Daxshat hikoyasi Bu hikoya avvalgi davrdagi muammolar ayollarga bo’lgan munosabatlar,haqarotlar, qo’polliklar oz bo’lsada ochib berilgan. Nima uchun shu vaqtlarda ayollarga nisbatan bunday xo’rliklar, haqoratlar va azoblar bo’lgan ? Shu vaqtlarda bunday xo’rliklar-u haqarotlarga qarshi kurashishga imkon bo’lmagan. Qanchadan –qancha ayollar, opa-singillarimiz shunday azoblarga chidab yashashgan .Bu hikoyada ham bitta qiz haqida bayon etilgan. U qiz bir odamning yettinchi xotini bo'ladi va unga bo'lgan munosabatlardan , xo'rliklardan qutilish uchun hattoki qabristonga borib choy qaynatib kelishga ham rozi bo'ladi va boradi. U yerda choyni ham qaynatadi lekin oyog'i qabrning ichiga kirib ketganida qo'rqib ketadi va tunda orqasidan birov kelayotgandek bo'ladi.
U shunchalik qo'rqqanidan paranjisini ham qabristonda unutib qoldiradi, lekin qaytib olishga yuragi dov bermaydi. Orqasidan kelgan narsa bo'lsa maymun bo'ladi. O'zi turmushga chiqqan inson u qaytib kelmasligi uchun o'zining maymunini yuborgan bo'ladi. Uni qo'yib yuborishdan ko'ra o'lib ketgani ma'qul deb hisoblaydi. U qabristondan qaytib keladi va uyiga ketish umidida uyiga boradi lekin uyga kelganida ahvolni ko'rib juda xafa bo'ladi. Chunki uning katta kundoshining bitta ko'zi bog'langan bo'ladi. Undan nima bo'lganini so'raydi va eri uni kaltaklaganini bitta ko'zini ko'r qilganini eshitadi. Kechroq uyiga yo'l olishga umidvor bo'lgan qiz ketishni intizorlik bilan kutadi. Lekin kechga yaqin joni uziladi bunga sabab juda qo'rqqani bo'ladi. Shu bilan hikoya bu qizning o'limi bilan tugaydi.
Hozirgi kunda shunday azob va haqarotlarga chek qo’yilgan. Ayollarimiz bizning opa-singillarimiz ularni asrab-avaylashimiz kerak. Shu paytda qancha ayollar bunga qarshi kurashish va bu narsalarga chek qo’yish uchun qurbon bo’lishgan.
Lekin hozirgi kunda ularning qilgan harakatlari bekor ketmagan. Chunki hozir bunga qarshi ko’plab cheklovlar qo’yilgan. Hattoki bunday shavqatsizliklarga davlatimiz tomonidan katta jazolar va eng og’ir jinoyatlar qatorida bo’lgan qonunda berilgan bunday jinoyatlarga eng og’ir jazolar ham berilgan.
Bizning davlatimiz ayollarga bo'lgan bunday munosabatga hech qachon befarq qarab turmaydi. Lekin hozirgi kunda ham shunday odamlar yo'q emas biz o'zimiz ham bunday narsalarga befarq bo'lib qolganmiz.Davlat tomonidan himoya qilingan bilan biz o'zimiz ham harakat qilishimiz kerak.