llaydi) va shu "og‘ish"dan ma’lum badiiy-estetik maqsadni ko‘zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida — fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy- estetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga keladi, ular tasvirning jonli va to‘laqonli bo‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Leksik sathdagi normadan og‘ish yozuvchining umumxalq tili bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko‘rinadi. Ma’lumki, umumxalq tilidagi so‘zlar o‘zlarining nominativ holatida ham tasviriylik va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. Ya’ni, ijodkor ifoda va tasvirni so‘z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so‘z xazinasidan "so‘z tanlash" hisobigagina kuchaytirishi mumkin bo‘ladi.
Yozuvchining umumxalq tilida mavjud so‘zlardan umumodatiydan o‘zgacharoq foydalanishi quyidagicha badiiy-estetik maqsadlar bilan yuz beradi: 1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug‘atdagi eskirgan so‘zlar — arxaizm va istorizmlar odatdagi so‘zlashuvda ishlatilmasligi ma’lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini berish uchun juda zarur. Deylik, o‘z asarida o‘n beshinchi asr voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o‘sha davrga xos realiyalarni tasvirlashi lozim bo‘ladi. Ya’ni, o‘sha davr koloritini o‘sha davrga xos bo‘lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h. nomlarisiz to‘la tasvirlab bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, o‘n beshinchi asr muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bo‘lishi, uning nutqida o‘sha davrga xos so‘zlar va so‘zshakllar ishlatilishi obrazning ishonarli va to‘laqonli bo‘lishiga xizmat qiladi. 2. Adabiy tilda kam qo‘llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy koloritini berish uchun qo‘l keladi. Aytaylik, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar tarqalgan hududlarda umummilliy xususiyatlar bilan bir qatorda o‘sha hudud kishilarigagina xos bo‘lgan jihatlar (urf-odatlar, tasavvurlar, aqidalar, narsa-buyumlar va h.k.) ham mavjudki, bular birinchi galda sheva tilida o‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarda tasvirlanayotgan hududga xos buyoqlarni berish, unda harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy talqin etish uchun dialektizmlardan foydalanish zarurati yuzaga keladi. 3. Badiiy obraz konkretlilik xususiyatiga ega. Asardagi personaj konkret muhitda harakat qiladi. Muhitga mansublikni ifodalashda varvarizmlar, vulgarizmlar, argo va jargonlarning ahamiyati katta. Muhit koloritini ifodalash bilan birga, ular personaj nutqini individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishda ham muhim ahamiyatga kasb etadi. 4. Tasvir predmetiga munosabatni ifodalash. Tilimizda mavjud so‘zlar emotsional bo‘yoqdorligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Yozuvchi tasvir predmetiga munosabatini ifodalash uchun mavjud so‘zlardan keragini tanlashi zarur bo‘ladi. Masalan, sinonim so‘zlar qatoridan ijobiy bo‘yoqqa yoki salbiy bo‘yoqqa ega so‘zning tanlanishi yozuvchining tasvir predmetiga munosabatini yorqin ifodalab berishi mumkin.
Badiiy asarda qo‘llanilgan ko‘chimlar ishlatilish darajasi, badiiy bo‘yoqdorligi, ta’sirdorlik darajasi kabi jihatlaridan bir-biridan jiddiy farqlanadi: a) ko‘chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ulgurgan. Masalan, "kun botdi", "soat yuryapti" kabi birikmalarda so‘z ma’nosi ko‘chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada ko‘nikib ketganmizki, hozirda ularga ko‘chim sifatida qaramaymiz ham. Badiiy asar matnida mazkur ko‘chimlar qo‘llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik maqsad bilan semantik sathda og‘ishga yo‘l qo‘ygan deya olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda olingan. Baski, bu xil ko‘chimlar matnda estetik funktsiya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo‘lmaydi; b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kelayotgan ko‘chimlar ham ko‘p uchraydi. Masalan, "shakar lab", "gul yuz", "bulbul", "sarv qomat", "qoshi kamon", "nargis ko‘z" va hokazo. Bu xil ko‘chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq, ulardan farqli o‘laroq, matnda estetik funktsiya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi; v) badiiy-estetik funktsiyadorligi, tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matndagina ko‘chma ma’noda qo‘llangan, muallifning assotsiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan ko‘chimlar alohida o‘rin tutadi. Ularni shartli ravishda "xususiy muallif ko‘chimlari" deb atashimiz mumkin. Shu xildagi ko‘chimlargina yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zlab yo‘l qo‘ygan semantik sathdagi og‘ishi natijasidirki, uning badiiy til bobidagi mahorati xususida gap borganda biz, avvalo, shu xil ko‘chimlarni e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi. Badiiy asarda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko‘chishida narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlikka asoslaniladi. Badiiy asarda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko‘chishida narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlikka asoslaniladi.
Badiiy asarda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko‘chishida narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlikka asoslaniladi.
Yana bir tur sinekdoxa bo‘lib, u mohiyat e’tibori bilan metonimiyaning bir ko‘rinishidir. Sinekdoxaning metonimiya ko‘rinishi sifatida qaralishiga sabab shuki, bunda ham aloqadorlik asosida — butun va qism, yakka va umum aloqasi asosida ma’no ko‘chishi yuz beradi. Shu bois ham mutaxassislar sinekdoxani metonimiyaning miqdoriy ko‘rinishi deb qaraydilar. Ma’no ko‘chishining yana bir turi "kinoya" (ironiya) bo‘lib, u teskari o‘xshatishga asoslangan ko‘chimdir. Masalan, A.Qodiriy Kalvak maxzumning badbashara qiyofasini chizib bergach, boshqa bir o‘rinda uni "husni Yusuf" deb ataydiki, bu birikmaning teskari ma’noda qo‘llangani bizga ravshan. Kinoya qahramonlar tilida ham keng qo‘llanadi. Biroq bu holda u ko‘chim sifatida emas, ko‘proq konkret hayotiy holatga, sog‘lom mantiqqa yoxud so‘zlovchining maqsadiga muvofiq kelmaydigan gap sifatida ko‘rinadi.
Yüklə 92,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin