9-sinf o’zbekiston tarixi (11 – 20-mavzular)


Quyidagilardan XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasida yuritgan siyosatiga oid noto’g’ri berilgan ma’lumotni aniqlang



Yüklə 38,17 Kb.
səhifə10/11
tarix02.08.2023
ölçüsü38,17 Kb.
#138394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-sinf O\'zbekiston tarixi(11-20-mavzular)

45. Quyidagilardan XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasida yuritgan siyosatiga oid noto’g’ri berilgan ma’lumotni aniqlang.
A) Turkiston o‘lkasida mustamlaka tartiboti harbiy
kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga
asoslangan;
B) Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan O‘rta Osiyoga tashish uchun temiryo‘l qurildi;
C) O’rta Osiyoning bosib olingan hududlarida Rossiya imperiyasining mustahkam o‘rnashib olishi va mustamlakachilik
siyosatining keng qamrovli olib borilishida temiryo‘llar muhim o‘rin tutdi;
D) 1886-yili Samarqandga dastlabki poyezd keldi, 1888-yilda esa temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi.


46. Quyidagilardan XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasida yuritgan iqtisodiy siyosatiga oid noto’g’ri berilgan ma’lumotlarni aniqlang.
1) 1867–1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning
aksariyat ishlari mashina kuchi bilan bajarilgan;
2) Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo‘lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar hisobidan ortib borar edi;
3) Korxonalarda ish kuni 12 – 14 soat bo‘lib, ishchilarning huquqini himoya qiladigan tashkilotlar bo‘lmagan, ishchilar shikoyat bilan hech kimga murojaat qila olmaganlar;
4) Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sanoat va boshqa turdagi mahsulotlarning o‘lkaga kirib kelishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar – hunarmandlar mahsulotlarining bozori kasodga uchrab, ularning kamayishiga olib keldi.
5) Rossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki mavjud tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga, arzon xomashyoga ega bo‘lishga, ularni tashib ketishga, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bu o‘lkada sotishga qaratildi;
6) Mustamlakachi hukumat uchun neft o‘lkada paxta va ko’mirdan keyingi o‘rinda turuvchi yuqori daromadli sohaga aylandi.
A) 1,2,6 B) 1,4,5 C) 1,3,6 D) 1,3,5


47. XIX asr oxirida qiyinchiliklar va xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf-odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy-ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. O‘lkaning turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi, asosan, kimlardan iborat edi?
A) dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi;
B) savdogarlar,yirik yer egalaridan iborat bo’lgan aholining o’ziga to’q qismi;
C) chorvadorlar,boy savdogarlar va sudxo’rlardan iborat aholining turli tabaqalari;
D) boy mulkdorlar,sudxo’rlar va shunga o’xshagan yulg’ichlar.



Yüklə 38,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin