9- sinf Yozma ishi III variant 1. Cu SO4 vaCd SO4 dan iborat aralashma suvda eritildi. Mis bilan kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritma 1930 sekund davomida 5 A tok bilan elektroliz qilindi. Boshlang’ich aralashma tarkibidagi tuzlarning massasini (gr) hisoblang. (6 ball).
2. Bir davrga tegishli metall va metallmas, elementlarni massa nisbatlari 1,175:1 bo`lgan ximiyaviy birikmalar hosil qiladi. Birikmani issiq suv bilan qayta ishlaganda zichligi 1,518 g/l (n.sh.) bo`lgan gaz ajralib chiqadi, u vodorod yodid bilan ta`sirlashib kristall modda hosil qiladi.
a) Masalada qanday elementlar to`g’risida so`z boradi?
b) Gaz ajralgandan keyin suvli reaksiyadan yuqorida keltirilgan metallni qanday olish mumkin?
v) Masalada, tilga olingan barcha moddalarni formulalarini va reaksiya tenglamalarini ko`rsating? (10 ball).
3. Noma`lum metall nitratning 50 g 10,44% li eritmasi bilan 200 g 1,36 % li sul`fat kislota tuzining eritmasi bilan aralashtirilganda 4,66 g cho`kma hosil bo`lgan. Agar reaksiyaga olingan moddalar o`zaro to`liq reaksiyaga kirishgan bo`lsa, boshlang’ich eritmalarda qaysi tuzlar bo`lganligini aniqlang. (8 ball).
4. Massasi 17,85 g bo`lgan xlorid kislota tuzi eritmasiga 49,68 g ikki valentli metall nitratining eritmasi qo`shilganda 41,7 g cho`kma hosil bo`lgan. Agar tuzlar orasidagi reaksiya miqdoriy bo`lsa, tajriba uchun qaysi metallar olingan. (8 ball).
9- sinf Laboratoriya ishi 1. Laboratoriya sharoitida atsetilenni olinishi va sifat reaksiyalari.
a) Jihozlar (nomlari ko`rsatilib, ajratiladi). b) Reaktivlar tanlanadi.
v) eritma tayyorlash. g) Ishni bajarilish tartibi.