-
Moslama |
Ixtisoslik darajasi bo‘yicha
|
Vazifasiga qarab
|
Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha
|
Universal
|
Dastgoh
|
Qo‘l kuchi
|
Ixtisoslashtirilgan
|
Tekshiruvchi
|
Mexanizatsiyalashti-rilgan
|
Maxsus
|
Yig‘uvchi
|
YArim avtomat
|
|
Mahkamlovchi
|
Avtomat
|
Dastgoh moslamalari ichida tokarlik, parmalash, frezalash, randalash va boshqalarda har xil ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladiganlari ham mavjud bo‘lib, ularni dastgoh moslamalari deb ataladi.
Dastgohlarda detallarga ishlov berishda yordamchi asboblar ham qo‘llaniladi. Ular kesuvchi asboblarni va mahkamlash uchun xizmat qiladi. Zagotovkani bir marta o‘rnatib, unga to‘la ishlov berishni ta’minlashda yordamchi asboblar dastgoh aniqligini oshirishga olib kelishi mumkin.
O‘quv jarayoni sharoitida moslamaning konstruksiyasini ishlab chiqish pedagogik maqsad uchun zarur.
Moslamalarni quyidagi element – detallarga bo‘lish mumkin: korpusli, o‘rnatuvchi, qisuvchi, yo‘naltiruvchi, bo‘luvchi, burovchi, mahkamlovchi. SHuning uchun qidiruv – konstruktorlik faoliyatida bu elementlarni ketma – ketligi va qonuniyatini topishni uddalash muhim ahamiyatga ega ya’ni, korpus shaklini tanlash, elementlar sonini aniqlash, detallar o‘rtasidagi funksional o‘zaro bog‘liqlikni topish va boshqalar. Misol uchun dastgoh moslamasini korpusi shakli dastgohda ishlanadigan xomaki detalni va kesuvchi asbobni joylashuvini hisobga olgan holda tanlanadi.
Har bir turdagi dastgohlarda asbob uzeli detalga nisbatan turlicha joylashadi, chunonchi, parmalash vertikal frezalash, yo‘nib kengaytirish dastgohlarida – yuqorida: tokarlik, tish frezalash dastgohlarida – oldida: dumaloq jilvirlash dastgohlarida – orqada: ko‘ndalang randalash, tish randalash dastgohlarida yon tomonda.
Har bir turdagi dastgohda o‘zining komplektida maxsus moslamalari bo‘ladi. Misol uchun tokarlik dastgohida aylanuvchi markaz, lyunetlar, patronlar.
Qidiruv konstruktorlik faoliyatida turli xil materiallarga ishlov beruvchi dastgohlar, asboblar bilan muloqotda bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Metall ishlashga alohida, nometall materiallarni ishlashga alohida dastgohlar va ular uchun moslamalari mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |