Mavzu: Biologiya o`qitishning moddiy bazasi. Reja



Yüklə 78,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix04.05.2023
ölçüsü78,24 Kb.
#107254
1   2   3
11 ma`ruza

1.Pedagogik talablar: O`quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda 
vositalar darsda o`rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, o`quvchilarning 
obektlarning tuzilishini to`liq tasavvur etishlariga yo`naltirilishi bilimlarni yodda 
saqlash va amaliyotda qo`llashga yordam berishi, biologik ta’lim jarayonida 
ko`rgazmaviylik prinsipini amalga oshirish, shuningdek ilg‘or pedagogik va axborot 


texnikalarini qo`llash orqali o`quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta 
o`zalshtirishlari uchun, o`kuv va amaliy ko`nikmalarini tarkib toptirishi, ularni 
mustaqil hayotga tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim. 
2.Biologiya xonasiga qo`yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari: Xonadagi 
o`quv jihozlarining barchasi ta’limning texnikaviy vositalari va mehnat gigiyenasi 
hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. O`quv xonasida texnik 
vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi (eslatmalar) 
bo`lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga to`liq rioya qilish baxtsiz 
xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning ishonchli garovidir. 
3.Estetik talablar: Xonaga qo`yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning 
elementlari va umumiy ko`rinishi go`zalllik qonuniyatlariga javob berishi, 
o`quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o`quvchida ham, o`qituvchida ham 
qoniqish xissini hosil qilishi kerak.
Xonadagi ko`rgazmali manbalar: 
Optik asboblar – biologiya darslarida ko`proq optik asboblar, ya’ni mikroskop va 
lupadan foydalaniladi. Ular ko`zimizga ko`rinmaydigan xayvonot va o`simliklar 
organizmning anatomo – morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning 
tuzilishini o`rganish uchun foydalaniladi. Biologiya darslarida foydalaniladigan 
ko`rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy qurollarga bo`linadi. Tabiiy 
preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, gerbariy tablitsalari va 
amaliy ishlar uchun quritilgan o`simlik uning organlaridan tayyorlangan tarqatma 
materillar kiradi; zoologiyadan – xasharotlar kolleksiyalari va umurtqasiz 
xayvonlar tiplarining fiksatsiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini 
ko`rsatuvchi xo`l preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa 
vakillarining tulup (chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning 
ayrim qismlari, baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va 
boshqalar; odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasidan – odam skeleti, ayrim 
suyaklari mikropreparatlar va boshqalar kiradi.Tasviriy ko`rgazmali qurollar: har 
bir kurs bo`yicha tablitsalar va rasmlar; odam anatomiyasi, fiziologiya va 
gigiyenasi kursi uchun qismlarga ajratiladigan odam gavdasi va mulyaji va ayrim 
organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi uchun maymun kalla suyaklari va 
miyasining mulyajlari diapozitivlar va mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – o`quv 
jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim 
ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars 
davomida tajriba, amaliy ish kuzatishlar o`tkazishda, jadvallar, video filmlar, 
diapozitlarni o`z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni 
tarqatish hamda yig‘ib olishga moslashgan bo`lishi kerak.

Yüklə 78,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin