Tarix o’qitishning ko’rgazmali metodlari va maktabda tarix kabineti
Reja:
1. Maktab tarix xonasining o’qitishda, o’quvchilarni tarbiyalashda va ularning bilimini rivojlantirishdagi ah’amiyati.
2. Tarix xonasini uskunalar bilan taminlash.
3. Tarix xonasi-o’qituvchining metodik ish faoliyati sifatida. Tarix xonasi sharoitida ishlarni tashkil qilish.
Maktablardagi tarix xonasi o’quvchilar bilan mashg’ulotlar bazasi bo’lib qolmasdan, o’qituvchining metodik ishlarining h’am bazasi h’isoblanadi. O’quv-ko’rgazma qo’llanmalari fondi, o’qitishning texnik usullari, kutubxona fondi joylashgan tarix xonasi o’qituvchi xizmatini yana h’am yuksaltiradi. Metodik ijodietga sharoit yaratib berib tarix xonasi o’qituvchining tayergarligiga yuqori talab quyadi. O’qituvchi xonadagi diafilm, kinofilm, fonozapis va h’okozalarning mazmuni bilan yaxshi tanish bo’lishi kerak. Har tomonlama jih’ozlangan kabinetlardagi bor materiallarni darsda kompleks foydalanish masalasi turadi. Bunday kabinetlar talim usul va natijalariga, o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga tasir etadi. Kabinet o’quvchilarda qiziqish uyg’otadigan, faolligini o’stiradigan o’rin bo’lishi kerak.
Kabinet tarixiga to’xtalsak, 1917 yilga qadar maktablar kabinetlarga ega emas edi. 30- yillardagi maktab tarixiy talimidagi qayta qurishga muvofiq kabinetlar yo’qotilib, o’quvkurgazma qo’llanmalar maktabning metodik kabinatlariga berildi.
Maktablarda kabinet tizimining qayta tiklanishi Vatan urushidan keyingi davrga tug’ri keladi.1945 yil avgustda jih’ozlangan kabinetlari bilan maktablar tashkil qilish h’aqida qaror qabul qilindi. (Narkompros va RSFSR ped. fanl. Akademiyasi tomonidan).
60 yillarning II yarmidan boshlab bosma uo’rgazma qo’llanmalarning o’sishi bilan tarix xonalari to’ldirilib borildi. Shu vaqttan boshlab o’qituvchilarning tajribalari asosida eng yaxshi tarix xonalari tashkil qilindi.
Hozirgi tarixiy talimni yuksaltirish masalasi turgan bir paytda tarix xonalarining o’ziga xos o’rni bor. Faqat eng zarur, eng zamonaviy diqqatiga sazovor qilish o’qituvchi mah’oratiga bog’liq.
Kabinet bazasi uchta asosiy elementlardan shakllanadi: a’) maxsus va qurilmalar bilan jih’ozlash; g’) zarur apparatura va; q) o’quv qo’llanmalari fondi. Tarix kabinetlarini jih’ozlash, talim, tarbiya ishlarida katta effekt bo’lishini taminlashga qaratilishi kerak.,
Jah’on talablariga javob beradigan tarix kabinetlarida o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini yuksaltiradigan jih’ozlar talab qilinadi. Pult bilan boshqariladigan texnik o’qitish usullari katta ah’amiyata ega. Agar u o’qituvchi stolida o’rnatilsa vaqt tejaladi. Kabinetning old devorida stendlar, montaj, kartinalar qo’yish kerak emas. Faqat portretlar bo’lishi mumkin. İntererning jih’ozlanishi o’quvchilarni o’quv jaraenidan shalg’itmasligi kerak. O’rtadagi sinf doskasi qo’zg’olmali bo’lishi mumkin. Oq rangga buyalgan doskaning bir qismini ekran sifatida eki h’ar xil applikatsiyalar uchun foydalanish mumkin. Aloh’ida kinoekran doska tepasiga o’rnatiladi. Karta, tablitsalar bilan ishlash uchun doskada ilgichlar o’rnatiladi. Orqadagi devorda (kombinirovannıy) shkaflar qo’iylishi mumkin. Bunda karta, atlas, kitoblar qo’yiladi va (diopozitivlar, diafilm, lentalar saqlanadi.
Derazalarga qarama-qarshi devorda ekspozitsion qurilmalar o’rnatilgan bo’ladi. Shuningdek kabinetda inventarizatsiya kitobi bo’lishi kerak. Kabinet kartotekasi rubrikalar bo’yicha olib boriladi. Masalan: ”Karta” rubrikasi yanada rubotkalarga bo’linishi mumkin: ”O’rta asrlar tarixi bo’yicha kartalar”, ”Amir Temur Davlati va h’. h’ar bir kartaning orqa tomoniga uning atamasini va inventarizatsiya kitobidagi nomerini qo’shib ezib qo’iyladi.
Kabinet apparaturasiga 16 mm kinoproektor, grafoproektor, diaproektor, magnitafon, proigrıvatel, televizorlar kiradi.
Kutubxona-tarix kabinetidagi zaruriy komponentdir. Bunda darsdan tashqari o’qishlar uchun mos ravishda ilmiy-ommobop , badiiy-tarixiy kitoblar yig’ilgan bo’ladi. Ayniqsa, malumotnoma adabietlar ah’amiyatli. Kabinet kutubxonasida h’ar xil gazetalar, mah’alliy gazetalarning yangi sonlari bo’lishi kerak. Malumotnoma bo’limida tematik materiallar bilan ”papka” lar saqlanadi. Masalan, “Tarixda yangiliklar”, ”Bizning kunlarimizning qah’ramonlari”, ”Arxeologiya yangiliklari” va boshqa mavzu bo’yicha materiallar tuplanadi. Bularni dars paytida h’am. ko’rgazmalar tashkil qilish, ah’amiyatli sanalarni belgilash va boshqa ishlarda foydalanish mumkin.
Tarix kabinetlarida auditorial o’qitish usullarining 3 guruh’ining bo’lishi talab qilinadi: 1) diafilm, diapozitiv, grafoproektor uchun transparantlar; 2) dinamik ekran qo’llanmalari- o’quv kino va televidenie; 3) radioko’rsatuvlar, tarixiy voqealarning guvoh’larining chiqishlari ezilgan magnit plenkalari.
Tarix kabinetlarida o’qituvchi boshchiligida o’quvchilarning maketlar, modellar tayerlashi amalga oshiriladi.
Kabinet sharoitida ishni tashkil qilish va uning samarali natijasiga erishish o’qituvchining faoliyatiga bog’liq. Tarix kabinetida dars o’tishda faqat kinodars bilan cheklanib xatoga yo’l qo’ymaslik kerak. Dars materiallariga qo’shimcha bor imkoniyatlardan foydalanish kerak. Kabinetda ishni tashkil qilish o’qituvchiga h’ar xil malumotlardan foydalanishga imkon beradi. Bu erda h’ar xil o’qitish usullarini qo’llashga imkon tug’iladi.
Kabinet devorlariga o’quvchilarning mustaqil ish kunikmalarini h’osil qilishda erdam beradigan instruktiv materiallar joylashtiriladi. Masalan: “Konspektani qanday ezish kerakO’”, Tezislar qanday tuzuladi” va h’okoza.
Har tomonlama jih’ozlangan va taminlangan tarix kabinetida h’ar xil darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish mumkin. Masalan, tarixiy tugarak, lektoriya, o’lkashunoslik burchagini eki tarixiy burchlar, muzey tashkil qilish ishlari, disputlar, viktorinalar, kurgazmalar, tarixiy voqea guvoh’lari bilan uchrashuvlar, tarixiy byulletenlar chiqarish, devoriy gaeta chiqarish, darsdan tashqari o’qishlar tashkil qilish va h’.
Demak, tarix kabinetlarida o’qitish jaraenida talim-tarbiyaga kompleks endashuv amalga oshiriladi.
Adabiyotlar:
1. Apparovich N. Poltorak D.İ. Kabinet istorii i obshestvovedeniya v shkole. M,, 1982.
2. Sadiev A. Maktabda tarix o’qitish metodikasi.T.,1988
3. Zavade A.S. Kak ustroit kabinet istorii. -”Prepodovanie istorii v shkole”.M., 1978N1
4. Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy talim maktabida o’qitish metodlari.T.. 1990
Dostları ilə paylaş: |