9-SINF O’ZBEKISTON TARIXI
(11 – 20-mavzular)
1.Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga qarshi urushga uzoq tayyorgarlik ko’rishining asosiy sabablari qaysi yilgi ekspeditsiyalarning muvaffaqqiyatsizligi edi?
A) 1718 va 1819 B) 1717 va 1819
C) 1717 va 1839 D) 1718 va 1839
2.1873-yil may oyida qaysi shaharlar(qal’alar) yaqinida Rossiya imperiyasi va Xiva xonligi qo’shinlari o’rtasida janglar bo’lib o’tadi?
1)Hazorasp 2)Qo’ng’irot 3)Xo’jayli 4)Mang’it 5)Xiva 6)Xonqa
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4,5,6
3.Quyidagilardan Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida imzolangan Gandimiyon shartnomasi bandlari to’g’ri berilgan javobni aniqlang?
1) Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning o’ng sohili,unga qo’shni
yerlarning barchasi,bu joylarda yashaydigan o’troq va chorvador aholisi
bilan xon tasarrufidan chiqdi;
2) Amudaryo bo’ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga
keng huquqlar berildi;
3) Xivada rus savdogarlariga kattagina
yerlar ajratib berildi;
4) Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun xon va mahalliy hokimlar javobgar bo’ladigan bo’ldi;
5) Xivada rus savdogarlari o’zlarining savdo agentliklarini tuzish huquqiga ega bo’ldilar;
6) Rus savdogarlari
xonlikda erkin yurish,boj to’lovlarsiz savdo qilish huquqini qo’lga
kiritdilar;
7) Amudaryoning chap qirg’og’idagi ruslar uchun zarur va qulay bo’lgan yerga ular o’zlarining pristanlarini qurish huquqiga ega bo’ldi;
8) Shartnoma bo’yicha Xiva xonligi hududi 5
baravar qisqardi;
9) Xiva xonligi o’ziga qo’shni davlatlar bilan faqat Rossiya imperiyasi roziligi bilangina aloqa qiladigan bo’ldi.
A) 1,2,3,4,5,6,7,9 B) 1,2,5,7,8
C) 1,2,4,6,7,9 D) 1,2,4,6,7,8,9