9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari. Reja



Yüklə 81 Kb.
səhifə1/2
tarix12.06.2023
ölçüsü81 Kb.
#129123
  1   2
9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari


9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari.
Reja:
1. O‘quv binosiga qo‘yiladigan talablar.
2. Texnik loyihalash jarayoni.
3. Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar.
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish maktablarda o‘quv ustaxonalari va fizika xonasi, chevarchilik ustaxonalarida amalga oshiriladi. Maktablarda texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlari uchun ko‘pincha o‘quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish, texnik ma’lumotlar berish, tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarini amalga oshirish; texnik bilimlarni, mehnat usullarini, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish, estetik va mehnat madaniyati ko‘nikmalarini, mustaqil ishlash iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muxofazasi talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.YUqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o‘quv ustaxonalari asosiy sanitariya-gigiena va tashkiliy-metodik talablarga javob berishi lozim:
1. Ustaxona binosi ta’limiy-pedagogik, sanitariya-gigienik va ishlab chiqarish texnik talablarini qanoatlantirishi kerak
.2. O‘quv ustaxonalari texnikaning xozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq jixozlanishi va ular faqat ustaxonada amaliy dasturidagi barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o‘rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim.
3. Turli buyurtmalarini bajarishda o‘qituvchining o‘rganuvchilar bilan olib boradigan umumiy jamoa hamda gurux — zvenoli va potokli ishlari uchun xam sharoit yaratilishi zarur.
4. Xar bir talabaga kerakli asbob uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o‘rin ajratilishi lozim.
5. O‘qituvchi uchun tegishli jixozlar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlangan va poldan 258-300 mm ko‘tarilgan namunali ish o‘rni tashkil etilishi lozim.
6. Ustaxonalarda o‘quvchilar eng qulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun sharoit bo‘lishi shart.
7. O‘quv ustaxonalari hajmli va tekis ko‘rsatmali qo‘llanmalar, shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jixozlanishi zarur.
8. YOrdamchi binolar (asbobxona va sklad) o‘quv ustaxonasiga yaqin bo‘lishi kerak.
9. Tashqaridagi tovushlar talabalarning e’tiborini ishdan alaxsitmasligi va mehnat jarayonini buzadigan shovkin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. O‘quv ustaxonasining maydoni 80-90 m2 bo‘lishi kerak. Zamonaviy o‘quv ustaxonalari materiallar, yarimfabrikatlar, tayyorlangan buyumlar saqlanadigan yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Bunday xonalar quruq, yog‘och polli, tabiiy va majburiy ventilyasiyali, normal tabiiy va sun’iy (ish o‘rnida 100-150 lk), yoritilgan, xavosining temperaturasi qishda 14-16°C bo‘lishi kerak va yozda 29°C dan oshmasligi kerak. YOritkich sifatida kunduzgi lampadan foydalanish ma’qul. Ustaxona devorlari tekis, yorqin rangga, shifti oq rangga bo‘yalishi kerak. Mana bularning xammasi xonaning yorug‘ligini oshiradi. Ustaxona anjomlari turli ranglarda bo‘lishi kerak. YOrqin, fiziologik jihatdan to‘g‘ri buyoqlar anjomlarning turli qismlari bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida to‘g‘ri kontrastlikni vujudga keltiradi. Ustaxonada tovush va vibratsiyani, yutuvchi moslamalarni qo‘llash hamda mehnatning eng ratsional usullaridan foydalanish orqali tebranish intensivligi kamaytirib tovush va vibratsiyani pasaytirishga erishish kerak. YOg‘ochga yoki metallga ishlov beriladigan har bir ustaxona 12-15 ta ish g‘rniga mg‘ljallanishi, u erda asosiy jihozlar duradorlik yoki slesarlik verstaklaridan tashqari stanok uskunalarining boshka turlari (tokarlik, frezelash, ko‘ndalang randalash, parmalash, charxlash, kichik gabaritli elektr payvandlash apparatlari) ham bo‘lishi kerak. Duradorlik-mexanika ustaxonasida duradorlik verstaklaridan tashqari, yog‘ochga ishlov beriladigan 2-3 ta tokarlik stanoklari, sirkulyar elektr arra, elektr randa, tirnoq kesadigan va zarb bilan o‘yib ishlaydigan stanoklar, NS-12 vertikal parmalash stanogi, qkumli xo‘l charx, moslamalar va h.k. lar bo‘lishi kerak. O‘quv ustaxonalariga uskunalarni o‘rnatishda yong‘indan saqlanish, mehnat muxofazasi va sanoat sanitariyasining quyidagicha talablariga rioya etish zarur. Ustaxonada ortikcha uskuna va inventarlar ko‘payib ketmasligi, verstaklar, stanoklar va ularning qatorlari orasi belgilangan normativlar doirasida bo‘lishi, chekkadagi verstaklar, stanoklar qatori bilan ustaxona devorlari oralig‘i 8,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Jilvirli charxlar, parchinlash stanoklar kabi uskunalar o‘qituvchining ish o‘rniga yaqin o‘rnatilishi va ikkinchi viklyuchatellarga ega bo‘lishi kerak. Tokarlik frezelash stanoklari va jilvirli charxlar organik oynadan yasalgan elektr blokirovkali himoya ekrani bilan ta’minlanishi zarur. Slesarlik verstaklari himoyalagich to‘r, individual o‘rindik va asboblar tuplami bo‘lgan planshet bilan ta’minlanishi kerak. Stanoklar va boshka uskunalarning ish vaqtida o‘quvchilar uchun xavfli barcha qismlari ishonchli ximoyalagich moslamalari bilan o‘rab qo‘yiladi. Elektromontaj ishlarini bajarish uchun ustaxonada 5-6 ish o‘rinli stol va shuncha miqdorda elektr kavsharlagich hamda elektr rozetkasi bo‘lishi zarur. Ustaxonada qo‘llarni yuvish, kiyimlar va korjomalarni saqlash uchun sharoit yaratish lozim. Ustaxona maydonidan ratsional foydalanish, tozalik, devorlar va uskunalarning to‘g‘ri bo‘yalishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali tartib o‘rnatilishi talabalarda intizomlikni munosabatlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Mavjud o‘quv ustaxonalarining ko‘plari yuqorida aytilgan talablarga to‘la javob bera olmasligini hisobga olib, o‘qituvchi ana shu talablarni bilishi va ularni bajarish uchun hamma imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
2. O‘qituvchining texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlariga tayyorlanishi modellashtiriladigan ob’ektni tanlashdan boshlanishi kerak.
O‘qituvchi mashgulotlarga tayyorlanishida ta’lim masteri va talabalar aktivi uning yordamchilari bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi texnik rasmlarni, modelning yig‘ish chizmalarini, detallarning chizmalarini, asosiy detallar uchun texnologik kartalarni, shuningdek, texnik topshiriqlarni, modellarning kinematik va prinsipial sxemalarini tuzishda talabalarga ko‘maklashadi. Uning rahbarligida detallar uchun zagotovkalar, yordamchi materiallar, kerakli asboblar tanlanadi, talabalar ish o‘rinlari jixozlanadi.
Konstruksiyalarni ishlab chiqish, modellarni tayyorlash jarayonida talabalar konstruksiyalashga doir kator ijodiy vazifalarni bajaradilar. Bu mashqlar turli texnik qurilmalarni (moslamalar, mexanizmlar, stanoklar va x.k. larni) konstruksiyalashga doir topshiriqlarni ishonchliroq, nisbatan tez va sifatli bajarishda yordam beradi. Konstruktorlik masalalarini hal qilishda quyidagi ko‘nikmalar shakllanadi:har xil konstruksiyalarni analiz qilish,konstruktorlik masalasini hal qilishning turli variantlarini topish,konstruksiyaning prinsipial sxemasining optimal variantini topish,texnik hisoblashlar, grafik ishlarni bajarish,chizmalarni o‘qish va detallarni tayyorlashning texnologik rejalarini hamda ularning marshrutini tuzish,ish o‘rnini tashkil qilish, zagotovkalarni tanlash,detallarni sifatli tayyorlash uchun opreatsiyalarni ratsional bajarishning usullari va yo‘llarini belgilash,detalarni chizma buyicha nazorat qilish va x.k. lar.Bundan tashqari talabalar turli konstruktorlik masalalarini, chunonchi konstruksiyani analiz qilish masalasini ham echadilar. Bunda dastlab analiz ob’ekti tanlab olinadi. Analiz ob’ekti sifatida loyixalanishi lozim bo‘lgan ob’ekt olinadi yoki unga yaqin bo‘lgan biror prototipni olish ham mumkin.Metodik kursatmalar. Konstruksiyani analiz qilish jarayonida quyidagicha savollarga og‘zaki yoki yozma javoblar qaytiriladi:Texnik qurilmaning funksional vazifasi nima? Qurilma qanday ishlaydi? U qaerda qo‘llaniladi? Qanday detallardan iborat? Detallari qanday konstruksion materiallardan tayyorlangan? Boshqa metallarni qo‘llab bo‘ladimi? Nima uchun detallarning ana shu geometrik shakllari tanlangan? Detallarning boshqacha formalarini tanlash mumkinmidi? Boshka konstruksion material ishlatilsa, detalning geometrik shakli o‘zgaradimi? Detallar o‘zaro qanday biriktirilgan? Detallarni birlashtirishning boshqa usulini qo‘llash mumkinmi? Qurilmada mexanizmlar qanday? Detallarni tayyorlash usullari va tartibi, shuningdek, qurilmani yig‘ish ketma-ketligi ko‘rsatilsin.Konstruksiyaning echimi. Ob’ektning ayrim qismlarining o‘zaro birikishi, ularning bajaradigan vazifalari, ularga tushadigan kuchlar va bu detallar uchun tanlangan materialning bu kuchlarga chidash bera olishi, detallarning bir-biri bilan ta’sirlashishi natijasida ularning harakatlanishi va bu jarayonda bajaradigan ishlari, yasalgan ob’ekt universal asbob bo‘lishi uchun undagi ayrim detallarni ish jarayonida almashlash mumkinligi kabi bir qator echimlar chiqarilishi kerak. Detallarning materiali va geometrik shakllarini tanlashda o‘quv ustaxonasida ana shu materialning va stanok asbob-uskunalarining mavjudligini hisobga olish kerak. Moslama konstruksiyasida bo‘laklanadigan harakatli va harakatsiz birikmalar borligi hisobga olinadi.Ob’ektning detallari turli usullar: slesarlik ishlovi, tokarlik va frezalash stanoklarida ishlov berish bilan tayyorlanishi mumkin. SHunday kilib, talabalar texnik konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida mustaqil ijodiy faoliyati malakalarini egallashdan tashqari, ishlov berish operatsiyalariga doir malakalarini takomillashtiradilar va chuqurlashtiradilar, ya’ni maktab sharoitidagi to‘laqonli mehnat faoliyatiga tayyorlanadilar.Talabalarning asosiy e’tibori modellarni yig‘ishni tashkil qilishga, yig‘ishning tartibiga detallar va uzellarni biriktirish usullariga modellarni sinash jarayoniga qaratilishi kerak.Modellarni, moslamalarni sinashda ularning ishlashini o‘rganish lozim.Talabalarning har bir zvenosi uchun grafik tuzilib, ana shu garfik bo‘yicha konstruksiyalash va modellashtirish jarayonidagi barcha ishlar hisobga olinishi kerak.Texnik xujjatlar va texnologik asbob-uskunalar har bir modellashtirish ob’ektiga tadbiqan ko‘rib chiqiladi.
1. Texnik modellar va moslamalarning tuzilishi hamda ishlash prinsipining tafsiloti, shuningdek, ularni konstruksiyalash va takomillashtiirsh vazifalari.
2. Texnik modellarning umumiy ko‘rinishi va uzellari tuzilishining fotolari.
3. Modellar, asboblardagi uzellar va detallarning spetsifikatsiyalari.
4. Berilgan modellashtirish ob’ektlari detallarning chizmalari.
Bulardan tashqari, tayyorlanadigan detallar uchun tipovoy texnologik kartalar ro‘yxati ham beriladi. Bu kartalarning odatdagi texnologk karatadan farqi shuki, ular bitta detal uchun emas, geometrik shakllari va konstruktiv belgilari o‘xshash bir nechta.
