Mavzu: Biologiya o`qitishning moddiy bazasi. Reja



Yüklə 78,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix04.05.2023
ölçüsü78,24 Kb.
#107254
1   2   3
11 ma`ruza

Biologiya o`quv xonasi.Biologiya o`quv xonasini jihozlash va uni yil davomida 
boyitib borishni hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda 
turishini ta’minlash asosiy vazifalaridan biridir. Biologiya o`quv fani asosan tirik 
organizmlar to`g‘risida bilim beruvchi fan. Biologiya o`quv fanini DTS talablari 
asosida o`qitish, tirik organizmlar ustida ko`rgazmali va amaliy usullarni qo`llash 
asosida mashg‘ulotlar o`tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni 
talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib 
boriladigan, zarur jihozlar, asboblar, jismlar, jadvallar saqlanadigan, “tirik tabiat 
burchagi” xonasidan iborat bo`ladi. O`quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar 
bilan jihozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi. O`quv xonasi jihozlanganda 
fanining mazmunini to`liq qamrab olgan bo`lishi kerak. Kabinet old tomonida 
doska, o`ng tomonida televizor, chap tomoniga kompyuter qo`yiladi. Doskaning 
chap tomoniga o`simlik va hayvon xujayrasi stend yoki modeli o`ng tomonida 
organik olam rivojlanish evolyusiyasi, oyna tomoniga xonagullari, orqa tomoniga 
biologiyaning bo`limlari bo`yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo`limga tegishli 
bo`lgan jihozlar qo`yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa 
qo`shgan 
olimlar 
jumladan, 
YE.P.Karovin, 
I.A.Raykova, 
T.Z.Zohidov, 
A.A.Muzaffarov, 
YO.X.To`raqulov, 
B.O.Toshmuhammedov, 
J.A.Musayev, 
A.Abdullayev kabilarning portretlari qo`yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir 
biologiya fani talablariga javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. 
Tajriba o`tkazish uchun mo`ljallangan asboblar so`ngi fan texnika yutuqlari 
darajasida bo`lishi, texnik estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigiyenasi 
talablariga javob berishi lozim. Shu sababli o`quv va laboratoriya xonalari o`quv 
asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo`lgan umumiy talablar mavjud.

Yüklə 78,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin