Robot (Chexcha: robota - "mehnat"), sunʼiy mexanik qurilmadir. U odatda elektromexanik tizim boʻlib, odam mehnatini bajaradi. Robot soʻzi bilan virtual dasturiy taʼminot agentlariga ham aytilishi mumkin, biroq ularni bot deyish qabul qilingan.[1]
Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina deb ham atashimiz mumkin. Robot terminini birinchi marta 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapek oʻzining "R. U. R." pyesasida ishlatgan.
Robotlar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan R., odam (operator) boshqaradigan R. va sunʼiy intellektli (integralli) R. Ish bajarish turiga qarab, R. manipulyatorlar, axborot uzatuvchi R., odimlovchi R. va boshqalarga boʻlinadi. R.larning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. R.lar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan R.lar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan R., Mas, R.manipulyatorda "mexanik qoʻllari" va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha R. avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. R.manipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. R.lar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
R.lardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan R."geolog", notani "oʻqib" elektr gitara chaladigan R."mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan R."sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan R."gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada esa R.lar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) R.lar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan R.ni yasash bilan shugʻullanishmokda. Bunday R.ning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. "Klaus" laqabli ushbu R. 2000 yilda namoyish qilingan. U boshqa R.lar kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu R. 2002 y.gi koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday R.lar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. "Soni" kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy intellektli "Aybo" ("Oʻrtoq") nomli R.ni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va boshqalarni) bajaradi.
Mirkomil Mirboboyev.[2]
Aynan qanday mashinalar robot, deb atalishi mumkinligi haqida bahslar ketayotgan boʻlsa-da[3][4][5], odatiy robot quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi:
Tabiiy emas, yaʼni ongli mavjudot tomonidan yasalgan.
Atrof-muhitni kuzata oladi (koʻrish orqali kuzatishi shart emas; boshqa tur sezgi ham boʻlishi mumkin).
Atrof-muhit bilan interfaol munosabatda boʻla oladi.
Qandaydir darajada aqlli, yaʼni (mustaqil yoki oldindan dasturlangan) qaror qabul qila oladi.
Dasturlana oladi.
Aylanish yoki parallel koʻchish oʻqlari bilan harakat qila oladi.
Epchil manipulatsiyalarni bajara oladi.
Irodasini namoyish qila oladi (bu sifat muhim emas, zero antropomorfizmga taalluqlidir[6]).
Dostları ilə paylaş: |