Modelning tuzilishi va ishlash prinsipi tafsilotini o‘qib, uning ko‘rinishi fotosuratini sinchiklab kuzatish lozim. Bunda talabalar diqqat e’tiborini uzellarning umumiy tuzilishiga, o‘zaro joylashuviga, geometrik shakllari va parametrlariga qaratalishi kerak. Ana shundagina uzellarning fotosuratlarini o‘rganishda ularning modelda o‘zaro joylashuvini, biriktirilgan va mustahkamlangan joylarini yaxshiroq bilib olish mumkin.
Modelning uzellarini ko‘rib chiqishda talabalar ayrim detallarning tuzilishiga, tashqi ko‘rinishiga, geometrik shakllari va uzeldagi birikish usullariga ahamiyat berishlari zarur.
Modelning uzellari rim raqami bilan detallari esa arab raqami bilan belgilanadi.
Mazkur modelning spetsifikatsiyasiga ana shu nomerlar qo‘yiladi. Bularni bilib olinsa, spetsifikatsiyaga qarab har bir detalning xarakteristikasini to‘liq tasavvur etish qiyin emas. Detallar yoyilmasiga bir qarashda ularning hech qanday umumliyligi yo‘qdek tuyulishi mumkin. Ammo bu ularning tashqi ko‘rinishidagi farqidir. Agar bu detallar sinchiklab o‘rganilsa, ularning konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasida anchagina umumiylik borligini ko‘rish mumkin va faqat qator operatsiyalar ularni bir-biridan farqlantiradi. SHuning uchun ham tipovoy texnologik karta tuzishda model detallari orasidan eng murakkabi va boshqa detallar bilan orasida umumiylik eng ko‘p bo‘lgan detal tanlab olinadi va unga nisbatan tipovoy texnologik karta tuziladi. SHunday qilib, talabalar modelning boshqa detallarini yasash vaqtida ushbu texnologik kartadan foydalanishlari va ulardan shu detalga mos kelmaydigan operatsiyalarni chiqarib tashlashlari kerak.
3. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish uchun tegishli materiallar detallarning hamda yig‘ish birliklarining sharoitlarini, ana shu detal va yig‘ish birliklariga ta’sir qiladigan kuchlarning xarakterini nazarda tutgan holda tanlanadi. Bunda materiallarning tegishli adabiyotlardan topish mumkin bo‘lgan xossalarini albatta hisobga olish kerak. Masalan texnik konstruksiyalash va modellashtirishda a guruhdagi ST 1, ST 4 markali va B guruhdagi BST 1 va BST 4 markali sifati o‘rtacha uglerodli konstruksion po‘latlar keng qo‘llaniladi.
Mana shu po‘latlar odatda, yuzasi turli darajada pardozlangan sortli prokatlar holida (kvadrat, list, doira, olti burchak, sim, lenta va h.k.) chiqariladi. Latun va bronza kabi qotishmalar vtulka, sirg‘anadigan podshipnik va boshqa ishqalanadigan detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Alyuminiy asosli qotishmalar (dyuralyuminiy va siluminiy) texnik modellarning terli detallarini tayyorlashda ishlatiladi.
Qishloq xo‘jalik texnikasini, avtotransport va traktorlarni modellashtirish uchun juda ko‘p shkivlar, g‘ildiraklar, zanjirlar va h.k. lar kerak. Ularning zagotovkalarini AL4, AL7 alyuminiy qotishmalaridan quyish mumkin.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda metallardan tashqari metallmas materiallar ham ishlatiladi. Modellar va texnik qurilmalarni yasashda ana shunday materiallardan yog‘och keng qo‘llaniladi. CHunki u oson ishlanadi, dastlabki berilgan shaklini uzoq vaqt saqlaydi va ancha mustahkam bo‘ladi. Kemalar va samolyotlarning modellarini, katta kuch tushmaydigan detallarni terak va tog‘terak yog‘ochlaridan tayyorlash mumkin. Bu yog‘ochlar juda engil bo‘lib, ularga ishlov berish juda oson.
Qarag‘ay mexanik jixatdan yuqori darajada mustahkam bo‘lib, juda yaxshi ishlanadi. Aviamodelchilik va kema modelchiligida yupqa qatlamli qarag‘aydan foydalaniladi.
Ulardan planer va samolyot modellarining fyuzelyajlari (korpusi) uchun reykalar, parraklar va boshqalar tayyorlanadi.
Aviamodelchilik va kema modelchiligida bambuk ham ko‘p ishlatidadi. U juda mustahkam tashqi qatliamga ega bo‘lib, tolalari bo‘ylamasiga yaxshi yoriladi, randa bilan tekislanadi, egov bilan ishlanadi. Undan tayyorlangan reykalar yaltiroq tomonining orqasidan alangada isitilsa, yaxshi bukiladi.
Elkanli kemalarning, yaxtalarning stolga qo‘yiladigan modellarini tayyorlashda ishlov berish oson, yaxshi silliqlanadigan qizil daraxt yog‘ochidan foydalaniladi. Elkanli kemalar maketini naqshlab bezash uchun rangli, chiroyli va yog‘ochi yaxshi nokhamda yong‘oq daraxti yog‘ochidan foydalaniladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda hozirgi kunda faner va yog‘och plitalarni qo‘llash keng tus olgan. Bunday plitalar qayin, tog‘ terak yoki qarag‘aydan 3, 5 yoki undan ko‘p qatlamli fanerdan iborat bo‘lib, ularni 1,5 mm dan 18 mm gacha qalinlikda, eni 725 mm dan 1525 mm gacha bo‘yi 1220 mm dan 2240 mm gacha o‘lchamda ishlab chiqariladi.
YOg‘och tolali plitalar mustahkamligiga qarab: yumshoq (M4, M12 va M120), yarim qattiq (PT100), qattiq (T350, T400) va o‘ta qattiq (ST500) plitalariga bo‘linadi. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda qo‘llaniladigan PT1, PT3 markali yog‘och – qipiq plitalarining bo‘yi 1800 mm dan 3660 mm gacha, eni 1220 mm dan 1830 mm gacha va qalinligi 10 mm dan 25 mm gacha bo‘ladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish ishlarida modellarning korpuslarini, aviamodellarning elementlarini va boshqalarni yasashda organik birikmalardan foydalaniladi. Organik birikmalardan tayyorlangan detallarni yopishtirish uchun elimlar sifatida benzol, atseton va dixloretan qo‘llaniladi.
Qalinligi 0,2 mm dan 5 mm gacha qilib (och jigarrang, oq rang) listlar ko‘rinishida chiqariladigan getinaksdan past chastotali dielektrik, har xil korpus detallari, tagliklar va h.k. lar o‘rnida foydalaniladi. Getinaks detal BF2 elimi bilan yopishtirilishi mumkin.
YUqorida aytilgan materiallardan tashqari tekstolit, viniplast, polistirol, kapron, polietilen va boshqalar ham ishlatiladi.
4. Moslama ko‘p mehnatni qisqartirishga, mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga qaratilgan. O‘quv jarayonida esa dastgoh asbob – uskunalarni texnologik imkoniyatini kengaytirishga material – texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.
Zamonaviy sanoat korxonalarida qidiruv – konstruktorlik faoliyati real metodlarni hisobga olgan holda tashkil qilish lozim, ya’ni, mexanizatsiyalash va avtomatlshtirish, progressiv texnologiya mehnatni ilmiy tashkil qilish va boshqalar. Ularni tashkil qilish va boshqalar turli – tuman moslamalardan foydalanishni taqozo kiladi.
Moslama – turli – xil texnologik jarayonlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan yordamchi qurilmadir. Moslama mahsulotning berilgan o‘lchamini va sifatini aniq ishlov berib olinishidan tashqari, mehnat unumdorligini oshiradi va mahsulotni tayyorlash muddatini qisqartiradi.

Eng ko‘p tarqalgan moslamalardan bu universal moslamalardir. Ular oz miqdorda o‘zlashtirilishi bilan bir qancha anlog shakldagi metalllarga ishlov berishga yordam beradi. (tiski, bo‘lish kallaklari va boshqalar). Universal moslamalar bilan bir qatorda dastgoh moslamalari ham qo‘laniladi.


Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin