9-mavzu: Turli polimerlar asosida tashuvchilar olish Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi



Yüklə 16,11 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü16,11 Kb.
#107269
9-mavzu Turli polimerlar asosida tashuvchilar olish Amaliy mash


9-mavzu:Turli polimerlar asosida tashuvchilar olish
Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi
Polimer loyini tayyorlash uchun kerak bo`ladigan xom ashyo va asbob-uskuna,
moslamalar:
– 1 stakan kraxmal (200 gramm); – 1 osh qoshiq limon sharbati (15 ml); – sirli idish;
– yog`och qoshiq; – 200 gr PVA yelimi;– rang berish uchun turli xil rangli bo`yoqlar;
– qo`l kremi;– 2 tomchi glitserin;– suv;– mineral moy;– 1 stakan makkajo`xori uni.
Polimer loyini tayyorlash ketma-ketligi:
1. Polimer loyini tayyorlash uchun sirli idishga PVA yelimi va suv quyib ilitiladi.
2. Kraxmal solib, yog`och qoshiq bilan aralashtiriladi.
3. Quyuq massaga keltirilgach, ustidan mineral moy, limon sharbati, glitserin solib, yana bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi.4. Tayyor bo`lgan massa yaxshi ishlanishi uchun qo`l kremi solinadi va aralashtirish davom ettiriladi.5. Polimer loyi yaxshi turishi uchun yelimxaltada saqlanadi.Plastmassalarni shtamplash. Bu usulda listovoy tayyorlanmadan iborat termoplastlar buyumga aylantiriladi. Buyumning shakli qizdirilgan listni botirish va uni sovutish yo`li bilan hosil qilinadi.
Shtamplashda shakl berishning ikki usuli bo`lib: yo`naltirilgan botirish va erkin botirish usullaridir.Yo`naltirilgan bostirishda buyum shakli matrisa bilan puansonning ish yuzalari shakliga yoki matrisaning ish yuzasi shakliga bog`liq. Faqat matritsa ishlatilganda (erkin) bosim ostidagi havo ishlatiladi yoki vakuumdan foydalaniladi.Erkin botirishda shakl hosil qilish usuli yirik buyumlar tayyorlashda qo`llaniladi. Bu usulda havoning bosimidan hamda vakumli pnevmatik usulda foydalaniladi. Bu paytda buyum shtamp devoriga ishqalanmaydi, bu esa optikaviy tiniq buyum tayyorlashga qulaylik yaratadi.
Preslash. Plastmassalarni preslash deganda odatda ularni yopiq kameralarda bosim ostida ta`sir ettirib ishlash tushuniladi.Preslash odatdagi va quyma preslashga bo`linadi. Odatdagi preslashda preslanadigan plastmassa ikki qattiq jism orasida preslansa, quyma preslashda esa plastmassa maxsus quyma jism (shakl) yordamida preslanadi.Hozirgi vaqtga kelib, o`z xossalari jihatidan xilma-xil plastmassalar, rezina buyumlar, shu jumladan, juda puxta konstruksion plastmassalar, yarimo`tkazgichlar, o`tkazgichlar va boshqa plastmassalar turmushda foydalaniladi.Bu materiallar, ko`pgina hollarda qimmat turadigan metallar o`rnida ishlatilmoqda. Bundan tashqari, texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalarning joriy qilinishiga ko`p darajada bog`liqdir.Ko`pincha, plastmassalar bir necha xil moddadan iborat bo`ladi. Masalan, ular tarkibiga bog`lovchi va to`ldiruvchi moddalar, plastifikatorlar, bo`yoq moddalar va boshqalar kiradi.Plastmassadan turli xo`jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi.Xo`jalik tovarlari ishlatilishi bo`yicha idishlar ko`zalar, non idishi, patnislar, tuzdon, elektr sovitkich idishlari, vannaxona va hojatxona buyumlari, bog` va poliz anjomlari hamda uy jihozlariga (gultuvaklar, suyanchiqsiz kursilar, parda dorlari) bo`linadi.
Plastmassadan attorlik buyumlari: taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va pardoz-andoz buyumlari, turli o`yinchoqlar, gullar, devonxona hamda fotografiya buyumlari kabi madaniy tovarlar ham ishlab chiqariladi. Mahsulotlar ishlab chiqarishda ularni bezararligi va yong`in xavfsizligiga e`tibor beriladi.Fenoplastlardan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan fenol va formaldegid insonning asab tizimiga salbiy ta`sir qiladi. Ammo plastmassalardan faqat sovuq holatda iste`mol qilinadigan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Poliamidlardan issiqlikda ajralib chiqadigan kaprolaktan tomir nevrozi kasalligiga yo`liqtirishi va jigar faoliyatigasalbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Polistirol o`zidan issiq holatda asab tomirlariga zarar yetkazadigan stirol ajratib chiqaradi. Oziq-ovqat buyumlariuchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo`lishi kerak.
Rezinalar. Hozirgi zamon texnikasida yuqori elastiklikka ega bo`lgan materiallar juda katta ahamiyatga ega. Bunday materiallardan zarbli kuch ta`sirini yumshatadigan vositalar (amortizatorlar) hamda tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma (dempfer)lar yasaladi. Bundan tashqari, ulardan jipslovchi vositalar tayyorlashda, uskunalarni tashqi muhit ta`siridan saqlashda ham foydalaniladi. Yuqori elastik materiallarga tabiiy va sintetik polimerlarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Bunday materiallar, odatda, juda katta qaytar deformatsiyaga ega bo`ladi.
Hozirgi zamon mashinasozligida rezinadan tayyorlangan vositalar juda keng qo`llaniladi. Bulardan eng muhimi avtomobil shinalari, har xil jipslovchi vositalar, amortizatorlar, harakat o`tkazuvchi vositalar, shlanglar va hokazolar.Rezinalardan uskuna va qurilmalarni tashqi muhitdan muhofaza qilishda, elektr simlarining sirtini qoplash (kabellar tayyorlash)da foydalaniladi.
To`ldirgichlar va plastifikatorlar.
To`ldirgichlar. To`ldirgichlar tarkibi jihatidan organik va anorganik to`ldirgichlarga, strukturasi jihatidan esa tolali va donador (ba`zan kukun) to`ldirgichlarga bo`linadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda to`ldirgichlar sifatida organik to`ldirgichlardan – yog`och kukuni, yog`och sellyulozasi, yog`och shponi (yupqa taxtalar), paxta taramlari, ip-gazlama, sintetik tolalardan to`qilgan mato; anorganik to`ldirgichlardan – asbest tolasi va to`qimasi, shisha tolasi, shisha tolasidan to`qilgan mato, qisqa tolali asbest (kukun to`ldirgich sifatida), kaolin, kvars kukuni, ohak va boshqalar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibiga kirgan to`ldirgichlar ularning xossalarini yaxshilaydi, bundan tashqari, nisbatan arzon bo`lgani uchun buyumlarni arzonlashtiradi.Organik to`ldirgichlar polimerlarni yaxshi singdiradi. Tolali to`ldirgichlar buyumlarning uzilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshiradi. Anorganik kukun to`ldirgichlar buyumlarning suvga va issiqqa chidamliligini va qattiqligini oshiradi, ularning g`ovakliligini va gidroskopikligini pasaytiradi.Termoplastik smolalarga qo`shiladigan plastifikatorlar ularning yumshash temperaturasini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi. Plastifikatorlar sifatida hammadan ko`proq yuqori temperaturada qaynovchi kichik molekulyar suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar va boshqalar ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib bo`kadi, bunda plastifikatorning molekulyarqatlamlari zanjiriy makromolekulalar atrofida joylashib, ular orasidagi bog`lanishlarni zaiflashtiradi. Polimerning yumshash temperaturasining pasayishi va uning shishalanishiga, ya`ni qizdirilganda shishasimon holatdan qovushqoq-oquvchan holatga va sovitilganda yana shishasimon holatga o`tishining sababi ham ana shunda.
Yüklə 16,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin