9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlar



Yüklə 16,17 Kb.
tarix19.04.2022
ölçüsü16,17 Kb.
#55782

9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlar

Natija


0 / 41 - 0%

#1. Taqdim etish usuli bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.

matematik va iqtisodiy matematik

statik, dinamik

o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot

*axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy

#2. Obyektning vaqt davomida o‘zgarish jarayonini aks ettiruvchi modellar – … .

statik modellar

o‘quv modellari

imitatsion modellar

*dinamik modellar

#3. Biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlar ketma-ketligi qanday ataladi?

algoritm ijrochisi

diskretlilik

*algoritm

aniqlilik

#4. Birorta shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga ... deyiladi.

*takrorlanuvchi algoritm

chiziqli algoritm

aralash algoritm

tarmoqlanuvchi algoritm

#5. Jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun qo‘llaniluvchi modellarni ko‘rsating.

imitatsion modellar

*ilmiy-texnik modellar

tajriba modellari

o‘quv modellari

#6. Bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon qanday ataladi?

model


obyekt

*modellashtirish

soha

#7. Mantiq so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?



lotincha, fikrlash ilmi

yunoncha, so‘z boyligi

*yunoncha, fikrlash ilmi

lotincha, so‘z boyligi

#8. Vaqt omili bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.

*statik, dinamik

o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot

matematik va iqtisodiy matematik

axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy

#9. A mulohazaning qiymati rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda rost qiymatga o‘zgartira oladigan amal qanday ataladi?

implikatsiya

dizyunksiya

konyunksiya

*inversiya

#10. Algoritmning diskretlilik xossasining ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi shart

ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart

*algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak

har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim

#11. Xulosa deb nimaga aytiladi?

obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakliga

*tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakliga

obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakliga

qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalarga

#12. Algoritm turlarini kо‘rsating.

diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik

sо‘zlar, jadval, formula, grafik, dastur

sodda, murakkab, sikl

*chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi

#13. Tushuncha deb nimaga aytiladi?

*obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakliga

tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakliga

obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakliga

qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalarga

#14. Mantiqning qanday yo‘nalishlari mavjud?

falsafiy, dialektik, matematik

formal, fizik, matematik

falsafiy, fizik, matematik

*formal, dialektik, matematik

#15. Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?

inversiya

*konyunksiya

dizyunksiya

implikatsiya

#16. Quyidagi kod natijasini kо‘rsating: var= “James Bond” print(var[2::-1])

*maJ


Jam

dnoB semaJ

dno

#17. Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?



inversiya

implikatsiya

konyunksiya

*dizyunksiya

#18. Quyidagi kod natijasini kо‘rsating: str = “pynative” print (str[1:3])

*yn


py

yna


pyn

#19. Mulohaza deb nimaga aytiladi?

obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakliga

qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalarga

*obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakliga

tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakliga

#20. Agar hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga … deyiladi.

aralash algoritm

takrorlanuvchi algoritm

*tarmoqlanuvchi algoritm

chiziqli algoritm

#21. Biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi qanday ataladi?

soha

modellashtirish



*model

obyekt


#22. Quyidagi kod natijasini kо‘rsating: valueOne = 5 ** 2 valueTwo = 5 ** 3 print(valueOne) print(valueTwo)

55 555


*25 125

10 15


Error: invalid syntax

#23. Tafakkurning qanday shakllari mavjud?

so‘z, fikr, xulosa

tushuncha, mantiq, fikr

so‘z, mulohaza, fikr

*tushuncha, mulohaza, xulosa

#24. Algoritmni tasvirlash usullarini kо‘rsating.

sodda, murakkab, sikl shaklida

diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik

*sо‘zlar, jadval, formula, grafik, dastur shaklida

chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi shaklda

#25. 7//3 + 7//–3 kodning natijasini ko‘rsating.

0

*–1


1

xatolik qaytaradi

#26. Obyektni ma’lum vaqt ichida u bilan sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni hisobga olmasdan aks ettiruvchi modellar – … .

o‘quv modellari

imitatsion modellar

*statik modellar

dinamik modellar

#27. Inson tomonidan idrok etiladigan atrofdagi voqelik [narsa (predmet), jarayon, hodisa]ning biror qismi ... deb ataladi.

modellashtirish

model


soha

*obyekt


#28. Quyidagi kod natijasini kо‘rsating. var = “James” * 2 * 3 print(var)

JamesJamesJamesJamesJames

JamesJames

*JamesJamesJamesJamesJamesJames

Error: invalid syntax

#29. Dastur natijasini kо‘rsating. x = 0 a = 0 b = -5 if a > 0: if b 5: x = x + 4 else: x = x + 3 else: x = x + 2 print(x)

0

*2

4



3

#30. Python 3.x da quyidagi kod natijasini aniqlang: print(type(1 / 2))

class ‘int’

class ‘number’

class ‘tuple’

*class ‘float’

#31. a о‘zgaruvchi qanday qiymatni о‘zlashtiradi? a = 2, 3

3

2



23

*2, 3


#32. Quyidagi kod natijasini kо‘rsating: var1 = 1 var2 = 2 var3 = “3” print(var + var2 + var3)

Error. Mixing operators between numbers and strings are not supported

123

33

6



#33. Tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmga ... deyiladi.

*kombinatsiyalashgan algoritm

chiziqli algoritm

takrorlanuvchi algoritm

tarmoqlanuvchi algoritm

#34. Algoritmda belgilangan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajarishga qodir mavhum (abstrakt) yoki moddiy (texnik, biologik yoki biotexnik) tizim – … .

algoritm

diskretlilik

*algoritm ijrochisi

aniqlilik

#35. Quyidagi kod natijasini kо‘rsating: x = 36 / 4 * (3 + 2) * 4 + 2 print(x)

117


37

dastur xatolik chiqaradi

*182.0

#36. Abstrakt model turlarini ko‘rsating.



statik, dinamik

axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy

o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot

*matematik va iqtisodiy matematik

#37. Obyektni tadqiq qilish hamda uning bo‘lajak tavsiflarini prognozlashtirish (bashorat qilish) uchun qo‘llaniluvchi modellarni ko‘rsating.

ilmiy-texnik modellar

o‘quv modellari

imitatsion modellar

*tajriba modellari

#38. 7 / –3 natijasini kо‘rsating.

*–2.3333333333333335

–2.5


-2

-3

#39. A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan mulohaza qanday ataladi?



*implikatsiya

konyunksiya

inversiya

dizyunksiya

#40. Barcha ko‘rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonga … deyiladi.

takrorlanuvchi algoritm

*chiziqli algoritm

tarmoqlanuvchi algoritm

aralash algoritm

#41. Algoritmning asosiy xossalarini ko‘rsating.

so‘zlar, jadval, formula, blok-sxema

diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, murakkab, natijaviylik



sodda, murakkab, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik

*diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik
Yüklə 16,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin