Mavzu: Biologiya o`qitishning moddiy bazasi. Reja



Yüklə 78,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix04.05.2023
ölçüsü78,24 Kb.
#107254
  1   2   3
11 ma`ruza



Mavzu: Biologiya o`qitishning moddiy bazasi.
Reja: 
1. Biologiya kabineti va uning jihozlanishi 
2. Ko`rgazmali qurollar shakllari va xilma-xilligi 
3. Asosiy o`qitish vositalar 
Maktabda biologiya xonasini tashkil etish 
Umumiy o`rta ta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
orqali o`quvchilarda DTS talablariga monand holda bilimlarni shaklantirish, 
ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam ko`rsatish 
uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Biologiya 
xonasi uchun yo`lakka yaqin joylashgan oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq 
bo`ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, ko`rgazmalar tashkil etish mumkin. 
Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o`quv xonasi, 2 laboratoriya hamda tarik 
tabiat burchagi xonalaridan iborat bo`lishi kerak. 
Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya o`qituvchisi zimmasiga 
yuklatiladi. Biologiya xonasi qo`yidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo`naltirilgan:
Ta’limning samaradorligi oshirish maqsadida o`quv jarayonini tashkil etishda kerak 
bo`ladigan jihozlar bilan ta’minlash; dars va o`quv jarayonining boshqa shakllarida 
o`qitishning texnik vositalaridan foydalanish; O‘quvchilar bilimini aniqlash, nazorat 
qilish va baholashda EXM ning nazorat dasturlaridan foydalanish; biologiya 
bo`yicha sinf va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarni olib borishda kerak bo`ladigan 
jihozlar bilan ta’minlash; O`quv xonasi o`rtacha 70 m2 atrofida bo`lishi kerak.
Laboratoriya xonasi 35-40m2 bo`lishi kerak. Biologiya o`quv xonasi quyidagilar 
zarur bo`lgan mebel va maxsus jihozlar bilan jihozlanadi: doska, o`qituvchi stloi va 
stuli, namoyish stoli, o`quvchilar uchun parta va stul, preparat va mulyaj
saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetning etika va 
estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada o`simlik va hayvonot dunyosining 
evolyusion rivojlanish tarixini, ko`zga ko`ringan biologlarning portretlari qo`yilsa 
maqsadga muvofiq bo`ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida
tajriba, amaliy ish va kuzatishlar o`tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini 
o`z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish 
hamda yig‘ib olishga moslashgan bo`lishi kerak. Bu o`z navbatida o`quv qurollarini 
muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez topish va 
tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o`quvchilarda o`quv mehnatini 
tashkil qiish madaniyatini tarbiyalaydi. Laboratoriya xonasi biologiya xonasining 
ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o`quv-ko`rgazma qurollar, asboblar, 
idishlar, ya’ni o`qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo`lgan barcha qo`llanmalar 
saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar, labaratoriya 
va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun yo`riqnoma berish hamda ko`rsatmalarni 
hammasi ma’lum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga
kiritiladi. Bulardan tashqari laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o`tkazish
uchun zarur materiallar tayyorlanadi, ko`rgazmalar ta’mirlanadi. Stolda jo`mrakli 
suv krani bo`ladi. Undan idishlarni yuvishda foydalaniladi. Biologiya o`qitish 
xonasi, labaratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil qilish lozim. 
Tirik tabiat burchagida faqat tirik o`simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida 


tajribalar o`tkazish hamda darslarda namoyish qilish uchungina emas, balki 
darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat 
burchagini imkon darajasida biologiya xonasining yaqinidagi fayeyda tashkil qilish 
mumkin. Maxsus joyni tashkil etishda tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish, 
biologik talablarga mos kelishini e’tiborga olish kerak. Saqlanayotgan har bir 
o`simlik va hayvon oldiga pasport qo`yiladi. Bu tanishish imkoniyatini beradi, 
hamda tajriba va nazorat obektlari ustida o`lchash va ma’lumotlarni yozib borish 
bilan kuzatishlarga imkon beradi, tirik tabiat burchagi o`quvchilarda o`simliklar va 
hayvonlarni parvarishlash bo`yicha mehnat madaniyatni tarbiyalaydi: ijtimoiy-
tashkiliy ko`nikmalar va ijtimoiy- maktab mulkiga extiyotkorlik munosabati 
o`simlik va hayvonlarni parvarishlash orqali ularni asrash, ko`paytirish hislarini 
tarkib toptirishga yordam beradi. Umumta’lim maktablarida biologik ta’limning 
samaradorligi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari bo`lgan dars, darsdan 
va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab darajasida o`tkazishga bog‘liq. 
Mazkur mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo biologiya o`quv 
xonasi, lobaratoriya, tirik tabiat burchaklarini to`liq jihozlashga bog‘liqdir.

Yüklə 78,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin