Gibrid quyosh-shamol qurilmalarini akspemental usullarda o‘rganish alijonov Abbosbek Azizjon-o‘g‘li



Yüklə 60,35 Kb.
tarix06.04.2023
ölçüsü60,35 Kb.
#94030
GIBRID QUYOSH yangi


GIBRID QUYOSH-SHAMOL QURILMALARINI AKSPEMENTAL USULLARDA O‘RGANISH
Alijonov Abbosbek Azizjon-o‘g‘li
Andijon Mashinasozlik Instituti “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi assistenti
abbosbekalijonov2@gmail.com

So‘ngi yillarda an’anaviy konstruksiyali energetik qurilmalar orasida kichik quvvatli va vertikal o‘qli qurilmalar paydo bo‘ldi. Ular an’anaviy gorizontal o‘qli qurilmalarga nisbatan o‘zining konstruksion-dinamik afzalliklari tufayli yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi amaliyotda tasdiqlandi. Mamlakatimizda mavsumiy shamollar Bekobod va Qo‘qon shamollar mavjud bo‘lib, uning tezligi 25 m/s atrofida bo‘ladi. Bundan tashqari O‘zbekistonning turli hududlarida kunlik o‘rtacha shamol tezligi 2.5 – 6.5 m/s ga teng. An’anaviy shamol generatorlari 5 m/s tezlikdan past shamol tezligida ishlamaydi. O‘zbekiston xududining deyarli katta qismida bu shamol generatorlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.


Muammoning muhim jihati shundan iboratki, vatanimizning turli hududlarida va turli shamol tezliklarida, jumladan past shamol tezligida ham samarali ishlaydigan va turli quvvatlarga mo‘ljallangan shamol generatorlariga ehtiyoj katta.
Aytilgan muammolardan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki, taklif qilanyotgan qurilmaning maqsadi yuqori samarador hamda tannarxi arzon bo‘lgan vertikal o‘qli shamol generatorlarini ishlab chiqishdir. Shuningdek quyoshli vatanimizda “Quyosh-shamol” gibrid energetik qurilmalaridan foydalanishning istiqboli kattadir. Bunday yechim energetik qurilmaning samaradorligini maksimal oshirishga imkon beradi. Boshqacha aytganda turli gibrid qurilmalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan vertikal o‘qli universal shamol turbinalarini zamonaviy raqamli modellashtirish texnologiyasini qo‘llagan holda laboratoriya namunalarini yaratish, tabiiy sharoitda tajriba-sinovlarini o‘tkazish, sanoat namunasiga yetkazish, barcha zaruriy texnik-meyoriy xujjatlarini ishlab chiqarish dolzarb vazifadir. Aynan ana shu muammolarning amaliy yechimiga erishish taklif etilgan ushbu innovatsion qurilmaning asosiy maqsadidir.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
1) vertikal o‘qli va past shamol tezligida ishlaydigan va universal konstruksiyaga ega bo‘lgan shamol turbinasini eng zamonaviy “S#9,0” va “Unity” dasturlash tillaridan foydalangan holda raqamli modellashtirish;
2) vertikal o‘qli va past shamol tezligida ishlaydigan va universal konstruksiyaga ega bo‘lgan shamol turbinasining tajriba nus'hasini tayyorlash, dastlabki sinovlar o‘tkazish;
3) raqamli modellashtirish texnologiyasi va tabiiy sharoitda tajriba-sinov o‘tkazish orqali universal shamol turbinasining optimal geometrik va iqtisodiy-energetik parametrlarini asoslash;
4) vertikal o‘qli va past shamol tezligida ishlaydigan va universal konstruksiyaga ega bo‘lgan shamol turbinasi negizida “Shamol energetik qurilmasi”ning tajriba nus'hasini tayyorlash, dastlabki sinovlarni o‘tkazish;
5) vertikal o‘qli va past shamol tezligida ishlaydigan va universal konstruksiyaga ega bo‘lgan shamol turbinasi negizida “Quyosh-Shamol” gibrid energetik qurilmasining tajriba nus'hasini tayyorlash, dastlabki sinovlarni o‘tkazish;
6) “Shamol energetik qurilmasi” va “Quyosh-Shamol” gibrid energetik qurilmasining sanoat namunalarini yaratish, texnik meyoriy xujjatlarini ishlab chiqish. Taklif etilgan vertikal o‘qli shamol turbinasi va uning negizida yaratiladigan energetik qurilma analoglariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega va past tezlikdagi shamolli hududlarda ham keng foydalanishga mo‘ljallangan.
Hozirda keng qo‘llanilayotgan klassik shamol generatorlarining ko‘p qismi shamol tezligi 5 m/s dan yuqori bo‘lganda ishlaydi. Keyingi avlod an’anaviy vertikal o‘qli shamol generatorlari shamol tezligi 3 m/s dan yuqori bo‘lganda ishlaydi. Biz taklif etayotgan energetik qurilma esa shamol tezligi 1.5 m/s dan yuqori bo‘lganda ishlaydi. Bu esa O‘zbekistonning barcha hududlaridan foydalanishga qulaydir. E’tibor bersak kelayotgan shamol parrakning ikkala pallasiga ham uriladi, lekin pallaning qavariq ekanligi hisobiga parrak aylana oladi. Faqatgina shamol tezligi 3 m/s dan yuqori bo‘lsagina harakatga keladi. Agar parrakning bir pallasiga urilayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirsak, u holda ikki pallada qarama-qarshi momentlar hosil bo‘lmaydi va parrakni past tezlikdagi ya’ni 1.5 m/s dan katta tezliklardagi shamolda ham ishlay olishini ta’minlaydi. Bundan tashqari boshqa shamol generatorlariga qaraganda yuqori samaradorlikni hamda past ovoz shovqini bilan ishlashini ta’minlaydi.Qurilmaning umumiy massasi 2034gr shamol turbinasi esa 1813grga teng. Rotorning ishga tushirish tezligi 1,5 m/s ni tashkil qiladi, shuningdek, aylanishning 400 rad/m dan oshmasligi va ishchi qismlariga bosimning deyarli teng taqsimlanadi. Bu esa xizmat muddatini oshiradi. Past shamol tezligida ham samarali ishlaydi.

Shamol generatorning kuchlanishini uning aylanish tezligiga bog’liqligi

Aylanayotgan va aylanmayotgan fotoelektrik qurilmaning salt ishlash kuchlanishini yuzasining temperaturasiga bog’liqligi

Aylanayotgan va aylanmayotgan fotoelektrik qurilmaning qisqa tutashuv tokini yuzasining temperaturasiga bog’liqligi
Yüklə 60,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin